Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/115
tarix13.04.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#55258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
fayl 2050 20211104

BIRINCHI QISM 

1.  MIKROORGANIZMLARNING  UMUMIY  TAVSIFI 

Mikroorganizmlar  juda  mayda    mavjudodlar    bo`lib,    ularni  oddiy  ko`z 

bilan  ko`rib  bo`lmaydi.  Ular  bir-biridan  morfologik,  fiziologik  va  biokimyoviy 

xususiyatlari 

bilan 

farqlanadi. 



Hujayraviy 

tuzilishga 

ko`ra 

barcha 


mikroorganizmlar  prokariotlarga  va  eukariotlarga  ajratiladi.  Prokariotlarning 

yadro  apparati  "nukleoid"  deb  nomlanib,  ko`pincha,  u  bitta  xromosoma  tutadi, 

halqasimon  bo`lgan  DNK  molekulasidan  iborat.  Eukariotlarda  yadro  bir  qator 

xromosomalar  tutadi  va  sitoplazmadan  membrana  bilan  ajratilgan  bo`ladi. 

Eukariot  va  prokariotlarning  yadro  apparatining  tuzilishidagi  farqi  ularning 

boshqa xususiyatlari bilan bog`liq. 

1.1.  Prokariotlar 

Prokariotlar  orasida  bakteriyalar  (yoki  eubakteriyalar)  va  arxeylar 

(arxebakteriyalar)  ajratiladi.  Aksariyat  prokariotlar  eubakteriyalarning  turli 

guruhlaridir.  Prokariotlar,  asosan,  bir  hujayrali  organizmlar  bo`lib,  ularning 

o`rtacha  o`lchami  0,2-  10,0  mkm.  Bakteriyalarning  shakli  turli  o`lchamdagi 

tayoqchalar,  sharsimon  hujayralar  (kokklar)  hamda  buralgan  shakllar  -  vibrion, 

spirilla  va  spiroxetalardan  iborat.  Bundan  tashqari,  uchburchak,  kvadrat  va 

o`simtali  shaklga  ega  bo‘lgan  hujayralar  ham  topilgan.  Hujayralar  to`plami 

ba'zida bakteriyalarning sistematik o`rnini aniqlashda yordam beradi. Ular yakka-

yakka,  juft,  qisqa  va  uzun  zanjir  shaklida  (streptokokklar),  tartibsiz  shaklda 

(stafilokokklar), paket holatida (sartsinalar), to`rsimon va rozetkasimon bo`lishlari 

mumkin. Aktinomitsetlar guruhidagi ko`pchilik bakteriyalar mitseliy hosil qiladi. 

Trixom hosil qiluvchi ko`p hujayrali prokariotlar ham topilgan. 

1.1.1. Prokariotlarning tuzilishi 

Ko`pchilik  prokariotlar  rigid  hujayra  devoriga  va  uning  ostida  joylashgan 

sitoplazmatik  membranaga  ega.  Hujayra  devorining  tuzilishi  va  tarkibi  muhim 

taksonomik belgi bo`lib, uning asosida prokariotlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 

grammusbat,  grammanfiy,  hujayra  devoriga  ega  bo`lmagan  bakteriyalar  va 

arxeylar.  Grammusbat  bakteriyalar  tarkibida  grammanfiylarga  nisbatan  hujayra 

devoridagi  murein  (peptidoglikan)  miqdori  ancha  ko`p  bo`lib,  tashqi  membrana 

ham bo`lmaydi. Arxebakteriyalar murein o`rnida, asosan, psevdomurein tutadi. 

Aksariyat  bakteriyalar  yuzasida  fimbriyalar  yoki  pililar,  harakatchan 

bakteriyalarda  esa  xifchinlar  bo`ladi.  Ko`pchilik  bakteriyalar  yuzasida  turli 

qalinlikdagi  kapsulalar  bo`ladi.  Ular  asosan,  polisaxarid,  glikoproteid  va 

polipeptidlardan tuzilgan. 

Prokariotlarning  ichki  hujayraviy  tuzilishi  oddiy.  Ko`pchilik  bakteriyalar 

kiritmalar  tutadi.  Ular  orasida  sitoplazmatik  membrana  hosilalari  ajratiladi; 

fototroflarda  xromatofor  va  tilakoidlar,  nitrifikator  va  metan  oksidlovchi 

bakteriyalarning  ichki  membranalari  bor.  Ba'zi  bakteriyalar  gaz  vakuolalariga 



 

 



 

(aerosomalar)  ega.  Aksariyat  bakteriyalar  hujayralarida  zahira  moddalar  bo`ladi. 

Ba'zi spora hosil qiluvchi turlar oqsil tarkibidagi parasporal tanachalarga ega. 

1.1.2. Prokariotlarning o`sishi va ko`payishi 

Ko`pchilik  bakteriyalar  ikkiga  bo`linib ko`payadi. Kurtaklanish  yo`li  bilan 

ko`payadiganlari  ham  bor.  Aktinomitsetlar  esa  sporalar  yoki  mitseliy  bo`laklari 

bilan  ko`paydi.  Bir  qator  sianobakteriyalar  ko`p  qismlarga  bo`linib  ko`payadi. 

Ko`p  hujayrali  prokariotlar  trixomdan  bir  qancha  hujayra  ajrashi  yo`li  bilan 

ko`payadi. 

1.2.  Eukariotlar 

Prokariotlardan  farqli  o`laroq  eukariotlarga  mikro  va  makroorganizmlar 

kiritiladi. Eukariot mikroorganizmlar tarkibiga zamburug`lar, bir qator suvo‘tlari 

va sodda hayvonlar kiradi. 

1.2.1.  Zamburug`lar 

Zamburug`lar  tabiatda  keng  tarqalgan  geterotrof  mikroorganizmlar  bo`lib, 

ularning  aksariyati  saprofitlar.  Lekin  parazitik  turlari  ham  uchraydi.  Ko`pchilik 

zamburug`larning  asosiy  xususiyati  -  mitseliyning  hosil  bo`lishi.  Mikroskopik 

zamburug`larning 

guruhi 


mavjud: 

zigomitsetlar, 

askomitsetlar 

va 


deyteromitsetlar. Mikrobiologlarning asosiy obyektlaridan biri bo`lmish achitqilar 

askomitsetlarga  kiritiladi.  Achitqilar  harakatsiz  yakka-yakka  hujayralar  bo`lib, 

asosan,  kurtaklanib  ko`payadi.  Mikrobiologik  tadqiqotlarda  keng  qo`llaniladigan 

achitqilar - Saccharomyces avlodiga kiruvchi achitqilardir, masalan, S. cerevisiae

1.3.  Mikroorganizimlarga tashqi muhit omillarining ta'siri 

Mikroorganizmlarga ta'sir etuvchi omillardan biri harorat. Mezofillar uchun 

optimal  harorat  25-40°C  tashkil  etadi.  Okeanlar  tubida,  tundrada  psixrofil 

mikroorganizmlar  yashaydi,  ular  uchun  optimal  harorat  5-15°C  tashkil  etadi. 

Ekstremal termofillar 70-110°C da yashay oladi. 

Osmotik 


bosim 

mikroorganizmlarning 

o`sishiga 

ta'sir 


etuvchi 

omillardandir. Ko`pchilik organizmlar 0,5 M NaCl konsentratsiyasiga ham chiday 

olmaydi,  ekstremal  galofillar  esa  NaCl  ning  2,5  M  va  undan  baland 

konsentratsiyalarida yashay oladi.  

Mikroorganizmlar  muhitning  nordonligiga  ham  sezgir.  Ekstremal 

atsidofillar  pH  0,5-1,0,  alkalofillar  esa  pH  10,0-11,0  gacha  bo`lganda  yashaydi, 

lekin  mikroorganizmlarning  asosiy  guruhlari  neytral  pH  muhitlarida  yashaydi. 

Ular  neytrofillar  deb  nomlanadi.  Molekular  kislorodga  nisbatan  chin  aerob  va 

anaeroblarga  ajratiladi.  Kam  kislorodli  (1,0-5%)  muhitda  yashay  oladigan 

mikroorganizmlar  mikroaerofillar  deb  ataladi.  Anaerob  mikroorganizmlar 

fakultativ, aerotolerant va chin anaeroblarga ajratiladi. 

 



 

 



 

1.4. Mikroorganizmlarda modda almashinuvi 

Mikroorganizmlarda amalga oshadigan konstruktiv va energetik  jarayonlar 

ko`p  qirraliligi  bilan  ajralib  turadi.  Konstruktiv  modda  almashinuvida 

foydalaniladigan  uglerod  birikmalariga  ko`ra  mikroorganizmlar  avtotrof  va 

getgerotroflarga  ajratiladi.  Geterotroflarning  asosiy  qismini  saprofitlar  tashkil 

qiladi. 

Azot 


birikmalarining 

o`zlashtirilishida 

mikroorganizmlarning 

imkoniyatlari keng namoyon bo`ladi. Mikroorganizmlar orasida molekular azotni 

o`zlashtiruvchilar,  tayyor  aminokislotalarga  muhtoj  bo`lganlar  va  azotni 

anorganik  birikmalardan  o`zlashtiruvchilari  bor.  Fosfor,  oltingugurt  kabi 

elementlarni  mikroorganizmlar  fosfat,  sulfat  va  qaytarilgan  oltingugurt 

birikmalaridan  oladi.  Mikroorganizmlar  amalga  oshiradigan  energetik  jarayonlar 

orasida fotosintez, bijg`ish, aerob va anaerob nafas olishlar ajratiladi. 

1.5.  Mikroorganizmlarning tarqalishi va ahamiyati 

Tabiatdagi  ekologik  sistemalarning  butunligini  ta'minlovchi  muhim 

omillardan 

biri 

mikroorganizmlar 



yig`indisidir. 

Ma'lum 


sharoitlarda 

mikroorganizmlar  yagona  hayot  shakli  bo`lishi  mumkin.  Evolutsiya  davomida 

ular orasida turli tipdagi munosabatlar takomillashib borgan (simbioz, mutualizm, 

parazitizm va hokazo).  

        Yerdagi  bo`lib  o`tadigan  moddalar  aylanishida  mikroorganizmlar  faol 

ishtirok etadi. Turli organik birikmalarni o`zlashtirib, CO va CO

2

 ni yutib, metan 



hosil qilib va o`zlashtirib, ular uglerod aylanishida faol ishtirok etadi. Molekular 

azotni  o`zlashtirib,  ammiak  va  nitritlarni  oksidlab,  denitrifikatsiyani  amalga 

oshiradi.  Ular  tabiatdagi  azot  aylanishini  ta'minlaydi,  qaytarilgan  oltingugurt 

birikmalarini  oksidlab  va  oksidlangan  birikmalarni  qaytarib  oltingugurt 

aylanishini  amalga  oshiradi.  Ba'zi  mikroorganizmlar  inson  va  o`zga 

organizmlarda  kasalliklar  chaqiradi,  qishloq  xo`jaligi  mahsulotlari,  binolar, 

truboprovodlar,  metallkonstruksiyalarining    chirishiga  olib  keladi.  Bakteriya  va 

zamburug`lar  yordamida  non,  vino,  pivo,  kvas,  turli  sut  mahsulotlari,  atseton, 

butanol,  sirka,  limon  kislotasi,  vitaminlar,  fermentlar,  antibiotiklar  va  hokazolar 

olinadi.  Mikroorganizmlarning amaliy ahamiyati beqiyosdir. 

 


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin