Globallashuv iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan postindustrial bosqichiga o’tish davrining mahsuli bo’lib hisoblanadi. Globallashuv jahon hamjamiyatining bugungi kundagi taraqqiyoti bosqichini ifodalovchi jarayondir.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalar jadallik bilan chuqurlashib, milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash nafaqat mamlakat darajasida, balki mintaqa darajasida ham eng muhim masalalardan biriga aylanib boradi.
Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ularni bartaraf etish va prognozlash qiyinlashib boradi. Bir paytning o’zida ham dunyo hamjamiyatiga, ham alohida olingan konkret mamlakatga tahdid soladigan yangi global xavf- xatarlar vujudga keladi.
Nazorat savollari
Globallashuv deganda nimani tushunasiz?
Qanday omillar ta’sirida globallashuv jarayonlari kuchayib bormoqda? 3.“Iqtisodiy globallashuv”ning xususiyatlari nimalardan iborat?
Globallashuv jarayonlari mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga qanday ta’sir
ko’rsatadi?
Globallashuv sharoitida qanday qilib iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash kerak bo’ladi?
Foydalaniladigan adabiyotlar
Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2009
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni barataf etishning yo’llari va choralari. T.: “O’zbekiston” , 2009