Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent da



Yüklə 0,55 Mb.
tarix12.10.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#154852
növüReferat
Rahimjonova mavjuda


Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Pedagogika va psixologiya fakulteti
"O`zbek tilining izohli lug`atida soha terminlarining berilishi " mavzusida bajarilgan
REFERAT
Bajardi: Pedagogika va psixologiya
ta'lim yo`nalishini 2-kurs kechki 206 - guruh
talabasi Rahimjonova Mavjuda
Fan:O'zbek tilining sohada qo'llanishi
Qabul qildi: Nafisa Yo'ldosheva
Toshkent 2021

Mavzu - O`zbek tilining izohli lug`atida soha terminlarining berilishi
Reja:
1.O`zbek tilining izohli lug`ati haqida
2.Terminlar haqida tushuncha
3.Soha terminlari haqida

„Oʻzbek tilining izohli lugʻati“ — oʻzbek tilining besh jildli izohli lugʻati. Bu lugʻat shu kungacha chiqarilgan eng keng koʻlamli oʻzbekcha izohli lugʻatlardan biridir. Lugʻat 1981-yil chop etilgan ikki jildli izohli lugʻatga asoslangan.

Lugʻatga hozirgi oʻzbek adabiy tilida keng qoʻllaniladigan 80 000 soʻz va soʻz birikmalari, fan, texnika, sanʼat va madaniyat sohalariga oid atamalar, ayrim shevaga oid hamda tarixiy va eskicha soʻzlar kiritilgan. Lugʻatda soʻzlarning qoʻllanilishi oʻzbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan.

Izohli lugʻat Abduvahob Madvaliyev tahriri ostida tayyorlangan. Lugʻat Oʻzbekistonda lotin yozuvi kiritilganidan ancha vaqtdan keyin tayyorlangan boʻlsa ham, kirill alifbosida chop etilgan. 2014-yil „Oʻzbek tilining izohli lugʻati“da berilgan barcha izohlar Oʻzbekcha Vikilugʻatga maxsus bot yordamida qoʻshildi.


Lugʻat 1981-yilda nashr etilgan izohli lugʻat materiallaridan foydalanib tayyorlangan. Lekin yangi lugʻatda uning 1981-yilgi lugʻatning toʻldirilgan yoki yangi nashri emas, balki roʻy bergan leksikografik oʻzgarishlar aks ettirilgan mutlaqo yangi lugʻat ekanligi aytilgan:

“ Bir umumiy lugʻaviy maʼnoga ega boʻlgan soʻz shakllaridan asosiysini berish, qolganlarining esa, maʼnoda muayyan siljish, oʻzgarish boʻlmagan hollarda berilmasligi; avvalgi lugʻatda „eskirgan“, „diniy“ kabi belgilar ostida berilgan (yoki umuman berilmagan) tarixiy, etnografik, diniy terminlarga yangicha yondashuv; oʻzbekcha yoki umumturkiy boʻlmagan soʻz va terminlarga (arabcha, forscha, baynalmilal, ruscha va boshqa tillarga mansub soʻzlarga) mumkin qadar toʻliq etimologik maʼlumot berish kabilar ham ushbu lugʻatning oʻziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. ”


Lugʻat normativ (meʼyoriy) boʻlib, unda adabiy oʻzbek tilining imlo, talaffuz, soʻz yasash va uni ishlatish normalari tavsiya qilingan. Lugʻatda har bir soʻzning toʻgʻri yozma shakli, oʻzlashma soʻzlarning etimologiyasi, ayrim hollarda talaffuzi ham berilgan. Soʻzlarning aniqlangan maʼnolari va shu maʼnolarda toʻgʻri qoʻllanilishi oʻzbek badiiy adabiyoti va matbuotidan olingan misollar, iqtiboslar bilan tasdiqlangan. Lugʻatning dastlabki tahrirdan keyingi komputer nusxasini kichik ilmiy xodimlar R. Qilichev, I. Panasenko va D. Hakimovlar tayyorlagan. Soʻnggi tahrirdan keyingi komputer nusxani esa katta ilmiy xodim E. Panasenko tayyorlagan.
Texnik ishlarni bajarishda kichik ilmiy xodimlar J. Mamatov, N. Chinniqulov, D. Akbarova, S. Sattorova va O. Jumayevlar ishtirok etgan.
Inson tugiliboq padari buzrukvori hamda volidasining mehri, shirin kalomi, allasi-yu sevgisini ona tilida eshitadi, tuyadi. Ilk so’zlari, fikr-oyi, tevarak-atrof haqidagi mulohazalarini shu tilda bayon qiladi. Mana shuning uchun bo’lsa kerak, har bir insonning o’z ona tiliga bo’lgan mehr-muhabbati bo’lakchadir, u kishining qalbida, yurak to’ridadir. Shu boisdan ham har bir inson ona tilini qadrlamog’i, uni sofligini saqlashga, rivojiga o’z hissasini qo’shmog’i lozimdir. Chunki ma‘rifatparvar adib Abdulla Avloniy ayganidek, „har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidir, milliy tilni yo’qotmak millat ruhini yo’qotmakdur―. Darhaqiqat, so‗zlarni buzib gapirishlar, o‗rinsiz chet so’zlariyu bema‘ni so’kish va qarg’ish so’zlari tilimiz taraqqiyotiga uriladigan boltadir. Shuni ham unutmasligimiz joizki, insonning ona tiliga bo’lgan mehrmuhabbatini oshirishda, albatta, kitobxonlik madaniyatining ham o’rni juda kattadir. Zotan, turli xildagi badiiy, publitsistik va ilmiy harakterdagi asarlar mutolaasi jarayonida o’quvchi ongida ona tiliga bo’lgan, uning sehru jozibasiga, tarovatiga bo’lgan mehri ham bosqichma-bosqich rivojlana boradi, o’z ona tilida xatosiz yozish va gapirish ko’nikmasi shakllanadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomini berish jarayoni ham osonlikcha ro’y bergani yo’q. XX asrning 80-yillarida boshlangan urinishlar natijasi o’laroq, 1988yilga kelib qator olimlarimiz tilimiz haq-huquqini tiklash yo’lidagi dadil fikrlari bilan matbuotda chiqishlar qildilar. Nihoyat, 1989-yil 21-oktabrda ―Davlat tili to’g’risidagi Qonun qabul qilindi. 1995-yil 21-dekabrda qayta tahrir qilingan mazkur tarixiy qonun mazmun-mohiyati va ijtimoiy ahamiyati jihatidan dolzarbdir.
Har bir fuqaroning davlat tili va u haqidagi muayyan bilimlarga ega bo’lmog’i ham foydadan xoli emasdir.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli deb o‘ylaymiz:
1) termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) termin – konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir.
Bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi: Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olibsotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot ,balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
Terminlar va ularning vujudga kelishi
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo’llaniladigan va asosan o’sha soha kishilari tushunadigan maxsus so’zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.
Terminlarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To’nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan.
Terminlarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:
1. Umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
2. Xususiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik,temperatura, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
E’tirof etish kerakki, o’zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy terminlarning salmog’I katta. An’anaga ko’ra ularni quyidagi yo’nalishlarda o’rganamiz:
1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
2. Forscha-tojikcha: bastakor, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
3. Ruscha-baynalmilal: abzats, agronomiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realism, romantiam, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar.
Ularning ma’lum qismlari:
1. Lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
2. Yunoncha: allegoriya, allomorph, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonym, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.
Bizni qurshab turgan olamdagi hamma narsa va hodisalar uzluksiz o'sishda-rivojlanishdadir. Masalan, hovlingizga ko'chat ekdingiz. U ko'karib, asta-sekin rivojlana boshlaydi, lekin uning rivojlanish jarayonini oddiy ko'z bilan kuzata olmaysiz. Ko'chat ekilgan holat bilan uning bir necha oy yoki yil o'tgandan keyingi holatini solishtirsangiz, undagi ro`y bergan o'zgarishlarni payqaysiz.
bunday o'zgarishlar tilning lug'at jamg'armasida ko'proq namoyon bo'ladi, chunki xalqimiz tarixida ro'y bergan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o'zgarishlar tufayli yangi so'zlar kirib keladi, ayrim so'zlar iste'moldan chiqib keta'di. Masalan, eski o'zbek tiliga xos cherik (askar), o'ko'sh (ko'p), talim (bir qancha) singari so'zlar bugungi kunda qo'llanilmaydi.
Ular o'zbek tili leksikasining eskirgan qatlamini tashkil qiladi. Ularga nisbatan eskirgan so'zlar yoki arxaizmlar va istorizmlar atamasi ishlatiladi.Bunga zid o'laroq, konsalting, audit, sammit singari so'zlar esa tilimizga endigina kirib kelyapti. Ular yangi paydo bo’lgan so'zlar, ya'ni neologizmlar sanaladi. Sobiq sho'rolar davrida siyosiy byuro, pioner, komsomol, oktabrat singari so'z va birikmalari faol qo'llanilgan bo'lsa, mustaqillik sharoitida bunday so'zlarni ifodalaydigan tushunchalarga hayotda o'rin qolmadi. Shuning uchun ular iste'moldan chiqib ketdi. Hozirgi kunda yangicha
davlat va xo'jalik boshqaruviga, bozor iqtisodiyotiga doir bir qator yangi so'zlar paydo bo'ldi. Ayrim eski o'zbek tilida qollanilgan so'zlar yangitdan olib kirildi. Masalan, hokimiyat, hokimlik, vazir, vazirlik, devonxona va boshqalar.
Shunday qilib, o'zbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz bo'lib qolgan tushunchalarni bildiruvchi so'zlarning iste'moldan chiqib ketishi, yangi paydo bo'lgan tushunchalarni ifodalovchi so'zlarning esa kirib kelishi hisobiga doimo o'zgarib, rivojlanib, boyib boradi.
Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili”1 da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda insoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. A.A.Potebnya “keyingi ma’no” deb atagan va “u tilshunoslikning o‘rganish ob`ektiga kirmaydi, uni boshqa fanlar o‘rganadi”2 deb ko‘rsatilgan terminologik leksika uzoq davrlargacha alohida nominativ birlik, atama sifatida tilshunoslikda tadqiq qilinmadi. Tilshunoslik fani rivojlanib, o‘z tadqiqot doirasini kengaytirgan sayin terminlarni o‘rganish uning eng muhim va tarkibiy qismlaridan biriga aylandi. Hozirgi davrda terminlarni o‘rganish tilshunoslikning alohida sohasini – terminologiyani shakllantirdi. Ammo shuni ham aytish o‘rinliki, bu jarayonda ruscha va rus tili orqali kirib kelgan terminlarni o‘rinsiz, sun`iy ravishda yangi yasalmalar yoki arab va fors-tojikcha so‘zlar bilan almashtirish hollari ham kuzatiladi.

  • Masalan, bankrot – sinish, buxgalter – hisobchi, gazeta – ro‘znoma, deputat – noib (xalq noibi), jurnal – majalla (jarida, oybitik, oynoma), institut – oliygoh, (ta’limgoh), klub - tomashagoh (tadbirgoh), kompensatsiya – tovon, medal – nishon, fakultet – kulliyot, kurs – bosqich, fonetika – tovushshunoslik, sinonim – ma’nodosh, omonim – shakldosh, antonim – zid ma’noli va hokazo.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdurahmonova M, Fattaxova , Xalmuxammedova U, Inogamova N, Egamberdiyeva N. O`zbek tili (o`quv qo`llanma). – Toshkent: Mumtoz so`z, 2018.
2. Qo`ng`urov R, Begmatov E, Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat. Darslik. – T: “Barkamol fayz media”, 1992. – 424 bet;
3. Aminov M, Madvaliyev A, Mahkamov N, Mahmudov N. Ish yuritish
(amaliy qo`llanma). – Toshkent: O`zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.– 456b.
Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin