Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot


-mavzu. Globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə11/43
tarix20.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#145619
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
2iqtisodiy xavfsizlik

5-mavzu. Globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy


xavfsizligiga ta’siri
XX asrning oxirgi choragida jahon hamjamiyatining iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalardagi rivojlanishi globallashuv jarayonlari ta’sirida amalga oshdi. Globallashuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati birinchi navbatda xo’jalik taraqqiyotining manbalari, omillari va shakllari bilan bog’liqdir. Bu yerda gap sarmoyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi, intellektual va moliyaviy resurslar,
boshqaruv va boshqalar to’g’risida ketmoqda. Ushbu jarayonlar xalqaro savdo va investitsiya hajmlarining o’sishi, jahon moliya bozorlari va ishchi kuchi bozorlarining misli ko’rilmagan tarzdagi diversifikatsiyasi, jahon xo’jalik aloqalarida transmilliy korporatsiyalar rolining oshishi, global raqobatning keskinlashuvida namoyon bo’lmoqda.
Globallashuv iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan postindustrial bosqichiga o’tish davrining mahsuli bo’lib hisoblanadi. Demak, globallashuv jahon hamjamiyatining bugungi kundagi taraqqiyoti bosqichini ifodalovchi jarayondir. Jahon banki ma’lumotlariga ko’ra, 1995-yildayoq dunyo aholisining 90 foizi globallashuv jarayonlariga tortilgan.
“Globallashuv” iborasi birinchi marta 1983-yilda T. Levitt tomonidan qo’llangan. U “ko’pmillatli yirik korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozorlarining qo’shilib ketish hodisasini” globallashuv iborasi bilan ifodalagan22.
Globallashuv – baynalmilallashuvning eng yangi bosqichi bo’lib, unda dunyo xo’jaligi yagona iqtisodiy organizmga aylana boshladi. Mamlakatlararo tovar va xizmatlar, kapital va axborot oqimlarining, xalqaro miqyosda mehnat resurslari harakatchanligining keskin o’sib borishi globallashuvning xarakterli xususiyatlaridan biridir. Keyingi davrlarda ishlab chiqarishning milliy bozorlarga emas, ko’proq dunyo bozorlariga yo’naltirilganligi dunyo iqtisodiyoti globallashuvining hozirgi bosqichini harakatlantiruvchi kuchi bo’lib hisoblanadi23.
Globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga ta’siri masalalarini o’rganishda “iqtisodiy globallashuv” muammosiga ko’proq ahamiyat berish kerak bo’ladi.
Transmilliy korporatsiyalarning o’sib borishi, ya’ni ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, xalqaro miqyoslarda pul ko’rinishidagi kapitalning turli shakllarda harakat qilishi “iqtisodiy globallashuv” tushunchasiga sifat jihatdan yangi mazmun baxsh etdi.
2 – jadval
Globallashuv jarayonlarining asosiy xususiyatlari




Rivojlangan
mamlakatlar

Rivojlanayotgan
va o’tish iqtisodiyoti
mamlakatlari

Barcha
mamlakatlar

1990-
1995

2000-
2005

1990-
1995

2000-
2005

1990-
2000

2000-
2011

Tovarlar savdosi (YAIMga
nisbatan %da)

30,1


38,4


35,7


49,9


30,9


40,5


Xizmatlar savdosi (YAIMga
nisbatan %da)

7,6


9,5


8,4


9,4


7,7


9,5


To’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalar (YAIMga

0,8


2,1


1,8


2,7


0,9


2,3





22 Г.Ф.Фейгин. Развитие национальных экономик в условиях глобализации: историко-экономический аспект. / Известия Санкт-Петербургского университета. №2, 2009, с.14
23 Международня экономика: теория и практика. Учебник для вузов. – СПб. Питер, 2008. с. 15

nisbatan %da)



















Mobil telefonlardan
foydalanuvchilar (aholi sonidagi ulushi, %)

3,8


67,6


0,1


19,5


0,9


29,8


Internetdan foydalanuvchilar
(aholi sonidagi ulushi, %)

0,7


41,0


0,01


4,9


0,1


9,1


Migrantlar tomonidan
o’tkazilgan mablag’lar hajmi (YAIMga nisbatan %da)

-


-


118


165


-


-


Manba: K.YUdaeva, ye.YAsin. Strategiya–2050: Spravitsya li Rossiya s
vыzovami globalizatsii? // Voprosы ekonomiki. №5, 2008. s.8.


Ayni paytda “Jahon bozori, xalqaro xo’jalik munosabatlari va institutlari milliy xo’jalik tizimlarining oddiy davomi, ularning yig’indisi emas, balki ulardan tubdan farq qiluvchi tashkiliy tuzilma bo’lib hisoblanadi”24.
Iqtisodiy globallashuv bir qator xususiyatlarga ega:
birinchidan, keyingi yillarda dunyoda sodir bo’lgan siyosiy o’zgarishlar natijasida jahon xo’jaligining universallashuvi, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan iqtisodiy makonning kengayishi.
Iqtisodiy globallashuvning ikkinchi hususiyati – kapital harakatining erkinlashuvi hamda moliya tizimlari va valyuta nazoratini tartibga solishning qiyinlashuvi. Ushbu jarayonlarning ta’siri natijasida xalqaro savdo hajmlari, mamlakatlar o’rtasida moliyaviy va sarmoya oqimlari bir necha barobar oshib bormoqda.
Globallashuv jarayonining uchinchi xarakterli xususiyati – milliy xo’jaliklarning iqtisodiy jihatdan ochiqligining ortib borishi. Milliy iqtisodiyotlarning ochiqligini, masalan, tashqi savdo kvotasi bilan o’lchanadigan bo’lsa, XX asrning o’rtalarida bu ko’rsatkich o’rtacha 16 %ga teng bo’lgan bo’lsa, 2004- yilda 36 foizga yetdi, 2006- yilda esa 49 foizdan oshib ketdi25.
Bunday holat dunyoda iste’mol qilinayotgan tovar va xizmatlarning o’rta hisobda deyarli yarmi to’la yoki qisman ular iste’mol qilinayotgan mamlakatlardan tashqarida ishlab chiqarilishini ko’rsatadi.
Globallashuvning to’rtinchi hususiyati uning ishsizlikka va mamlakatlarning ish bilan bandlikning barqaror yuqori darajasini ta’minlash qobiliyatiga ta’siri bilan bog’liqdir. Hozirgi kunda ilm talab qiladigan va yuqori texnologiyali tarmoqlar yuqori malakali, lekin kam miqdorda ishchi kuchi talab etadi. Keyingi yillarda mehnat, material va energiya talab etadigan tarmoqlarda band bo’lgan past va o’rtacha malakaga ega bo’lgan xodimlar soni qisqarib bormoqda. Ularning bir qismi xizmat ko’rsatish sektorlariga o’tmoqda, lekin katta qismi ishsizlar qatoridan joy olmoqda.
Beshinchi xususiyati – iqtisodiy jarayonlarning global muammolar, jumladan, resurslarning cheklanganligi, demografik vaziyatning va oziq-ovqat muammolarining





24 Богомолов О.Т. Анатомия глобальной экономики. –М.: 2004-с
25 Международная экономика: теория и практика: Учебник для вузов:- СПб. Питер. 2008,с.18


keskinlashuvi, rivojlangan mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi texnologik va intellektual salohiyatdagi tafovutning chuqurlashuvi, daromadlar bo’yicha differensiatsiyaning kuchayishi, ekologik muammolarning keskinlashuvi bilan bog’liqligidir.
Globallashuv tarafdorlari ushbu jarayonda ishtirok etadigan barcha mamlakatlar undan foyda ko’radi, degan fikrni bildiradilar. Lekin real hayotda global munosabatlarning ustunliklaridan asosan rivojlangan mamlakatlar manfaat ko’rmoqdalar, degan fikrlar ham mavjud.
Globallashuv ma’lum ma’noda iqtisodiyotning qutblashuvini kuchaytiradi. Mashhur venger iqtisodchisi M.SHimaining hisob-kitoblariga ko’ra, 1995 yilda jahon YAIMning 80 foizi dunyo aholisining 14,5 foizi yashaydigan 24 mamlakat tomonidan, 15 foizi dunyo aholisining 31,5 foizi to’g’ri keladigan 63 mamlakat tomonidan o’zlashtirilgan. Jahon YAIMning bor yo’g’i 5 foizi dunyo aholisining yarmidan ko’pi, ya’ni 55,5 foizi istiqomat qiladigan 45 mamlakat tomonidan o’zlashtirilgan26.
2005-yilda dunyo bo’yicha olingan daromadning bor yo’g’i 39 foizi dunyo aholisining 84 foizi yashaydigan jon boshiga eng past va o’rtacha daromadli mamlakatlar ulushiga to’g’ri kelgan.
MDH hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotning bor-yo’g’i 4,1% to’g’ri keladi, yeI mamlakatlarining ulushi esa 24%ni tashkil etadi27.
3-jadval Butun dunyoda yaratilgan daromadning mamlakatlarning alohida guruhlari
o’rtasida taqsimlanishi, %*

Mamlakatlar guruhlari

Dunyo daromadidagi
ulushi

Dunyo aholisi
sonidagi ulushi

Jon boshiga eng past daromadli
mamlakatlar

7

36

Jon boshiga o’rtacha daromadli
mamlakatlar

32

48

Jon boshiga eng yuqori
daromadli mamlakatlar

61

16

*Manba: YU.Ivanov. O globalnom mejdunarodnom sopostavlenii VVP po 146 stranam mira. / Voprosы ekonomiki. №5, 2008, s.22.




Globallashuv sharoitida mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligi – ko’p qirrali tushuncha bo’lib, hozircha uning yagona talqini qabul qilinmagan. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalar jadallik bilan chuqurlashib, milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash nafaqat mamlakat darajasida, balki mintaqa darajasida ham eng muhim masalalardan biriga aylanib boradi.





26 Intеrnеt ma'lumotlari
27 Иванов Ю. О глобальном международном сопоставлении ВВП по 146 странам мира. / Вопросы экономики,
№5, 2008, с. 29
Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ularni bashorat qilish va bartaraf etish qiyinlashib boradi. Bir paytning o’zida ham dunyo hamjamiyatiga, ham alohida olingan konkret mamlakatga tahdid soladigan yangi global xavf-xatarlar vujudga keladi.
Globallashuv jarayoniga umumiy nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ushbu jarayon O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning iborasi bilan aytganda, “mutlaqo yangicha ma’no – mazmundagi xo’jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda”28.
SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini keng xalqaro hamkorliksiz ta’minlash mumkin emas. CHunki yuzaga kelayotgan muammolarni faqat milliy vosita va mexanizmlar yordamida hal etib bo’lmaydi. SHu bois “milliy iqtisodiy xavfsizlik” va “xalqaro iqtisodiy xavfsizlik” kabi tushunchalar o’rtasida aloqadorlik kuchayib bormoqda. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti sifatida qaraladi.
Globallashuv mamlakatlar iqtisodiyotini tashqi omillar ta’siriga ochiq qilib qo’yadi. Masalan, XX asr 70– yillarining o’rtalarida OPEK a’zolarining xatti- harakatlari natijasida neft mahsulotlariga jahon narxlari oshib ketdi. Jahon miqyosida energiya iste’molining muntazam o’sib borganligi va energiya resurslarining cheklanganligi sharoitida ko’p mamlakatlar oldida energetika xavfsizligini ta’minlash muammosi dolzarb bo’lib qoldi.
XX asr 70 – yillarining boshlarida Bretton – Vud xalqaro valyuta tizimining
parokandalikka yuz tutganligi va 1976–yilda YAmayka kelishuvlari asosida “suzuvchi” valyuta kurslariga o’tilganligi, rivojlangan mamlakatlar tomonidan kapital harakatlari ustidan nazoratni sekin–asta susaytirilganligidan dalolat beradi.
Keyinchalik o’tgan asrning 80 – 90 – yillarida Lotin Amerikasi va Janubi- sharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarida sodir bo’lgan va jahon moliya bozorlarida halokatga olib kelgan inqirozlar natijasida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyati paydo bo’ldi.
Yer yuzi aholisi sonining ko’payib borishi, buning natijasida xom ashyo va mahsulotlarga bo’lgan talabning oshishi va oqibatda chiqindilarning katta miqdorda to’planib borishi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsata boshladi. Bu jarayonlar global xarakterga ega bo’lganligi bois, dunyo miqyosida tahdidga aylanib, ekologik xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqardi.
2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyoning deyarli barcha mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi tahdidlarni keltirib chiqardi. Inqiroz AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tanglik natijasida kelib chiqdi. Keyinchalik uning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning to’lov qobiliyati zaiflashib qolganligi oqibatida moliyaviy inqirozga aylanib ketdi.





28 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент. “Маънавият”, 2009, 111-бет.
Inqiroz ta’sirida yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketdi. Bu esa dunyoning ko’plab mamlakatlarida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayib ketishiga olib keldi. Natijada iqtisodiy o’sish sur’atlari sekinlashib, buning oqibatida ishsizlik miqyoslari osha boshladi. Jarayonlarning bunday kechishi mamlakatlarning milliy va uning tarkibiy qismi bo’lgan iqtisodiy xavfsizligiga o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin