Nazariy ma‟lumot:
Sof undirma (elektiv kultura) - mikroblar to‗plamidan bir turga kiruvchi
mikroorganizmlarni
ajratib
olish
hisoblanadi.
Bunda
bir
necha
xil
mikroorganizmlar aralashmasidan bir turning rivojlanishi taʼminlanadi. Sof
undirmani ajratish mikrobiologik tekshirishlarning asosiy bosqichlaridan
hisoblanadi. Sof undirma tayyorlashdan oldin tekshiriladigan organizmning
yashash va rivojlanish sharoitini o‗rganish lozim.
Pichan batsillasi (Basillus subtilus)ning sof undirmasini tayyorlash uchun
aerob (kislorodli) sharoit bo‗lishi zarur. Bu batsilla geterotrof bo‗lganligi sababli
yetarlicha miqdorda organik oziq ham bo‗lishi kerak. Bunday sharoitda
ko‗pchilik mikroorganizmlarning yashashi va rivojlanishi ancha qulay bo‗ladi.
Pichan batsillasining sporalari 2 soat qaynatilganda ham o‗z hayot faoliyatini
saqlab qoladi. Lekin spora hosil qilmaydigan bakteriyalarning hammasi eritma
qaynatilganda nobud boʼladi.
|