Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/115
tarix13.04.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#55258
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
fayl 2050 20211104

Ishning borish tartibi: 

 Pichan batsillasining sof undirmasi quyidagicha tayyorlanadi: 

1.  10-15  g  maydalangan  quruq  pichan  hajmi  200-300  ml  bo‗lgan  suvli 

kolbaga solinib, 30 daqiqa qaynatiladi.  

2.  Aralashmani neytrallash uchun unga 1-2 g maydalangan bo‗r qo‗shiladi. 

Аralashma qaynatilganda pichan tarkibidagi organik moddalar eritmaga o‗tadi va 

sporadan o‗sib chiqqan batsilla uchun oziq bo‗ladi. 

3.  Keyin  qaynatilgan  suyuqlik  3  ta  toza  kolbaga  1-2  sm

3

  qalinlikda  quyib 



olinadi.  

4.  Kolbalarning  ogʼzi  paxtadan  qilingan  tiqin  bilan  berkitiladi  va  +30

°



termostatada  1-4  kun  saqlanadi  va  undan  preparat  tayyorlanib  mikroskopda 



tekshiriladi.  Kolbada  qolgan  pichan  qaynatmasida  pichan  batsillalarning  sporasi 

bo‗ladi. 

5.  Termostatda bir kun turgan pichan qaynatmasidan sterillangan bakterial 

ilmoqda  bir  tomchi  olinib,  osma  yoki  ezilgan  tomchi  usulida  preparat 

tayyorlanadi. 

6.  Bu  preparat  mikroskopda  kuzatilganda  sporadan  o‗sib  chiqqan 

harakatchan batsillalar ko‗rinadi. Ularning butun tanasi xivchinlar bilan o‗ralgan 

bo‗ladi. 

Pichan qaynatmasi ikki kun saqlanganda so‗ng unda havoning kamayishi va 

oziq  moddalarning  yetishmasligi  natijasida  harakatchan  batsillalar  xivchinini 

tashlab, harakatsiz holatga o‗tadi va tezlik bilan bo‗lina boshlaydi. Batsillalarning 

bo‗linishi  natijasida  koloniyalar  hosil  bo‗ladi,  har  qaysi  hujayra  o‗zidan 

shilimshiq modda chiqaradi. Bu shilimshiq bakteriyalarning koloniyasi zoogleya 

deb ataladi. Zoogleya suyuqlik yuzasida yupqa parda shaklida bo‗ladi. Zoogleya 

ichidagi batsillalarni ko‗rish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish talab etiladi:  

1.  Buning uchun bakterial ilmoq yordamida suyuqlik yuzasidagi pardaning 

ozginasi buyum oynasiga surtiladi va ochiq havoda quritiladi.  

2.  Quritilgan preparat fiksatsiya qilinadi va undan so‗ng fuksin yoki sinka 

bilan bo‗yalib, mikropkopning  8x va 40x li obektivlari orqali kuzatiladi. Bunda 

preparatada bir-biriga ulangan ip shaklidagi hujayralar ko‗rinadi. 

3.  So‗ngra  bir  necha  kun  saqlangan  pichan  batsillasi  kulturasidan  surtma 

tayyorlanadi va fiksatsiya qilinadi, ustiga 5% li xromat kislota tomizilib, 5 daqiqa 

davomida bo‗yaladi.  

4.  Xromat  kislota  suv  bilan  yuvib  tashlanadi,  so‗ngra  preparatning  ustiga 

sil-karbol  fuksini  bo‗yogʼidan  tomiziladi  va  bo‗yoqni  bugʼlantirish  uchun  spirt 

lampa alangasi ustida 5 daqiqa tutib turiladi.  

5.  Bunda  bo‗yoq  qurib  qolmasligi  kerak,  agar  qurib  qolsa  yana  bo‗yoq 

qo‗shib turiladi.  

6.  Shundan keyin preparatdagi bo‗yoq suv bilan yuvilib, ustiga 5% H

2

SO



4

 

tomiziladi, oradan 10-15 soniya o‗tishi bilan kislota yuvib tashlanadi. 



7.  So‗ngra  preparat  ustiga  2-3  tomchi  Lyoffler  sinkasi  tomizilib,  2  daqiqa 

o‗tgandan so‗ng u ham yuvib tashdanadi.  

8.  Preparatda qolgan suv tomchilari filtr qogʼozi bilan shimdirib olinadi. 



 

 

35 



 

 

Shu  tartibda  tayyorlangan  prepart  ustiga  bir  tomchi  kedr  moyi  tomizilib, 



mikroskopning  quruq  va  immersion  sistemalari  orqali  qaraladi.  Bunda 

preparatdagi  sporalar  pushti,  vegetativ  hujayralar  esa  havo  rangga  bo‗yalganligi 

kuzatiladi. 

 


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin