MIRZO ULUG‘BEKNOMIDAGIO‘ZBEKISTONMILLIYUNIVERSITETI
ABULQOSIMOV H.P., MUMINOV N.G.
XUFYONA IQTISODIYOT
O‘quv qo‘llanma
Toshkent
«YANGI NASHR» 2020
UDK 338.22 BBK 65.9
O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar:
T.T.Jo‘rayev,iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
D.M.Karimov, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Abulqosimov H.P., Muminov N.G.
Xufyona iqtisodiyot: o‘quv qo‘llanma. H.P.Abulqosimov, N.G.Muminov – T.: Yangi nashr, 2020. – 304 b.
O‘quv qo‘llanma “Xufyona iqtisodiyot” fani dasturiga muvofiq yozilgan bo‘lib, unda ushbu fanning ilmiy-nazariy asoslari va asosiy tushunchalarining mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, qo‘llanmada jamiyatda rasmiy va norasmiy iqtisodiyot sektorlarining roliga, xufyona iqtisodiyot va uning shakllari hamda sektorlari, korrupsiya, norkobiznes, terrorizm iqtisodiy nazariyalarining asoslarini yoritishga keng o‘rin berilgan.
Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat yo‘nalishi talabalari, magistrantlar, ilmiy izlanuvchi va doktorantlar hamda professor- o‘qituvchilar, shuningdek xufyona iqtisodiyot, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bilan qiziquvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
xufyona (yashirin) iqtisodiyotni o‘rganish – rasmiy hisob- kitob va nazoratdan yashirinadigan va ko‘pchilik hollarda noqonuniy xarakterga ega xo‘jalik faoliyati (E. De Soto);
jinoyat va javobgarlikning iqtisodiy nazariyasi – kasbiy faoliyatning alohida turi sifatida jinoyatchilarning faoliyatini, hamda jinoyatchilikni kamaytirishning turli uslublarini samaradorligini o‘rganish (G.Bekker va boshq.)
Ushbu uch yo‘nalish ko‘pchilik hollarda ustma-ust tushadi, lekin predmet va metodlardagi farq sezilib turadi. Huquqning iqtisodiy nazariyasi rasmiy (“oq”) iqtisodiyotni o‘rganishadi; xufyona iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar asosan norasmiy (“kul rang”) sektorga e’tibor qaratishadi; jinoyatchilikning iqtisodiy nazariyasi kriminal (“qora”) biznesni o‘rganishadi.
Huquqning iqtisodiy nazariyasi va jinoyatchilikning iqtisodiy nazariyasi neoinstitutsionalizmning oqimlari hisoblanadi. Xufyona iqtisodiyotni tadqiq etish bilan ko‘pincha an’anaviy institutsionalizm namoyandalari bo‘lgan iqtisodchi va sotsiologlar shug‘ullanishadi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyot va jamiyatning globallashuvi, integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi mamlakatlar o‘rtasidagi rasmiy chegaralarning yemirilib borishiga olib kelmoqda. Rivojlangan dunyo birlashib chegaralarni yo‘q qilib ittifoqlar tashkil etmoqda. Bunday sharoitda dunyoning har qanday burchagida yuzaga kelgan ilg‘or (ham yaxshi, ham yomon ma’noda) usullar jadal ravishda butun dunyoga tarqab ketmoqda. Shu sababdan iqtisodiyotning norasmiy iqtisodiyotni namoyon bo‘lish shakllarini, ularni aniqlash va baholash usullarini, shu bilan birga unga qarshi kurashi (zarur bo‘lgan hollarda) yoki legallashtirish yo‘nalishlarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Islohotlarimizga jiddiy to‘sqinlik qilayotgan “yashirin iqtisodiyot”ga barham berilmas ekan, sog‘lom raqobat ham, qulay investitsiya muhiti ham shakllanmaydi.Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini chuqur tahlil qilib, unga qarshi kurashish dasturini tasdiqlasin”1,-deb ta’kidlagan.
Xufyona iqtisodiyotning namoyon bo‘lish shakllaridan biri bo‘lgan korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta’sir etadi. Shu boisdan korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish masalalari barcha mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. 2020 йил 24 январь.//Халқ сўзи, 2020 йил 25 январь.
“To‘rtinchidan, afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi. Tadbirkorlar hanuzgacha yer ajratish, kadastr, qurilish, litsenziya, bojxona, bank, davlat xaridlari kabi sohalarda korrupsiyaga duch kelayotganini Prezident nomiga kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar ham, matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar ham yaqqol ko‘rsatib turibdi. Korrupsiyagaqarshikurashishdaaholiningbarchaqatlamlari,engyaxshimutaxassislarjalbqilinmasekan,jamiyatimizningbarchaa’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmasekan,o‘zoldimizgaqo‘yganyuksakmarralargaerishaolmaymiz.Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqtoldiniolishgao‘tishimizkerak”2,-deb jamiyat oldiga muhim vazifani belgilab berdi.
Mamlakatimiz aholisini “halollik vaksinasi” bilan emlash uchun xufyona iqtisodiyot, korrupsiya masalalari bo‘yicha zaruriy tushunchalarni barcha ta’lim tizimlarida o‘quvchi va talabalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib o‘qitish, ularning ongiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir. Keyingi yillarda Oliy ta’lim muassasalarida xufyona iqtisodiyot fanini o‘qitish boshlanda. Bu fanni asosiy o‘qitiladigan fanlar jumlasiga kiritib, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish va nashr qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur o‘quv qo‘llanma bu boradagi dastlabki ishlardan biri bo‘lib, unda talabalarda xufyona iqtisodiy faoliyatning vujudga kelish sabablari, mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari hamda unga qarshi kurash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi asosiy tushuncha va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadi qo‘yilgan. Mualliflar o‘quv qo‘llanmani kelgusida yanada takomillashtirish bo‘yicha kitobxonlarning, mutaxassis va professor-o‘qituvchilarning fikr- mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladilar.