“RAQAMLI O‘ZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASINI TASDIQLASH
VA UNI SAMARALI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI
TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar
va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq
xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar
va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish,
respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani
malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni
amalga oshirish boshlangan.
Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan
geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani
boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va
keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi
“Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.
Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot
tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da
amalga oshirishga oid
davlat dasturida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash
maqsadida:
1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar
vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Raqamli O‘zbekiston
— 2030” strategiyasi
1-ilovaga
muvofiq ma’qullansin.
Quyidagilar:
2020 — 2022-yillarda hududlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari
2
— 14-ilovalarga
muvofiq;
2020 — 2022-yillarda tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish
dasturlari
15 — 21-ilovalarga
muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, 2020 — 2022-yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya
qilish doirasida:
aholi punktlarini Internet tarmog‘iga ulash darajasi, shu jumladan keng
polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‘paytirish, 20 ming kilometr optik-
tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78
foizdan 95 foizga yetkaziladi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq
axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi;
587 ming nafar kishini, shu jumladan “Bir million dasturchi” loyihasi
doirasida 500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash
asoslariga o‘qitish tashkillashtiriladi;
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab
chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 280 dan ortiq axborot
tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi;
hududlarda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli
savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot
xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish uchun tegishli oliy ta’lim muassasalari biriktiriladi
hamda ularning 12 ming nafar xodimi axborot texnologiyalari sohasida o‘qitiladi.
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining 29 ta
namunaviy tumanlarda (shaharlarda) 2020-yilda va 2021-yil I choragi yakuniga
qadar raqamli transformatsiya qilish loyihalarini ko‘zda tutuvchi “yo‘l
xarita”larini
2a — 14a
,
2b — 14b
hamda
2v
, 8v va 12v-ilovalarga muvofiq amalga
oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtirish
komissiyasi)
22-ilovaga
muvofiq tarkibda tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy
vazifalari etib belgilansin:
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
tomonidan Strategiya, hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish
dasturlari, “yo‘l xarita”larida ko‘zda tutilgan loyiha va chora-tadbirlarning to‘liq
hajmda amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, ularning o‘z vaqtida
bajarilishini tizimli nazorat qilish;
har oyda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamli iqtisodiyot
va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar va chora-
tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini tinglash hamda ularning
javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish;
doimiy monitoring asosida elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada
takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi funksional jarayonlar
va tartib-taomillarni optimallashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
raqamli iqtisodiyot sohasidagi yangi loyihalarni ko‘rib chiqish va ularni
amalga oshirish to‘g‘risida qarorlarni qabul qilish, shuningdek, zarur hollarda hudud
va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari hamda “yo‘l xarita”lariga
tayyorlangan va kelishilgan loyiha hujjatlari asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish.
4. Muvofiqlashtirish komissiyasi (A. Aripov) Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda bir
hafta muddatda 29 ta namunaviy tumanlarda (shaharlarda) raqamli transformatsiya
qilish “yo‘l xarita”larini amalga oshirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutgan
holda hududiy ishchi guruhlarni shakllantirsin:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
uning tasarrufidagi tashkilotlar va hududiy boshqarmalarining mas’ul rahbarlarini
tegishli tumanlarga (shaharlarga) biriktirish;
har o‘n kunlikda ishchi guruhlar tomonidan qabul qilingan raqamli
transformatsiya qilish “yo‘l xarita”larida nazarda tutilgan loyihalarni amalga
oshirish samaradorligi va joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarning amaliy ahamiyatini
baholash;
ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari va raqamli texnologiyalarni o‘qitish
markazlari negizida davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlarining mas’ul rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etish.
5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi
bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar 13 ta namunaviy tumanlarda (
2a — 14a-
ilovalar
) IT-infratuzilmasini yaratishni, kompyuter uskunalari bilan jihozlashni
nazarda tutgan holda maktabgacha va umumta’lim maktablari hamda sog‘liqni
saqlash muassasalarini raqamlashtirishni yakunlash bo‘yicha choralar ko‘rish,
shuningdek, axborot tizimlarini joriy etish va mas’ul xodimlarni o‘qitishni tashkil
etsin.
Belgilansinki, ushbu muassasalarni raqamlashtirish Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tasarrufidagi tashkilotlarning o‘z
mablag‘lari hisobidan, yetishmayotgan qismida esa — mahalliy budjetning
qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
6.
Belgilab
qo‘yilsinki,
O‘zbekiston
Respublikasining
xorijiy
mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari
23-ilovaga
muvofiq biriktirilgan
hududlar va tarmoqlarga ilg‘or texnologiyalar va IT-yechimlarni transfer qilishda,
raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun yetakchi
kompaniyalarni jalb qilishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatadilar.
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-noyabrdan
boshlab investitsiya loyihalari hamda jalb etilayotgan xalqaro moliya institutlari,
xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar mablag‘lari umumiy
miqdorining 5 foizdan kam bo‘lmagan qismi “raqamli” komponentlarga
yo‘naltirilishini ko‘zda tutsin.
8. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020 — 2022-yillarda “Raqamli
O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xarita”si
24-
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin:
a) elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha:
2021-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida “Raqamli Toshkent”
kompleks dasturi doirasida jismoniy shaxsga identifikatsiya ID-kartasini berishda
davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro elektron munosabatlarni yo‘lga qo‘yish
uchun uning shaxsiy kabineti shakllantiriladi;
2021-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar
portalida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xaridlarini amalga
oshirish, patentlar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatga olish, jamoat
transporti harakati, yer resurslaridan foydalanish va boshqa umumfoydalanishdagi
statistik ma’lumotlar onlayn rejimda joylashtirib borilishi ta’minlanadi;
2021-yil 1-avgustdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga barcha
belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni
elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn rejimda to‘lash imkoniyati
taqdim etiladi;
b) raqamli industriyani rivojlantirish bo‘yicha:
2020-yil 1-noyabrdan boshlab Dasturiy mahsulotlar va axborot
texnologiyalari texnologik parki rezidenti maqomini axborot texnologiyalariga
o‘qitish, apparat-dasturiy vositalarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish,
robototexnika, Internet tarmog‘i orqali axborot xizmatlarini eksport qilish,
shuningdek, ma’lumotlarni saqlash va hisoblab qayta ishlash sohasida xizmat
ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan yuridik shaxslar
olishi mumkin bo‘ladi;
2022-yil 1-yanvarga qadar masofadan kredit mahsulotlarini realizatsiya
qilish, omonatlar va hisob raqamlarni ochishni o‘z ichiga olgan keng turdagi onlayn
xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash orqali tijorat banklarining raqamli
transformatsiyasi yakuniga yetkaziladi;
v) raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha:
2021-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi,
ma’lumotlar bazasi va “bulutli” platformani boshqarish, axborot xavfsizligini
ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni
olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplash tizimi joriy etiladi;
2021-yil 1-sentabrga qadar har bir tuman va shaharda mavjud infratuzilma
obyektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar va ayollar uchun raqamli
texnologiyalar o‘quv markazlari ochiladi;
2023-yil yakuniga qadar barcha tuman va shaharlarda o‘quvchilarning ijodiy
rivojlanishi va kompyuter dasturlash asoslarini o‘rganishi uchun mavjud ta’lim
muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini
chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil
etiladi;
g) raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha:
2022-yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/sdan kam bo‘lmagan
ma’lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan
ta’minlanadi;
2022-yil 1-yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori
tezlikdagi Internet bilan ta’minlanadi.
9. Belgilab qo‘yilsinki, 2023-yildan boshlab, Strategiya erishilgan natijalar
va maqsadli ko‘rsatkichlar hamda tegishli davr uchun raqamli texnologiyalarni
yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi
tomonidan alohida tasdiqlanadigan ikki yilga mo‘ljallangan dasturlar asosida
amalga oshiriladi.
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 1-yanvardan boshlab
quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha uchun ochiq bo‘lgan mahalliy dasturiy
mahsulotlar va IT-xizmatlar elektron platformasini yaratish to‘g‘risidagi takliflari
ma’qullansin:
mahalliy IT-kompaniyalar va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar
hamda ularning mahsulotlari va xizmatlarining yagona ma’lumotlar bazasini
shakllantirish, shuningdek, ularga o‘z mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda
ilgari surishda ko‘maklashish;
davlat organlari va tashkilotlarida axborot tizimlari va boshqa dasturiy
mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida
ma’lumotlarni e’lon qilish;
mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning amaliy masalalarini hal
qilish hamda axborot texnologiyalari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish
jarayonida samarali va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish.
11. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab yopiq binolarda aloqani tashkil etish
maqsadida mobil aloqa operatorlari uchun ajratilgan radiochastota doirasida 500
mVt dan oshmaydigan quvvatda ishlaydigan baza stansiyalaridan foydalanishga
ruxsatnomani rasmiylashtirish bo‘yicha talablar (tasniflangan obyektlar yaqinida
o‘rnatiladigan mobil aloqa baza stansiyalari bundan mustasno) bekor qilinsin.
12. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab mobil aloqa operatorlari uchun:
telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining qurilish-montaj,
rekonstruksiya, sinovdan o‘tkazish va integratsiya qilish ishlarini yakunlash hamda
tijorat maqsadida foydalanishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, telekommunikatsiya
qurilmalari va inshootlarining konstruksiyasini o‘zgartirish, mavjud qurilmalardagi
hamda telekommunikatsiya liniyalari va inshootlaridagi uskunalarni kengaytirish
bo‘yicha xabardor qilish tartibi joriy etilsin;
radioelektron qurilmalar, asbob-uskunalar va boshqa qurilmalarni
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish ruxsatnomasini, sotib olish, o‘rnatish,
loyihalash va qurish uchun ruxsatnoma olmasdan, belgilangan tartibda
rasmiylashtirish huquqi berilsin.
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
hamda Adliya vazirligining mazkur vazirliklar va ularning tasarrufidagi tashkilot va
bo‘linmalar negizida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Raqamli idora” loyihasini
amalga oshirish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin:
a) 2022-yil 1-yanvarga qadar:
qog‘ozsiz elektron hujjat almashinuvi va ish yuritishni tashkil qilgan holda
barcha ma’muriy tartib-taomillarni va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish;
faoliyatning ochiqligi va shaffofligi hamda aholi punktlarida davlat
xizmatlaridan foydalanishning kafolatlanganligini ta’minlash;
idoralararo elektron hamkorlik jarayonlarini avtomatlashtirish;
b) “Raqamli idora” loyihasini amalga oshirishning amaliy tajribasini boshqa
davlat organlari va tashkilotlarida ularning faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda joriy etish.
14. Elektron hukumat imkoniyatlarini yanada kengaytirish, aholi va
tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha qulayliklarni yaratish hamda raqamli
texnologiyalardan keng foydalanishni ta’minlash maqsadida:
Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha
chora-tadbirlar dasturi
25-ilovaga
muvofiq;
Davlat boji, yig‘im, jarima va boshqa to‘lovlarni to‘lash mexanizmlarini
takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi
26-ilovaga
muvofiq
tasdiqlansin.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
mas’ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan
birgalikda mazkur Farmonga
25
va
26-ilovalarda
nazarda tutilgan tadbirlarning
sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasin.
15. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga
raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatilsin va
quyidagilar ularning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi idoraviy
raqamli transformatsiya dasturlarini ishlab chiqish va o‘z vaqtida amalga oshirish;
elektron davlat xizmatlarini mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning
boshqa shakllari orqali ko‘rsatishni yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish;
idoralar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, Internet
tarmog‘ida ochiq ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni joylashtirib borish bo‘yicha
choralar ko‘rish;
idoraviy raqamli infratuzilmaning axborot xavfsizligini, shuningdek,
elektron ma’lumotlar va hujjatlarning himoyasini ta’minlash.
Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlarning tegishli yo‘nalishdagi
faoliyatini muvofiqlashtirish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligiga yuklatilsin.
16. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq “Raqamli O‘zbekiston —
2030” strategiyasida ko‘zda tutilgan loyihalarni o‘z vaqtida va keng ko‘lamda
amalga oshirilishini ta’minlaganligi, shuningdek, axborot texnologiyalari va
elektron xizmatlarni joriy etishni reyting baholash natijalariga ko‘ra vazirlik va
idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning
raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga har oyda ularning oylik maoshiga 30 foiz
miqdorida ustama to‘lanadi.
Rahbarlar va ularning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga oylik
ustama tayinlash to‘g‘risida qaror Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligining xulosasi asosida qabul qilinadi.
17. Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda har yili 1-dekabrga
qadar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot va
innovatsion loyihalarning maqsadli dasturlarini Fan va texnologiyalar bo‘yicha
respublika kengashiga tasdiqlash uchun kiritib borsin hamda ushbu sohada alohida
e’tiborni quyidagilarga qaratsin:
axborot
texnologiyalari
sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha
fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish;
iqtisodiyot tarmoqlarida virtual va to‘ldirilgan reallik, sun’iy intellekt,
kriptografiya, mashina o‘rganishi, katta ma’lumotlarni tahlil qilish va “bulutli”
hisoblash texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va ularni
amaliyotga tatbiq etish;
istiqbolli innovatsion ishlanmalar va startap-loyihalarini amalga oshirish
hamda ularni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash.
Belgilab qo‘yilsinki, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari ilmiy
faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar
doirasida, shuningdek, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
18. Mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida
bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
a) vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining
raqamlashtirish bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari — har oyda hisobot oyidan keyingi
oyning 5-sanasiga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligiga ushbu Farmon bilan tasdiqlangan Strategiya, dasturlar va
“yo‘l xarita”lari hamda idoraviy raqamli transformatsiya dasturlarida nazarda
tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar;
b) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.
Sadikov:
mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtiradi, ularning
faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy etish holatini baholaydi hamda muntazam
ravishda raqamlashtirish bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlarining hisobotlarini eshitishni
tashkil etadi;
har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar ushbu Farmon
bilan tasdiqlangan Strategiya, dasturlar va “yo‘l xarita”lari hamda idoraviy raqamli
transformatsiya dasturlari ijrosi to‘g‘risida umumlashgan tahliliy ma’lumotlarni
Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-
texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish
masalalari departamenti boshlig‘i O. Umarov:
Strategiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish ustidan tizimli nazoratni
tashkil etadi, shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi komissiya yig‘ilishlarida mas’ul
vazirlik va idoralar rahbarlarining raqamlashtirish sohasidagi faoliyatini tanqidiy
ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga raqamlashtirish
bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlarining faoliyati natijadorligidan kelib chiqib, ularni
rag‘batlantirish yoki intizomiy, shu jumladan egallab turgan lavozimidan ozod
qilishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish bo‘yicha takliflarni kiritadi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot
agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu Farmonning maqsad va
vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha ishlarni tashkil
etsin.
20. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga
ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi
R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Dostları ilə paylaş: |