Raqobat bozor xo’jaligining eng muhim xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasida raqobat yangi raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish yo’li bilan o’z salohiyati va imkoniyatlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratadi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan sharoitlarda esa xalqaro raqobat muammolari birinchi o’ringa chiqib boradi.
35 Karimov I.AO’zbеkistonnning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. Xalq so’zi, 2007, 31 avgust
Raqobatdoshlik – iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning eng muhim mexanizmi bo’lib, iqtisodiy xavfsizlik va raqobatdoshlik doimo o’zaro munosabatda bo’lib turadi. Iqtisodiy xavfsizlik ham, raqobatdoshlik ham milliy xo’jalik majmuasi va uning tarkibiy qismlarini tavsiflovchilaridir.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash, uni diversifikatsiya qilish va raqobatdoshligini oshirish mamlakat iqtisodiyotini uning tahdidlaridan himoya qiluvchi muhim omillardan bo’lib hisoblanadi.
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni. Xalq so’zi, 2010-yil, 27-fevral