Sirtlarning o'zaro kesishuvi.
Injenerlik inshootlari, mashina detallari har xil geometrik shakillardan tuzulgan va ular tekis yoki fazoviy egri chiziqlar bo'yicha kesishishadi. Geometrik sirtlarning kesishish chizig'ini yasash usullari bir necha hildir Yordamchi tekisliklar usuli
Agar kesishayotgan ikki sirt ham qirrali sirtlar bo'lsa,
Agar kesishayotgan sirtlarning biri aylanma, ikkinchisi qirrali sirt bo'lsa,
Agar ikkita kesishayotgan sirtlar aylanma sirt bo'lsada, ammo ularning aylanish o'qlari umumiy bir nuqtaga ega bo'lmasa, u holda bunday sirtlarning kesishish chizig'i yordamchi tekisliklar usulida topiladi. Misol: 1. Berilgan to'g'ti piramida bilan to'g'ri prizmaning kesishuv chizig'i aniqlansin.
Yechish: Kesishayotgan sirtlarning biri to'g'ri prizma bo'lgani va uning asosi frontal proyeksiya tekisligiga parallel joylashgani sababli kesishish chizig'i prizma sirtining asosida bo'ladi. Bu misolda kesishish chizig'ining gorizontal poyeksiyasini topish kerak. Buning uchun frontal proyeksiyasidagi l va 3(.) lar orqali P║H yordamchi kesuvchi tekisliklarini olamiz. Tekislik bilan piramida sirtining kesim yuzasining gorizontal proyeksiyalarini topsak, 1,2 va 3,4(.) larning gorizontal proyeksiyasini ham topamiz. Topilgan nuqtalarni ketma ket tutashtirsak kesishish chizig'ining gorizontal proyeksiyasinihosil qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |