Raqamlashtirish haqida tushuncha
Ayni
paytda qaysi sohaga nazar
tashlamang, “
raqamli
” so‘ziga duch kelasiz. Bugungi kun talabi shunday. Sohani
rivojlantirmasangiz, uning kelajagini o‘ylamasangiz, unga eng so‘nggi rusumdagi
texnik-uskunalarni, dasturiy mahsulotlarni joriy qilmasangiz, ishchi-xodimlar uchun
kundan-kun qulay shart-sharoit
yaratib bermasangiz,
imkoniyat darajasida
faoliyatingizda inson omilini kamaytirib bormasangiz, raqobatga bardosh berolmay,
o‘z-o‘zidan chetga chiqib qolasiz. Sizning chetga
chiqishingizning ortida esa
qanchadan qancha inson taqdiri turganligini his qilib yashash zarur. Shunday ekan
hozirda har bir rahbar bu borada yanada chuqurroq o‘ylashi talab qilinadi.
Ayni paytda ijtimoiy hayotning har bir sohaga
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining keng joriy etilishi natijasida raqamli iqtisodiyotning roli yildan-
yilga ortib bormoqda. “Raqamli iqtisodiyot”ning yaralishi va taraqqiy etishi yangi
texnologiyalarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu ikki mavzuni
bir-biridan ajratish mumkin emas. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish “raqamli
iqtisodiyot”ni qurish uchun zarur negizni yaratadi.
Xo‘sh, bugun juda ko‘p gapirayotganimiz raqamlashtirish o‘zi
nima?