Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə39/43
tarix20.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#145619
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
2iqtisodiy xavfsizlik

Qisqacha xulosalar





84 Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО»,
«ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.45
Korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko’rsatish ifodasi bo’lib, uning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilishiga olib keladi, jamiyatning ma’naviy- ahloqiy asoslarini yemiradi.


Nazorat savollari





  1. Respublika Prezidenti I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida keltirilgan korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidlarni aytib bering.

  2. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda qanday tamoyillarga asoslanildi?



Asosiy adabiyotlar





  1. 1. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997

  2. 2. Vechkanov G.S. ekonomicheskaya bezopasnost: Uchebnik dlya vuzov. – SPb. Piter 2007.

  3. 3. Grigorev L., M.Ovchinnikov. Korruptsiya kak prepyatstvie modernizatsii (institutsionalnыy podxod) // Voprosы ekonomiki. №2, 2008, s.44 – 59

  4. 4. Gureev S. CHto izvestno o korruptsii v Rossii i mojno li s ney borotsya?

//Voprosы ekonomiki. №1, 2007, s.11 – 18

  1. 5. Popov YU.N., Tarasov M.E. Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo xozyaystva . «DELO», «EKONOMIKA». M., 2005, s.33



    1. mavzu. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning qonuniy


va me’yoriy asoslari
2003-yilning 31-dekabrida Avstriyaning Vena shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi tomonidan BMTning korrupsiyaga qarshi Xalqaro konvensiyasi ma’qullandi. 2008-yilning 7-iyulida O’zbekiston Respublikasining “Birlashgan millatlar tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur konvensiyaning maqsadlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
birinchidan, korrupsiyani oldini olishda va unga qarshi kurashishning yanada samraliroq va amaliyroq choralarini kuchaytirish va qabul qilishda hamjihatlik;
ikkinchidan, korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bilan birgalikda aktivlarni qaytarish choralarini ko’rishda xalqaro hamkorlik va texnik yordamlarni qo’llab-quvvatlash, yengillashtirish va rag’batlantirish;
uchinchidan, ommaviy ishlar va ommaviy mulkni boshharishda halollik, beg’arazlik va mas’uliyatni rag’batlantirish.
Bundan tashqari, respublikada boshqa bir qator hujjatlar ham qabul qilindiki, hozirda ularda belgilangan qoidalarga amal qilib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-sonli qarorida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi Nizomga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asosiy vazifalari belgilandi:

  • respublika ichki ishlar organlari ishining strategik yo’nalishlarini belgilash;

  • ichki ishlar organlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uni muvofiqlashtirish, ularga tashkiliy-metodik yordam berish va ular faoliyatining samaradorligini ta’minlash;

  • ichki ishlar organlari, ichki ishlar vazirligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tizimining faoliyatida qonuniylikni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

  • ichki qo’shinlarning jangovar va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash;

  • jamoat xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash ishlarini tashkil etish;

  • fan va texnika yutuqlarini, ijobiy tajribani, boshharuvning progressiv shakllari va ish usullarini joriy etish;

  • ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini ishlab chiqish;

  • ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlashning yuqori saviyada bo’lishini ta’minlash;

  • ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy kafolatlashni ta’minlash;

  • uyushgan jinoyatchilik va poraxo’rlikka (korrupsiya) qarshi kurash ishlarini ta’minlash.

O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 746-XII sonli Prokuratura to’g’risidagi qonunining 46-moddasida Prokuratura organlari ichki xavfsizligini ta’minlovchi inspeksiya tuzilishi ta’kidlangan.
Prokuratura organlari ichki xavfsizligini ta’minlovchi inspeksiya prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojo’ya xatti-harakatlar to’g’risidagi ma’lumotlar bo’yicha xizmat tekshiruvini o’tkazadi.
Prokuratura organlari ichki xavfsizligini ta’minlovchi inspeksiya o’z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi “Xususiy mulk va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga muvofiq bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida uyushgan jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish, reket va poraxo’rlik hollariga barham berish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tuzilmalarida korrupsiya, reket va terrorchilikka qarshi kurash boshqarmalari tashkil etish belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-martdagi “1997- yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari, iqtisodiy isloxotlarning borishini
baholash va 1998 yilda iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi qarorida 1998 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri etib korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish belgilangan. Mazkur qarorning 12–bandida O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo’mitasi, Davlat soliq qo’mitasi hamda Oliy sudi korrupsiyaga, uyushgan jinoyatchilikka va boshqa salbiy hodisalarga qarshi kurashishni kuchaytirish to’g’risidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi yuzasidan ta’sirchan va qattiq chora-tadbirlar ko’rish, ushbu ishni respublika huquqni muhofaza qilish barcha organlarining ustuvor vazifalari deb hisoblash, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini attestatsiyadan o’tkazishni amaliyotga joriy etish vazifasi belgilangan. Ushbu maqsadlarda prokuratura, militsiya, adliya, bojxona va soliq qo’mitalari tizimlarida kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish va ko’rsatib o’tilgan organlar xodimlari safining tozaligiga rioya etish bo’yicha maxsus inspeksiyalar tashkil qilish ko’zda tutilgan edi. Bundan tashhari, O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasiga boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda korrupsiyaga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari Dasturlarini ishlab chiqish topshirilgan edi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-maydagi 180- sonli qarorida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizomning 8.9-bandiga muvofiq, o’z xavfsizligini, rejimni ta’minlash va davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya hollarining oldini olish uchun:

  • soliq organlari mansabdor shaxslari tomonidan harazli maqsadlarda soliq to’lovchilarga nisbatan g’ayriqonuniy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hollarni aniqlaydi va ularga barham beradi;

  • soliq organlarida korrupsiya hollarini aniqlashga, ularning oldini olish va ularga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;

  • soliq organlarida korrupsiya hollari to’g’risidagi axborotni umumlashtiradi va tahlil qiladi, profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

  • soliq organlari tizimida korrupsiya rivojlanishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’radi;

  • soliq organlari xodimlari xizmat vazifalarini bajarayotganda ularni noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  • davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq haqidagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qiladi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq soliq to’lovchi to’g’risidagi ma’lumotlarning sir saqlanishiga rioya etish ishlarini tashkil etishlari ko’rsatiladi.

2006-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tashkil etildi. Ushbu departament to’g’risidagi Nizomda Departamentning asosiy
vazifalari etib quyidagilar belgilangan: davlat soliq siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq to’lovchilarning qamrab olinishi va hisobini to’liqligini ta’minlash, soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlash, qochish mumkin bo’lgan kanallari va mexanizmlarini, "xufiyona" iqtisodiyotning shakllanishi yo’llarini, korrupsiya holatlarini o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish.
Respublikada korrupsiyani oldini olish borasida ko’rilgan samarali chora – tadbirlar natijasida juda ko’p qonunbuzarliklarning oldi olindi va davlat hamda jamiyat manfaatlari himoya qilindi.
O’zbekiston Milliy axborot agentligining ma’lumotlariga ko’ra, 2003-yilda O’zbekistonda soliq va valyuta qonunchiligini buzish faktlari yuzasidan 12 mingdan ziyod ma’muriy ish qo’zg’atilgan. Tezkor tadbirlar o’tkazish natijasida 200 dan ortiq soxta firmalar faoliyati ochib tashlandi, ular 100 mlrd. so’mdan ziyod tovar aylanishini yashirganliklari aniqlandi. Mamlakatga noqonuniy yo’l bilan tovar keltirish va uni ichki bozorda sotish bilan bog’liq 4 mingdan ko’proq qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Qonunbuzarlarga qarashli 4,14 mlrd. so’mlik tovar-moddiy boyliklar musodara etildi. Bundan tashqari, mingga yaqin davlat ro’yxatidan o’tmagan yashirin sexlar faoliyati tugatildi.
SHunday qilib, O’zbekistonda mustaqillik yillarida korrupsiyaga va xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurash uchun asos bo’lib xizmat qiladigan qonuniy va me’yoriy baza yaratildi va qonuniy hujjatlarning barchasi xalqaro me’yorlarga moslashtirildi. Bu o’z navbatida o’tish davrida korrupsiya va xufiyona iqtisodiyotning miqyoslarini oldini olish imkonini berdi. Bu esa mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni qaror topishi va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratdi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin