Monitoring(auditvaidentifikatsiya). Ko‘pgina davlatlar
«pora berish» orqali korrupsiyaga qarshi kurashda audit rolini kuchaytirish zarurligini tan olishadi. Buxgalterlar va auditorlarning global korrupsiyaga qarshi strategiyaga qo‘shadigan hissasini muhokama qilish uchun Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi "Buxgalteriya ishi va korrupsiyaga qarshi kurashish" ma’ruzasini e’lon qildi. Yevropa Kengashining korrupsiyaga oid jinoyat huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasi, davlatlarni har qanday hukumat amaldorlariga biron-bir shaxsga va’da berish, taklif qilish yoki biron- bir ortiqcha imtiyoz berish uchun jinoiy javobgarlikka olib keladigan milliy qonunlarni qabul qilishga chaqiradi. Bunday jinoyat, shuningdek, buxgalteriya hisobi va hisobot berish tartibini qo‘llagan
holda davlat xizmatchilarining poraxo‘rligi bilan bog‘liq xatti- harakatlar to‘g‘risida qasddan noto‘g‘ri taqdim etilganlik sifatida ko‘rib chiqilishi kerak.
Texnologiyalar(elektronhukumat,jamoatnazorati). "Elektron hukumat" ning to‘laqonli ishlashi davlat xaridlarining aksariyat qismini va aholi, biznes va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning butun tizimini shaffof qilish imkonini beradi va bu tarmoqning hajmini sezilarli darajada kamaytiradi. Ikkinchisi biznesni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Singapurda ko‘plab zarur xizmatlarni, masalan, pasport va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani uyda zarur shakllarni to‘ldirib, tegishli organlarga elektron pochta orqali yuborish orqali olishingiz mumkin. Hukumat bunday xizmatlarni Internet orqali taqdim etishi odatiy hol sifatida qabul qilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, agar siz ushbu xizmatlarni olish uchun muassasaga shaxsan tashrif buyurgan bo‘lsangiz, u holda ushbu shaxsga muassasaga alohida ehtiyojsiz kelganlik uchun jarima solinadi.
Qonun hujjatlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin79.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 2020 yil 24 yanvarda qilgan murojaatnomasida “To‘rtinchidan, afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi. Tadbirkorlar hanuzgacha yer ajratish, kadastr, qurilish, litsenziya, bojxona, bank, davlat xaridlari kabi sohalarda korrupsiyaga duch kelayotganini Prezident nomiga kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar ham, matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar ham yaqqol ko‘rsatib turibdi. Korrupsiyagaqarshikurashishdaaholiningbarchaqatlamlari,engyaxshimutaxassislarjalbqilinmasekan,jamiyatimizningbarchaa’zolari,ta’birjoizbo‘lsa,“halollikvaksinasi”bilanemlanmas
79Ўзбекистон Республикасининг “Коррупцияга қарши кураш тўғрисида”ги қонуни. 2017 йил 3 январь,ЎРҚ-419-сон.20-модда.