Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'zbekiston respublikasi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti asadbek o’ktamov


- TOPSHIRIQ Afrosiyob yodgorligi va o‘rganilishi jarayonini yoritib bering



Yüklə 38,34 Kb.
səhifə7/7
tarix02.01.2022
ölçüsü38,34 Kb.
#42580
1   2   3   4   5   6   7
Arxeologiya

4- TOPSHIRIQ Afrosiyob yodgorligi va o‘rganilishi jarayonini yoritib bering

Afrosiyob – yirik arxeologik yodgorlik bo‘lib, qadim Samarqand shahri vayronalaridan darak beradi. Shaharning maydoni 219 gektarni tashkil qiladi. Arxeologlar bir-birini bosib turgan 11 ta madaniy qatlamlar borligini aniqladilar. Samarqandning Afrosiyob o‘rnida 2100 yil turgan tarixiy davr mobaynida moddiy madaniyatni aks ettiradilar. Shaharning zamonaviy relefida qudratli qal’aning xarobalari, ko‘hna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata olish mumkin.

Afrosiyobdagi muntazam kovlash ishlarini 1904 yilda V.V.Bartold va V.L.Vyatkin boshlaganlar. 1958 yil maxsus Samarqand arxeologik guruh tuzilgan. Guruhning maqsadi – O‘rta Osiyoning ko‘hna shahar markazlaridan birining kelib chiqishi va mavjudligi tarixi, shahar hayotining barcha davrlarida uni o‘rab turgan turli-tuman ob’ektlar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish edi. Ekspeditsiya 30 yil davomida 50 dan ortiq qidiruv-kovlash va tuproq kesmasini tekshirish ishlarini olib bordi. Afrosiyobning arxeologik davri aniqlandi, shaharning har xil davrlaridagi topografik plani tuzildi. Me’morchilik, moddiy va ma’naviy madaniyat, ishlab chiqarish faoliyati, numizmatika, terrakota, sopol buyumlar bo‘yicha ulkan ma’lumot yig‘ildi va umumiylashtirildi, mashhur devoriy naqshlar topildi va ta’mirlandi. Shaharning hayotiga doir ko‘p sonli maqolalar va monografiyalar nashr etildi. 1989 yildan boshlab Afrosiyobda o‘zbek-fransuz ekspeditsiyasi ishlab kelmoqda. Ekspeditsiya ishlari shaharning shimoliy qal’asining birinchi istehkomigacha bo‘lgan qismini qamrab olgan, qal’aning sharqiy qismida VIII asr oxiriga to‘g‘ri keladigan ulkan ma’muriy bino ochildi. Qal’aning g‘arbiy qismida VIII asr o‘rtalaridagi va mil. avv. III-II asrlardagi binolarning kovlash ishlari olib borildi.

frosiyobdagi arxeologik topilmalar shaharning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, Samarqand tarixi muzeyida saqlanadi va ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Samarqand tarixi muzeyi 1970 yil 24 oktyabrda ochildi. Muzeyning 1- zalida Afrosiyob vayronalarini arxeologik o‘rganish tarixi bo‘yicha XIX-asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan materiallar, shaharning arxeologik ob’ektlari va ma’muriy obidalari ko‘rsatilgan relefli xarita joylashgan. Ikkinchi zalda shahar hayotining ilk asrlari tarixi bilan bog‘liq buyumlar: kulolchilik xumdoni o‘chog‘ining maketi, mil. avv. VI-IV asrlar sopol idishlari, tosh va metallardan yasalgan buyumlar joylashtirilgan.

Uchinchi zalda, ellinizm davri bilan bog‘liq buyumlar o‘z o‘rnini topgan bo‘lib, ular Samarqandning mil. avv. III-II asrlarda qurilgan mudofaa devorlarining maketlari, qurol-yarog‘, tangalar, sopol idishlari, terrakota, tosh va yog‘och buyumlari, shuningdek qal’a devoridan olingan yog‘och sinchkorlik bo‘laklari joylashgan.

Samarqandliklarning milodiy I-IV asrlardagi ma’naviy hayoti va ro‘zg‘orini yorituvchi ashyolar to‘rtinchi zalda o‘z o‘rnini egallagan bo‘lib, ulardan milodiy IV asr mehrob-o‘choq, terrakota haykalchalari, ro‘zg‘or buyumlari, suyaklar solingan ostodon namoish etilgan. Beshinchi zalda, olov va ajdodlar ruhi e’tiqodi bilan bog‘liq buyumlar: ossuariylar, uyning ibodat qilish qismi, devoriy suratlar, raqqosa shaklidagi yog‘och haykal-ustunlar, so‘g‘d yozuviga ega bo‘lgan buyumlar – teri (konvert), xum, porsang. Shu bilan birga temir, suyak va sopoldan yasalgan ro‘zg‘or buyumlar o‘z o‘rnini topganlar

Muzeyning eng nodir eksponatlari orasida markaziy zaldagi, bir vaqtlar muzey binosidan bir-necha yuz metr G‘arbda joylashgan qabulxonani bezagan VII asr devoriy suratlari alohida o‘rinni egallaydi. Ular 1965 yilda ochilgan. Bu zal VII asrning uchinchi choragida Samarqandda hukmronlik qilgan Varxuman oilasining qarorgohi bo‘lgan. To‘rt devorda to‘rt kompozitsiya syujetlari – Samarqand hukmdori tomonidan elchilarni qabul qilinishi, maqbaraga tantanali safar, ilvirs ovi va boshqa rasmlar tasvirlangan.

Muzeyidagi «elchilar zali» (mil. VII asr o‘rtalari)



Afrosiyob muzeyidagi markaziy zalda taqdim etilgan devoriy tasvirlar o‘z davrining nodir san’at asari hisoblanib, mehmon kutish xonalarini bezar edi. Bu mehmonxona muzeydan bir necha yuz metrcha g‘arb tomonda topilgan. Ular tasodifan Toshkent yo‘lini qurish paytida 1965 yilda ochilgan. Buldozer yerga ko‘milgan devorni ochib tashladi va keyinchalik bu devoriy suratlar maxsus moslamalar bilan muzeyning markaziy xonasiga ko‘chirilib, 1985 yildan boshlab, namoyishga qo‘yilgan. Qazish ishlaridan keyin, bu joy yuqori tabaqali kishining mehmonxonasiga tegishliligi aniqlandi. Aniqrog‘i, bu shoh Varxumanning mehmonlar qabul qilish xonasi bo‘lib, u VII - asrning uchinchi yarmida hukmronlik qilgan.


Yüklə 38,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin