Ishning borish tartibi:
Pichan batsillasining sof undirmasi quyidagicha tayyorlanadi:
1. 10-15 g maydalangan quruq pichan hajmi 200-300 ml bo‗lgan suvli
kolbaga solinib, 30 daqiqa qaynatiladi.
2. Aralashmani neytrallash uchun unga 1-2 g maydalangan bo‗r qo‗shiladi.
Аralashma qaynatilganda pichan tarkibidagi organik moddalar eritmaga o‗tadi va
sporadan o‗sib chiqqan batsilla uchun oziq bo‗ladi.
3. Keyin qaynatilgan suyuqlik 3 ta toza kolbaga 1-2 sm
3
qalinlikda quyib
olinadi.
4. Kolbalarning ogʼzi paxtadan qilingan tiqin bilan berkitiladi va +30
°
C
termostatada 1-4 kun saqlanadi va undan preparat tayyorlanib mikroskopda
tekshiriladi. Kolbada qolgan pichan qaynatmasida pichan batsillalarning sporasi
bo‗ladi.
5. Termostatda bir kun turgan pichan qaynatmasidan sterillangan bakterial
ilmoqda bir tomchi olinib, osma yoki ezilgan tomchi usulida preparat
tayyorlanadi.
6. Bu preparat mikroskopda kuzatilganda sporadan o‗sib chiqqan
harakatchan batsillalar ko‗rinadi. Ularning butun tanasi xivchinlar bilan o‗ralgan
bo‗ladi.
Pichan qaynatmasi ikki kun saqlanganda so‗ng unda havoning kamayishi va
oziq moddalarning yetishmasligi natijasida harakatchan batsillalar xivchinini
tashlab, harakatsiz holatga o‗tadi va tezlik bilan bo‗lina boshlaydi. Batsillalarning
bo‗linishi natijasida koloniyalar hosil bo‗ladi, har qaysi hujayra o‗zidan
shilimshiq modda chiqaradi. Bu shilimshiq bakteriyalarning koloniyasi zoogleya
deb ataladi. Zoogleya suyuqlik yuzasida yupqa parda shaklida bo‗ladi. Zoogleya
ichidagi batsillalarni ko‗rish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish talab etiladi:
1. Buning uchun bakterial ilmoq yordamida suyuqlik yuzasidagi pardaning
ozginasi buyum oynasiga surtiladi va ochiq havoda quritiladi.
2. Quritilgan preparat fiksatsiya qilinadi va undan so‗ng fuksin yoki sinka
bilan bo‗yalib, mikropkopning 8x va 40x li obektivlari orqali kuzatiladi. Bunda
preparatada bir-biriga ulangan ip shaklidagi hujayralar ko‗rinadi.
3. So‗ngra bir necha kun saqlangan pichan batsillasi kulturasidan surtma
tayyorlanadi va fiksatsiya qilinadi, ustiga 5% li xromat kislota tomizilib, 5 daqiqa
davomida bo‗yaladi.
4. Xromat kislota suv bilan yuvib tashlanadi, so‗ngra preparatning ustiga
sil-karbol fuksini bo‗yogʼidan tomiziladi va bo‗yoqni bugʼlantirish uchun spirt
lampa alangasi ustida 5 daqiqa tutib turiladi.
5. Bunda bo‗yoq qurib qolmasligi kerak, agar qurib qolsa yana bo‗yoq
qo‗shib turiladi.
6. Shundan keyin preparatdagi bo‗yoq suv bilan yuvilib, ustiga 5% H
2
SO
4
tomiziladi, oradan 10-15 soniya o‗tishi bilan kislota yuvib tashlanadi.
7. So‗ngra preparat ustiga 2-3 tomchi Lyoffler sinkasi tomizilib, 2 daqiqa
o‗tgandan so‗ng u ham yuvib tashdanadi.
8. Preparatda qolgan suv tomchilari filtr qogʼozi bilan shimdirib olinadi.
35
Shu tartibda tayyorlangan prepart ustiga bir tomchi kedr moyi tomizilib,
mikroskopning quruq va immersion sistemalari orqali qaraladi. Bunda
preparatdagi sporalar pushti, vegetativ hujayralar esa havo rangga bo‗yalganligi
kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |