Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/115
tarix13.04.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#55258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
fayl 2050 20211104

                                  Кirish 

 

Mikroorganizmlar  dunyosi  hayotning  ko‗zga  ko‗rinmas  tiriklik  shakli 

hisoblanib,  yer  yuzida  juda  keng  tarqalgan  va  inson  hayotida  katta  ahamiyatga 

ega.  Ularning  shakli  tayoqchasimon,  sharsimon,  buralgan  vibrionsimon, 

spiralsimon  bo‗lib,  4  xil:  ya‘ni  suv,  havo,  tuproq  va  tirik  organizmlar  kabi 

muhitlarda hayot kechirib, yer yuzida modda va energiyaning davriy aylanishida 

juda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  mihitlarning  har  birida  o‗ziga  xos 

mikroorganizmlar  guruhi  tarqalgan  bo‗lib,  ular  o‗zaro  va  shu  muhitda  hayot 

kechirayotgan organizmlarga ijobiy va salbiy ta‘sir qilish xususiyatiga ega. Misol 

tariqasida  oladigan  bo‗lsak,  yuqorida  sanab  o‗tilgan  muhitlardan  biri  bo‗lgan 

tuproq, 

mikroorganizmlar 

keng 

tarqalgan 



muhit 

hisoblanib, 

bu 

mikroorganizmlarning  faoliyati  tufayli  tuproq  unumdorligini  yaxshilash, 



o‗simliklarni  turli  kasalliklardan  himoya  qilish,  mineral  o‗g‘itlar  ishlatishni 

kamaytirish kabi muhammolarni hal qilinishida foydalanish mumkin.  

Yuqoridagilarni e‘tiborga olib pedagogik OTMlarining 5110400-Biologiya 

o‗qitish  metodikasi  ta‘lim  yo‗nalishi  o‗quv  rejasiga  kiritilgan  ―Umumiy 

mikrobiologiya‖ fani uchun, asosan laboratoriya ishlarini bajarish uchun bugungi 

kungacha  o‗zbek  tilida  o‗quv  adabiyotlarning  mavjud  emasligi  talabalarga  bir 

qator qiyinchiliklarning paydo bo‗lishiga olib kelmoqda. Bu muammo ushbu kurs 

bo‗yicha  o‗zbek  tilida  o‗quv  adabiyotlarini  tayyorlashini  talab  etadi.  Shuning 

uchun ushbu tayyorlangan o‗quv adabiyoti o‗z vaqtida tayyorlangan va talabalar 

biliminining chuqur bo‗lishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ushbu  o‗quv  qo‗llanma  biologiya  o‗qitish  metodikasi  ta‘lim  yo‗nalishi 

bakalavr  talabalari  uchun  tayyorlangan  bo‗lib,  qo‗llanmaning  birinchi  qismida 

talabalar  mikroorganizmlar  haqida  to‗liqroq  ma‘lumotga  ega  bo‗lishi  uchun 

mikroorganizmlar  tuzilishi  va  turlari  haqida  ma‘lumotlar  keltirilgan  bo‗lsa, 

ikkinchi  qismida  esa  mikrobiologik  tadqiqotlar  uchun  zarur  bo‗lgan  asbob-

uskunalarning  tuzilishi  va  ishlash  mexanizmi,  sterillash  usullari, ozuqa  muhitlari 

va  ularni  tayyorlash,  namunalarni  olish,  mikrobiologik  tadqiqotlar  uchun 

tayyorlash,  ozuqa  muhitiga  ekish  texnikasi,  mikroorganizmlar  sonini  aniqlash, 

ularning boshqa mikroorganizmlarga antogonistik ta‘siri, o‗simliklarga salbiy va 

ijobiy ta‘siri, toza kultura olish va ularning tahlili, mikroorganiz hujayrasini Gram 

usulida bo‗yash orqali identifikatsiya qilish, mikroorganizmlar kulturasini saqlash 

kabilar  kiritilgan  bo‗lib,  bu  talabalarning  amaliy  ishlarini  sifatli  bajarilishida  va 

chuqur bilim olishiga ko‗maklashadi. Bundan tashqari bajariladigan har bir ishga 

alohida  yondashilgan  bo‗lib,  dastlab  ishning  maqsadi,  ish  uchun  zarur  asbob-

uskunalar  va  reaktivlar  berilgan  bo‗lib,  bu  ishni  bajarishdan  avval  fan 

o‗qituvchisiga hamda talabaga ish uchun zarur bo‗lgan ashyolarni tayyorlab olish 

imkonin beradi. Ishni boshlashdan avval bеrilgan nazariy ma‘lumotlar talabaning 

ushbu  mashg‘ulot  uchun  zarur  nazariy  tushunchalar  olishiga  yordam  beradi,  bu 

o‗z navbatida talabalarning bilimini oshirilishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Shu bilan 

bir qatorda  ishning  bajarish  tartibi  keltirilgan  hamda  ishning  so‗ngida  keltirilgan 




 

 



 

savol  va  topshiriqlar  talabaning  ushbu  ish  bo‗yicha  olgan  bilimi  va  xulosalarini 

umumlashtirishga ko‗maklashadi. 

Ushbu  o‗quv  qo‗llanmani  tayyorlashda  o‗quv  adabiyotlar  tayyorlashga 

qo‗yilgan  zamonaviy  tendensiyalarga  amal  qilingan  holda,  mamlakatimizda 

mikrobiologiya  yo‗nalishida  tayyorlangan,  jumladan:  Vahobov  A.H.  va  bosh. 

―Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya mashg‗ulotlari uchun o‗quv qo‗llanma 

(lotincha)‖  (―Universitet‖ nashriyoti, 2009  y.) kabi o‗zbekt  tilidagi  hamda  xorijiy 

oliy ta‘lim muassasalarida Zvyaginsev D.G. i drug., ―Biologiya pochv: Uchebnik. 

-3-ye  izd.,  ispr.  i  dop.‖  (Izd-vo  MGU,  2005.)  kabi  bir  qator    tayyorlangan  o‗quv 

adabiyotlardan foydalanildi.  

Shu 


bilan  bir  qatorda  ushbu  o‗quv  qo‗llanma  mualliflar  va 

mutaxassislarning  fikr  mulohazalari  asosida  tayyorlangan  bo‗lib,  unda  mavjud 

xato va kamchiliklarni tuzatish  uchun  bildirilgan  fikrlar uchun  mualliflar  jamoasi 

o‗z minnatdorchiligi bildiradi.  

 



 

 



 


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin