Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə111/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Geografik “kul rang hududlar”. Bularga qonuniy hukumat tomonidan nazorat qilinmaydigan, “uchinchi dunyo” mamlakatlari xaritalarida oson topiladigan hududlar kiradi. Lotin Amerikasida bu Peru, Boliviya va, ayniqsa, Kolumbiyaning bir qator hududlari bo‘lib, u yerda hukumat narkopartizanlar (masalan, Kolumbiyaning inqilobiy qurolli kuchlari) va oddiy narkobanditlar qo‘lidadir. Osiyoda “kul rang hududlar” sifatida Afg‘oniston va Myanmaning ba’zi yerlari namoyon bo‘ladi. Afrikada “kul rang hududlar” vaqti- vaqti bilan fuqarolik urushlari bo‘lib turayotgan mamlakatlarda – Angola, Serra-Leone, Liberiyalarda joylashgan.
Yarim asr oldin bunday hududlarning barqaror mavjudligini tasavvur ham qilib bo‘lmas edi. Hozir esa, kontrabanda biznesini keng taraqqiy etishi, rasmiy hukumatni tan olmaydigan oppozitsion guruhlar barqaror moliyaviy bazalarga egalar: Lotin Amerikasi “kul rang hududlari” kokain narkotraffigiga tayanadilar, Osiyo “kul rang hududlari” – geroin narkotrafigiga, G‘arbiy Afrika “kul rang hududlari” – olmos kontrabandasiga tayanadilar.
Tarkibiy-iqtisodiy “kul rang hududlar”. Xalqaro moliya biznesi butun dunyoda sekin-asta kul rang tus olmoqda. Harom pullarni yuvish va daromadlarni yashirish bilan bog‘liq mojarolarda faqatgina Kayman orollarining banklari emas, balki Shveysariya, AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarning e’tiborli moliyaviy tuzilmalari ham aralashib qolishmoqda. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning jadal o‘sib boruvchi natijasi hisoblanmish xalqaro Internet-iqtisodiyot ham borgan sari kul rang tus olmoqda.
Globallashuv jarayonining raqiblari birinchi navbatda, ularning fikri bo‘yicha, global totalitarizm xavfini olib keluvchi “yangi xalqaro tartib”dan tashvishlanishadi. Umuman olganda, globallashuv jarayoni “xalqaro tartib”dan tashqari jinoiy globallashuv ko‘rinishidagi “xalqaro tartibsizlik”ga ham olib kelishi mumkin.


Nazorat savollari:


  1. Jahon xo‘jaligining jinoiy “egizagi” deganda ni mani tushunasiz?

  2. Shimol va Janubning o‘zaro munosabatlaridagi jinoiy global muammolar nimalardan iborat?

  3. Noqonuniy migratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nimalardan iborat?

  4. O‘zbekistonda norasmiy migratsiyani rasmiyga aylantirish uchun nima qilish kerak?

  5. Narkobiznesning mohiyati va iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari nimalardan iborat?

  6. Terrorizmning iqtisodiy asoslari va oqibatlarini tushuntirib bering.

  7. Narkomaniya va terrorizm iqtisodiy nazariyalaprini izohlang.

  8. Shimol mamlakatlari rivojlanishining jinoiy global muammolarini izohlab bering.

  9. Nima uchun xalqaro Internet-iqtisodiyot ham borgan sari kul rang tus olmoqda?

  10. Jahon xo‘jaligining “kul rang hududlari” deganda nimalarni tushunasiz?

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin