Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/115
tarix13.04.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#55258
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115
fayl 2050 20211104

 

 Nazorat savollari: 

1. Baktеriya tоza kulturasiga tavsif bеring. 

2. Asеptika va antisеptika nima? 

3.  Labоratоriya  sharоitida    amal  qilinadigan  asеptika  qоidalariga  misоllar 

kеltiring.          

 

 



2-laboratoriya mashg‟uloti 

Mavzu: Mikrobiologik tadqiqotlar uchun zarur bo„lgan asbob-

uskunalar 

Mashg‟ulot  madsadi:  Talabalarni  mikrobiologiya  laboratoriyalarida 

ishlatiladigan  asbob-uskunalar  bilan  tanishtirish,  ularning  ishlash  prinsiplari, 

qo‗llanilishi bo‗yicha ma‘lumotlar  berish. 

 

Nazariy ma‟lumot: 

 

 

Inkubatsiya  qilish  uchun  uskunalar.  Termostat  -  mikrobiologik 



laboratoriya  uchun  zarur  bo‗lgan  qurilmalardan  biri  bo‗lib,  haroratni  doimiy 

tarzda tutib turadi va mikroorganizmlar kulturasini inkubatsiya qilish uchun qulay 

sharoit  yaratadi.  Bakteriologik  termostat  ikki  qavat  mis  plastinkadan  qilingan 

devordan iborat bo‗lgan shkaf  ko‗rinishida bo‗lib, bu qavatlar orasi distillangan 

suv  bilan  to‗lgan  bo‗ladi.  Shkaf  devorlarining  barcha  qismini  o‗rab  turgan  suv 

elektr elementlar yordamida avtomatik qo‗shilish va ajratilish natijasida qizdirilib 

turiladi. Shkafning ichki burmali devoriga metall ugolniklar biriktirilgan bo‗lib, u 

alyumindan  yasalgan  setkali  tokchalarni  tutub  turish  vazifasini  bajaradi. 

Termostatning  tеploizolyatsiyasida  asbest  va  mineral  paxtadan  fodalaniladi. 

Termostatning  yuqori  qismida  ikkita  kichik  tuynuk  (ochiq)  mavjud  bo‗lib, 

ularning  biri  termometr  uchun  bo‗lsa,  ikkinсhisi  esa  ventilyatsiya  uchun 

qoldirilgan.   

 

Izolyatsiyalangan  eshik  ichida  joylashgan  shisha  darchani  ochmasdan, 



termostat  ichida  joylashgan  kulturalarni  kuzatish  mumkin.  Yuqori  qismida 

joylashgan  qo‗shimcha  tuynuk  suv  solishga,  suv  o‗lchovchi  trubka  va 




 

 

12 



 

termoregulyatorni kiritishga mo‗ljallangan.  

 

Termostatning ishchi kamerasini sterillashda turli suyuq dizinfeksiyalovchi 



moddalar  (70%-li  etanol,  sterogenol  va  boshq.)  yaxshi  samara  beradi.  Bu 

maqsadda  turli  kislotalar  va  ishqorlarni  qo‗llash  tavsiya  etilmaydi,  chunki  bu 

moddalar    uning  devori  va  tagida  karroziyani  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Suvli 

qobiq ichini vodoprovod suvi bilan to‗ldirishga ruxsat etilmaydi.  

 

Bir  xil  haroratda  juda  ko‗p  miqdordagi  mikroorganizm  kulturalari 



inkubatsiyalanuvchi  (o‗quv  muassasalarining  ishlab  chiqaruvchi,  tadqiqot  va 

kuzatuv)  laboratoriyalari  maqsadga  muvofiq  teploizolyatsiyalangan  va  maxsus 

isitiluvchi  termostat  xonalari  bilan  jihozlanishi  zarur.  Mikroorganizmlar 

kulturalarini  devorga  yaqin  tokchalarga  joylashtirish  mumkin.  Bunday  xonalarni 

dizinfektsiyalanishida aerozol dezinfektsiyalovchi vositalar yaxshi samara beradi.  

 

Anaerostat  -  bu  qalin  davorga  ega  bo‗lgan  metalldan  yasalgan,  og‘zi 

germetik  qopqoq  bilan  yopiluvchi,  monometr  va  ikkita  jumrakdan  iborat  idish 

hisoblanadi. Ulardan biri havoni so‗rib olish uchun qo‗llanilsa, ikkinchisi esa inert 

gazlar (argon, azot, vodorod, geliy) bilan to‗ldirishda ishlatiladi. Anaerostat uzoq 

muddat vakuum sharoitini saqlaydi va u anaerob mikroorganizmlarni ko‗paytrish 

va  tozalashni  osonlashtiradi,  mikroorganimzlar  odatda  Petri  chashkasi  va 

probirkalarda o‗stiriladi.  Kulturalar joylashtirilgandan so‗ng anaerostat germetik 

tarzda yopiladi va havosi so‗rib olinib, 15-20 mm ga tenglashtiriladi. Undan so‗ng 

anaerostat  ma‘lum  gaz  bilan  to‗ldidriladi  yoki  to‗ldirilmagan  holatda  ma‘lum 

haroratda ushlab turish maqsadida termostatga joylashtiriladi. Har kuni anaerostat 

monometri  nazorat  qilib  borilishi  va  zarur  bo‗lgan  taqdirda  uning  havosi  so‗rib 

olinishi kerak bo‗ladi.  

Kislorod miqdorini nazorat qilish uchun anaerostat devorida joylashtirilgan 

shishа trubkada ornatilgan maxsus indikatorlardan foydalaniladi. 

Ayrim  hollarda  anaerostat  o‗rnida  vakum  eksikatordan  foydalanish 

mumkin,  ammo  u  manometr  bilan  jihozlanmagan,  ammo  vakumni  bu  hodisada 

birgina kislorod indikatori yordamida nazorat qilish mumkin. 

Germaniya  va  bir  qator  davlatlarda  anaerob  bakteriyalarni  ko‗paytirish 

uchun  anaerob  termostatlar  ishlab  chiqariladi,  unda  harorat  30-70°C  hamda 

naytral kislorodsiz atmosfera sharoiti yaratiladi.   

 

Sovutgichlar.  Odatda  laboratoriyalarda  maishiy  xo‗jalik  muzlatgichlari 

ishlatiladi, ammo ilmiy tadqiqot ishlari uchun isitish va sovutish sistemasiga ega 

bo‗lgan SR-114 Labor kabi maxsus qurilma zarur bo‗lib, bu zarur harorat rejimini 

tez va aniq ushlab turish imkoniyatini beradi. Laboratoriya sovutgichlari haroratni 

4-5°C oralig‗ida ushlab turadi va ular keng miqyosda qo‗llaniladi. Ularda tayyor 

va  sterillanmagan  ozuqa  muhitlarini  (bir  sutkadan  ortiq  bo‗lmagan  muddatda), 

tekshirish  uchun  yig‗ilgan  tuproq,  go‗ng  va  o‗simlik  namunalari  saqlanishi 

mumkin. Yig‘ilgan bunday namunalarning mikrobiologik analizi tez muddatlarda 

o‗tkazilishi  zarur,  chunki  ularning  mikroflorasi  son  va  sifat  jihatdan  o‗zgarishi 

mumkin. 

Mikroorganizmlar  kulturalarini  alohida  sovutgichda  (5°C),  namlik  bilan 

zararlanishini oldini olgan holda saqlanishi zarur. Uchuvchan moddalar va gazlar 



 

 

13 



 

solingan  idishlar  germetik  holatda  yopilgan  bo‗lishi  zarur.  Oziq  ovqat 

mahsulotlarining mikrobiologik laboratoriyada saqlanishi mutlaqo ta‘qiqlanadi.   


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin