3.Ishlab chiqarish va istemolni o’zaro bog’liqligi.
Iste’molchi va korxona bozor munosabatlarining asosiy agentlari bo’lib hisoblanadi. ular bozorda talab va taklifni vujudga keltiradilar, muvozanat narxining qaror topishida faol ishtirok etadilar. ushbu holatda, zamonaviy iqtisodiyot iste’molchiga bozor iqtisodiyotining eng oliy bo’g’ini sifatida murojaat etadi, chunki u o’z pul mablag’lari bilan, ishlab chiqaruvchi tomonidan chiqarilgan tovarlarga "ha" yoki "yo’q" deya ovoz beradi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari YaMMning 3/4 qismini tashkil etadi. Bu esa iste’molchilar hatti- harakati iqtisodiy rivojlanishni ta’min etishda eng muhim omil bo’lib hisoblanishidan darak beradi.
Odatda istemolchi hatti - harakati quyidagilar bilan izohlanadi:
Foydali, oqilona hatti - harakat, yani o’z daromadidan ko’radigan navflilikni oshirish.
Iste’molchining tovar afzalligini ajratishida o’rtacha tipdagi iste’mol bozoridagi taklif etiladigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan aniq - ravshan fikrga ega bo’ladi deb, hisoblashimiz mumkin. Biz faraz qilamizki, haridorlar harid qilishi mumkin bo’lgan har bir keyingi birlik mahsulotdan pirovard natijada qanday foyda ko’rishlarini aniq tasavvur qiladilar.
Byudjetdagi (oila daromadidagi) cheklanish.
Narxlar. Tovarlarni ishlab chiqarish iqtisodiy resurslar sarfini talab etadi va shuning uchun ular ma’lum narxga ega bo’ladi. Daromadi cheklangan haridor cheklangan miqdorda tovar harid qiladi. Shuning uchun muqobil mahsulotlar orasidan o’z ehtiyojlarini maqbul tarzda qondiradigan tovarlarni tanlab olish zaruri bo’ladi. Iste’molchi xulqi chegaraviy foydalilik va farqsizlik egri chiziqlari nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Chegaraviy foydalilik deyilganda, iste’mol qilishning bir birlikka o’sishida tovar umumiy foydaliligining o’sishi tushuniladi. Shu bilan bir qatorda iste’mol qilinayotgan tovar miqdori o’sib borishi bilan, har bir qo’shimcha tovar birligining chegaraviy foydaliligi kamayib boradi.
Iste’molchi imkon darajasida, cheklangan daromadlariga shunday tovarlar guruhini xarid qilishga intiladiki, toki unga o’z ehtiyojlarini eng yuqori darajada qondirish imkonini bersin.
Har bir farqsizlik egri chizig’i iste’molchi uchun bir xil navflikka ega bo’lgan, mahsulotlarning har - xil to’plamlarini grafik tarzda aks ettiradi.
№ Farqsizlik egri chizig’i Befarqlik egri chizig’ining barcha nuqtalarida bir xil darajadagi foydalilik ta’minlangani uchun F mahsulotni iste’mol hajmining o’sishi hisobiga olinadigan umumiyfoydalilikning kamayishi S mahsulot iste’molining kamayishini muvozanatga keltirishi zarur. mahsulotlarga bo’lgan talab hajmining ko’p yoki oz bo’lishi oila (uy xo’jaligi)ning moliyaviy imkoniyatlariga, ya’ni oila byudjetiga bog’liq. Oila byudjeti yoki oila imkoniyati deb, eng yuqori miqdorda mahsulotlar sotib olish mumkin bo’lgan mablag’larga aytiladi, agar oila daromadi pasaysa unda egri chiziq pasayadi, agar oila byudjeti o’zgarmasdan tovarlar bahosi ko’tarilsa ham byudjet egri chizig’i ham pasayadi va aksincha.
Agar mahsulotlar narxi va iste’molchilar daromadi bir xilda oshsa yoki pasaysa byudjet egri chizig’i o’zgarmaydi.
byudjet egri chizig’i har bir oilaning nima olishga qodirligini ko’rsatsa, befarqlik egri chizig’i har bir oilaning nima olishga xohishi borligini ko’rsatadi. Agar biz ikki turdagi F (oziq-ovqat) va S (kiyim bosh) tovar mavjud, deb faraz qilsak va uni xarid qiluvchi xaridorning daromadi 40 dollar deb qabul qilsak; oziqovqat mahsulotining bir birligi bir dollar, kiyim-bosh bir donasining bahosi 2 dollar bo’lsa va 40 dollar daromadning hammasi kiyim harid qilish uchun sarflansa, u holda xaridor eng ko’pi bilan 20 birlik A turdagi tovardan harid qilishi mumkin. Buni quyidagi jadval va chizma ma’lumotlaridan ko’rish mumkin. V, S va D variantdagi tovarlar to’plami 40 dollar daromadni sarf qilish imkoniyatlarini ko’rsatadi.