Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz muhandislik-texnologiya inistituti «YO‘l muhandislik»


Qoplamalarni havo kemalari ta’siriga chidamliligi bo‘yicha tasniflanishi



Yüklə 21,21 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü21,21 Kb.
#210379
1   2
Ma\'ruza №6.1

Qoplamalarni havo kemalari ta’siriga chidamliligi bo‘yicha tasniflanishi.
  • Aerodrom qoplamalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
  • a) HK lari g‘ildiraklaridan yuk tushganda qoplamaning ishlash xarakteri bo‘yicha; b) xizmat muddati va mukammallik darajasi bo‘yicha.
  • Birinchisini yana ikki guruhga ajratish mumkin: bikir , nobikir. Bikir qoplama HK lari og‘irligi va tabiiy omillar ta’sirida cho‘ziltiruvchi kuchlanishlarni qabul qila oladi. Ustiga yuk tushgan qoplama elastik asosga ega bo‘lgan plita kabi ishlaydi; qoplamaning deformatsiyasi, odatda, elastik, plitaning gruntga bosimi kam. Qoplama o‘ziga tushgan yukni katta joyga tarqatadi, ya’ni ezilib botadigan joy diametri katta, ezilish balandligi juda kichkina bo‘ladi. Bikir qoplamalarga quyidagilar kiradi: oldindan kuchlantirilgan monolit beton va temir beton, oldindan kuchlantirilgan temir beton plitalar yig‘masi, monolit temir beton, beton va armobeton qoplamalar.
  • Nobikir qoplamalar cho‘zuvchi kuchlarni yaxshi qabul qilmaydi. Yuklarga qarshilik qilishi tagidagi gruntning siqilishi va yon tomondan sitilib chiqish darajalariga bog‘liq. Yuk ostida ezilish balandligi katta, botadigan joy diametri kichikroq bo‘ladi.
    • Qoplamaning instruktiv qatlamlari. 1-qoplama, 2-asos, 3-gruntli asos
    • Bahorgi va kuzgi toshqinlar davrida gruntga tushadigan bosim ko‘payadi, qoplamaning deformatsiyasi elastik-plastik xarakterga ega bo‘ladi. Nobikir qoplamalarga quyidagilar kiradi: asfaltbeton, chaqiq toshli va yopishqoq modda bilan ishlov berilgan boshqa mustahkam material; yopishqoq modda aralashtirilgan grunt vaa chaqiq toshli, grunt va mayda toshli va gruntli.
    • Sun’iy qoplamalar o‘zining xizmat muddati va mukammallik darajasiga qarab kapital va engillashtirilgan turlarga bo‘linadi. Kapital qoplamalar uzoqqa uchadigan HK lari uchun mo‘ljallanadi. Ularda ko‘tarilish – qo‘nish amallari ko‘p bo‘ladi va uzoq muddat xizmat qiladi. Hamma bikir va asfaltbeton qoplamalar kapital turga kiradi. O‘rtacha HK lari ekspluatatsiya qilinadigan aerodromlarda engillashtirilgan qoplama quriladi. Bunga saralangan va organik bog‘lovchi materiallar qo‘shilgan mustahkam chaqiq toshlardan qurilgan qoplamalar, xuddi shunday ishlov berilgan chaqiq tosh va mayda tishli qoplamalar, organik va noorganik materiallar qo‘shilgan, gruntli va mahalliy mineral materiallardan qurilgan qoplamalar kiradi.
    • Kapital qoplamalar hamma yo‘l-iqlim zonalarda, gidrogeologik sharoitlari I va II tur bo‘lgan uchastkalarda quriladi; III tur sharoitda qurilmaydi; zarurat tug‘ilib qolsa, II turga yaqinlashtirish uchun qator ishlar qilinadi: quritish, er osti suvlar sathini pasaytirish. Ko‘tarmalar qilish kabi.
    • Qoplama yuzasini er osti suvlari sathidan ko‘tarish kami bilan ko‘rsatilgandek bo‘lishi kerak. Shunda yer osti suvlari kapillyarlardan chiqib, qoplama asosini namlashi ancha kamayadi.
    • Qoplamalarning yuk ostida ishlash sxemasi.
    • a – bikir; b – nobikir.
    • Beton qoplamalar bir va ikki qatlamli bo‘ladi. Bir qatlamli qoplamalarning eng katta qalinligi beton yotqizish mashinalarining texnik imkoniyati va qabul qilingan qurilish texnologiyasidan kelib chiqadi. SHundan ham qalin qoplama yotqizish zarur bo‘lsa, ikki qatlamli qilinadi.
    • Ikki qatlamli qoplamaning tagidagisiga oriq beton, qumbeton, shlakbeton yoki keramzitbeton ishlatiladi. Shlakbeton va keramzitbetonning termoizolyasiya xususiyati yaxshi, shuning uchun ularni grunti ko‘pchiydigan joylarda, erning muzlash chuqurligini kamaytirish uchun qo‘llanadi. Ikki qatlamli qoplamaning yuqorisini bir qatlamli qoplamadagi singari qilinadi. Pastki va yuqori qatlam plitalari orasiga polimer yoki rulon materialdan ajratib turuvchi qatlam yotqiziladi, u ham ikki qatlam bo‘ladi yoki buning o‘rniga 0,5...1,0 sm qalinlikda qum bitum qatlam yotqiziladi. Pastki qatlam ostida sun’iy asos barpo qilinadi. Ikki qatlamli beton qoplama qurish qamroq mustahkamlikka ega bo‘lgan mahalliy materiallari (oriq beton, qum sement va b.) bor rayonlarda samarali.
    • Beton qoplama ichki zo‘riqishlar tufayli yorilib ketmasligi uchun bir qatlamli bo‘lganda yoki ikki qatlamning yuqorisini tomonlari 1:1dan 1:1,5 gacha nisbatli to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida loyihalanadi. Plitaning tomoni ko‘pi bilan 5 m (qalinligi 0,3 m gacha bo‘lsa)dan ortmasligi kerak; qalinligi 0,3 m dan ortiq bo‘lsa – 7...7,5 m. pastki qatlam plitasining tomoni 10m gacha bo‘lishi mumkin.
    • Beton qoplamalar SUQM, RY, TJ, perron va boshqa uchastkalar bilan tutashgan joylarda nostandart plitalar qilinadi. Ularning eng kichik tomoni 2,5...3,0 m bo‘lishi kerak, aks holda plitaga tez-tez yuk tushganda turg‘unligi yo‘qoladi.
    • To‘g‘ri burchakli standart plitalar beton qoplamani ko‘ndalang va bo‘ylama choklar siqilish choki)ga ajratib hosil qilinadi. Amalda ko‘p chok hosil bo‘ladi, bu - uning kamchiligi, chunki choklar emirilish boshlanadigan joy bo‘ladi.
    • Beton qoplamalardagi siqilish choklari tirqishsiz qilinadi. Tirqish keyin, plitalar siqilganda hosil bo‘ladi. Siqilish choki perron, rulon materialdan yupqa qistirmali bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha, soxta chok ko‘rinishda bo‘ladi, buning uchun plitani tepasidan ¼ qalinlikkacha qirqiladi. Plitada ichki zo‘riqish hosil bo‘lganda shu joyidan darz ketadi va soxta chok rostakam siqilish chokiga aylanib qoladi. Choklar orasidagi masofa plita o‘lchamlariga bog‘liq, 5,0...7,5 m dan ortiq bo‘lmaydi.
    • Kengayish choklari tirqishli qilinadi. Choklar orasidagi masofa qancha katta bo‘lsa, chok ham shuncha keng bo‘ladi. Kengayish choki siqilish choki vazifasini bajarishi mumkin, lekin aksincha bo‘lmaydi. Ikkala xil chok suv o‘tkazmasligi kerak. Qoplamani ekspluatatsiya qilish jarayonida choklarning eni doim o‘zgarib turadi; uni suv o‘tkazmaydigan material bilan yopib turiladi. Bunday material sifatida polimer zichlagich, elastik qistirma, izol mastikasi va rezinobitumli bog‘lovchi material ishlatiladi. Beton qoplamalarda plitalarning tutash joylari shtir yoki shpunt ko‘rinishida qilinadi.
    • Shtirli birikmada bir plitadagi kuch boshqa plitaga metall shtir orqali o‘tadi. Bunday birikma ko‘ndalang va bo‘ylama choklarda ishlatiladi. Shtirlar A.1 klass dumaloq, silliq po‘latdan ishlatiladi, diametri 20...40 mm, uzunligi 40...50 sm bo‘ladi). Shtirlar qoplamaning yuzasiga, unga parallel va chokka perpendikulyar qilib, har 30...50 sm masofaga qo‘yiladi. Kengayish choklaridagi shtirning bir uchi plitaga mahkam birlashtirib yuboriladi, ikkinchi uchi, qo‘shni plitada erkin turadi, ya’ni beton bilan yaxlit qotib ketmaydi. Buning uchun o‘sha uchiga karton, tol yoki tunukadan qalpoqcha kiygiziladi, plitaning o‘lchami kengaysa yo toraysa, shtir qo‘zg‘almay turaveradi. Qalpoqcha ichidagi bo‘sh joyga yog‘och yoki namat tiqin qo‘yiladi, plita kengayganda u siqiladi. Plitalar orasiga yumshoq yog‘ochdan tayyorlab, chirimaydigan ishlov berilgan taxta qo‘yiladi, qalinligi plita qalinligidan 4 sm kichik bo‘lishi kerak. Chokning yuqori qismiga bitum qo‘yiladi. Soxta chok shaklidagi ko‘ndalang, siqilish chokida shtirning bor bo‘yi bitum bilan qoplanadi va betonga muftasiz va taxtasiz qo‘yib yuboriladi.
    • Plitaning yuqori qismidagi ariqchaga plita qalinligining ¼ qismicha bitum qo‘yiladi. Shtirlarning loyiha xolatini ta’minlash uchun ularni yagona konstruksiya sifatida yig‘ib, tayyorlab o‘rnatish joyiga keltiriladi.
    • Bikir qoplamalarning ishi asosan bukilishga xizmat qiladi, ya’ni cho‘zuvchi kuchlarga qarshilik qilish xususiyatiga ega. Betonning cho‘zilishiga qarshi mustahkamlik chegarasi siqishdagiga qaraganda ancha kam, shuning uchun qoplamaning beton plitalari ancha qalin va rejada kichik o‘lchamli bo‘ladi. Bu kamchilikni tuzatish uchun beton ichiga po‘lat armaturalar qo‘yiladiki, ular cho‘zuvchi kuchlanishni qabul qiladi. U beton qoplamaning cho‘zilgan zonasiga qo‘yiladi.
    • Temirbeton qoplamaga HK dan yuk tushganda va tabiiy omillar ta’sir etganda, cho‘zilgan zonasida darzlar paydo bo‘ladi. U yerda cho‘zuvchi kuchlarni armatura, siquvchi kuchlarni – beton qabul qiladi. Darzdan ko‘ndalang o‘tgan armatura, u kengayib va chuqurlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Beton qoplamaning cho‘zuvchi kuchlar eng katta joylariga armatura qo‘yiladi. Betonning armatura bilan to‘lish darajasi foiz bilan o‘chanadi; μ=G‘a/G‘n 100. Bu yerda G‘a - armaturaning ko‘ndalang kesimi yuzasi; G‘n – plita ko‘ndalang kesimi yuzasi; foydali kesim balandligi ho, eni – v, μ ning optimal qiymati 0,25-0,40%. Shunda plitaning siqiladigan joylari ham, cho‘ziladigan joylari ham eng samarali ishlaydi.
    • Temirbeton qoplamalarda ham beton qoplama singari rejada bo‘ylama va ko‘ndalang choklar qilib, to‘rtburchak plitalar hosil qilinadi. Plitalar uzunligi, ya’ni ko‘ndalang choklar orasi 20 m olinadi. Siqilishga ishlaydigan bo‘ylama choklar texnologik choklar bilan ustma-ust tushadi; bu choklar orasidagi masofa beton qazish mashinasining eni 7...7,5 m ga teng bo‘ladi. Bir xil yuklamalar uchun temirbeton plitaning qalinligi beton plitanikiga qaraganda 15...25% kam, lekin po‘lat sarfi 12...22 kg/m2 gacha yetadi.
    • Temirbeton qoplamalarga diametri 12...18 mm, A-II klass profilli armaturadan nuqtali payvandlash usuli bilan yasalgan to‘r yoki sing ishlatiladi.
    • Armatura, plitaga tushadigan bukuvchi momentlarga muvofiq holda, plita kesimining yuqorisi va pastki qismlariga, ko‘ndalang va bo‘ylama qilib joylashtiriladi.
    • Armaturalar plitalarning cheti bo‘ylab yuqorida va pastki qismida va plita markaziy qismining pastki zonasida eng ko‘p joylashtiriladi. Plita markaziy qismining markazi va chetlarining ko‘ndalangida armaturalar kam quyiladi.
    • Armaturaning zaruriy yuzasi va sterjenlar diametriga qarab, sterjenlar orasidagi masofa 10...30 sm olinadi, bu beton yotqizishda qulaylik yaratadi. Konstruksiyani ishlab chiqishda turli diametrli sterjenlardan eng kam miqdorda ishlatish kerak. Po‘latni korroziyadan saqlash maqsadida himoyalovchi beton qatlam quriladi, qalinligi yuqori armatura uchun 4 sm dan, pastki uchun – 3 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Shunda armatura korroziyadan yaxshi saqlanadi.
    • Temirbeton qoplama choklarining tuzilishi
    • a - kengayish choki; b – siqilish choki; I – parron chok; II – shpuntli chok; III - soxta chok.
    • Plitalar uchun bir nechta alohida sinchlardan tuzilgan armatura ishlanadi. Sinch o‘lchamlari 7x7 m yoki 7,45x7,45 m (beton yotqizish mashinasining eni). Har bir sinch payvandlangan ikkita (pastki va yuqorigi) to‘r va montaj armaturasidan iborat; montaj armatura to‘rlarni loyiha holatda ushlab turadi. Sinch beton taglik ustiga qo‘yiladi; taglik himoya qatlam hosil qiladi (tagliklar montaj armaturasi joyiga qo‘yiladi).
    • Sinchning armatura to‘ri kontakli elektr payvand usuli bilan tayyorlanadi; to‘rning chekkadagi ikkita qatorida har bir tugun payvand qilinadi; qolgan tugunlar tugun oralab, shaxmat taxtasi tartibida payvandlanadi. Armatura butun plita bo‘yicha ishonchli ishlashi uchun alohida-alohida sinchlar bir-biriga bog‘lanadi. Sinchlarning uchi ustma-ust qo‘yib biriktiriladi. Ustma-ust joy uzunligi armatura diametridan 30 hissa ko‘p qilinadi. Sinchlar yotqizilgach, tutash joylardan sim bilan o‘raladi. Ustma-ust tutashtirishdan tashqari bo‘ylamasiga sterjen qo‘yib payvandlansa ham bo‘ladi. bunda ustma-ust tushgan joy uzunligi armatura diametridan 10 hissa ko‘p. Bo‘ylama sterjenni payvandlayotganda ustiga-ostiga plastina qo‘yib payvandlanadi. Uning qalinligi 4 mm dan kam bo‘lmasligi, umumiy holda sterjen diametrining 0,2 qismi barobarida. Bo‘ylama siqilish choklar shpuntli yoki parron qilinadi, ko‘ndalangi esa shtirli, parrak va soxta qilinadi (16.8-rasm). parron va soxta choklarning chetlari armatura sterjenlarini yaqin joylab kuchaytiriladi.
    • Temirbeton plita konstruksiyasi.
    • a – pastki va yuqorigi armatura rejasi; b – montaj armaturasi; v – beton taglik; g – sinchlarni joylash sxemasi; 1 – yuqori to‘r 1-V (bir plitaga ikkita); 2 – yuqori to‘r 2-V (bir plitaga uchta); 3 – pastki to‘r 2-R (bir plitaga uchta); 4 – pastki to‘r 1-N (bir plitaga ikkita); 5 va 6 – montaj armatura; 7 – beton qistirma; 8 – sinch; 9 – sinch 2.
    • Betonning cho‘zilishiga mustahkamligi juda kichik, uzilguncha cho‘zilish ham ancha kam. Bular betonning jiddiy kamchiliklari. Betonning uzilishdan emirilish onidagi cho‘zilishi taxminan 0,15 mm/m ga teng. Bunday cho‘zilishda armaturaning kuchayganligi 30 MPa ga etadi. SHu sababdan armatura o‘z mustahkamligini yo‘qotmay turiboq betonning cho‘ziladigan zonasida darzlar paydo bo‘ladi. SHunday bo‘lmasligi uchun, qoplama uzoq vaqt xizmat qilishi uchun oldindan kuchlantiriladi ( zo‘riqtiriladi).
    • Oldindan kuchlantirilgan monolit temirbeton qoplamalar cho‘zuvchi va bukuvchi kuchlarga yaxshi qarshilik qilishi tufayli darzlar paydo bo‘lishiga ham qarshilik qiladi. Bu, beton qoplamalarga qaraganda qalinlikni 1,5...2,0 marta kamaytirish, va oddiy temirbeton qoplamalarga qaraganda metall sarfini 2...3 marta kamaytirish imkonini beradi. Qoplamalarni katta o‘lchamli plitalardan qurish mumkin bo‘lgani uchun choklar sonini kamaytirib, ekspluatatsiya xususiyatlarini yaxshilash mumkin.
    • Avvaldan kuchaytirilgan qoplamalar yuqorida aytilgan afzalliklardan tashqari qator kamchiliklarga ham ega: texnologik uskunalar va ish jarayoni murakkab, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kuchaytirilgan choralar ko‘rish lozim. Bunday qoplamani monolit ko‘rinishda faqat to‘g‘ri chiziqli uchastkalarda qurish mumkin. Qoplamalarning egri chiziqli uchastkalari, RY va SUQM yoki TJ larning tutash joylari, tarnov qatorlari beton yoki temir betondan qilinadi.
    • Armaturani hamma tomonidan siqish turi, yotqizish usuli va taranglash davriyligiga qarab, qoplamalar quyidagi turlarga ajratiladi: beton qotgach armaturani taranglab; beton tashlanguncha armaturani taranglab; armaturasiz har tomondan siqish usuli bilan.
    • Nazorat savollari:
    • 1. Sun’iy qoplamalarga qo‘yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
    • 2. Sun’iy qoplama qanday qatlamlardan iborat?
    • 3. Aerodrom qoplamalari qanday turkumlanadi?
    • 4. Qoplama tuzulmasini tanlashda nimalarga e’tibor beriladi?
    • 5. Qattiq turdagi va qattiq bo‘lmagan turdagi qoplamalarga qanday materiallar kiradi?
    • E’TIBORINGGIZ
    • UCHUN RAXMAT

    Yüklə 21,21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin