Mavzu: Doimiy tok dvigatellari ulash sxemalari.
Reja:
1.Doimiy tok dvigatellari.
2.Doimiy tok dvigatellarini elektrmagnit momenti.
Doimiy tok dvigatellari DTD ko`plab avtomatika qurilmalarida, masalan alohida elektr energiya manbaiga ega radioelektron, optik, mexanik, shuningdek, portativ(ko`tarib yurishga qulay) apparatlarda ijro elementlari sifatida keng ishlatiladi. Bunday dvigatellar boshqa dvigatellarga qaraganda qator afzalliklarga ega: mexanik tavsiflarning chiziqliligi, yaxshi rostlash xususiyati, katta ishga tushirish momenti, yuqori darajada tez harakat qilishi, quvvat bo`yicha katta diapazonga va yaxshi massao`lchamiga egaligi.
Bunday dvigatellarning asosiy kamchiliklari bo`lib cho`tkali-kollektorli qurilmalarning mavjudligi, DTD xizmat qilish va DTD narx-navosining qimmatlashib borishi chegaralanganligi, shovqin manbai hisoblangan qo`shimcha yo`qotishlarga uchrashi va amalda agressiv va portlash xavfi bo`lgan muhit sharoitlarida DTD ishlatish imkoniyatidan mustasno qilinishi hisoblanadi.
DTD konstruktiv jihatdan stator va rotor yoki yakordan iborat. 1-rasm orqali mashinaning soda konstruksiyasi tushintiriladi.
Stator po`lat stanina 1, o`zaklar 2 va qo`zg’atuvchi cho`lg’amlar 3 dan tashkil topuvchi stator ichki bo`shlig’iga joylashgan bosh qutblardan iborat. Qutb o`zagining pastki qismida mashinaning havoli tirqishidagi magnit induksiyasining zaruriy taqsimlanishini ta’minlovchi qutb uchligi (nakonechnik) 4 mavjud. Stanina yon tomoniga podshipnikli shitlar qotirilgan bo`lib, ulardan biriga metallgrafitli cho`tkali 9 cho`tka tutqich mahkamlangan.
Rotor(yakor) o`zak 5, yakor cho`lgamlari 6, kollektor 7 va val 8 dan iborat. O`zak 5 dvigatel vali osti tirqishiga va yakor cho`lg’ami sim o`tkazgichlari joylashtirilgan pazlarga ega elektrotexnik po`latdan iborat shtamplangan listlardan yig’ilgan silindrdan tashkil topgan.
Kollektor 7- elektrik jihatdan bir-biridan va dvigatel validan izolyatsiyalangan trapetsiya ko`rinishli qirqimli mis plastinalardan yig’ilgan silindr.
Yakor cho`lg’ami o`zak 5 pazlaridagi o`ralgan va mahkamlangan sim o`tkazgichlarning yopiq tizimidan iborat. Cho`lg’am seksiyalar (g’altaklar) dan iborat, ularning kirishlari ikki kollektorli plastinalar bilan bog’langan.
DTD ning ishlash prinsipi qo`zg’atuvchi magnit maydonga ega yakor cho`lg’ami sim o`tkazgichlar tokining o`zaro ta’siriga asoslangan, uning ta’sirida yakor cho`lg’amining har bir sim o`tkazgichga elektromexanik kuch ta’sir qiladi, cho`lg’amning barcha faol sim o`tkazgichlariga ta’sir qiluvchi kuchlar yig’indisi mashinaning elektromagnit momentini ifodalaydi. Bizda doimiy magnit maydonida joylashgan tokli ramka bor bo`lsin
Magnit maydonda joylashgan har bir tokli sim o`tkazgichga elektromagnit kuch ta’sir qiladi:
Bu yerda l – faol sim o`tkazgich uzunligi, B – havo tirqishining tegishli nuqtasidagi indunkiya, i – sim o`tkazgichdagi tok. Ramkaning har bir tomoni cho`lg’amning parallel o`ramlari soni 2a dan iborat bo`lsin. Agar mashina cho`tkalari orqali yakor toki deb ataluvchi Iya tok o`qib o`tsa, u holda yakor cho`lg’amining har bir sim o`tkazgichi orqali quyidagicha ifodalangan tok oqib o`tadi:
2-rasm. DTD ishlash prinsipi.
Ramkaning N ta sim o`tkazgichiga ta’sir qiluvchi kuchlar yig’indisi mashinaning natijaviy elektromagnit momentini yuzaga keltiradi:
Ko`rib o`tilayotgan DTD da 2p qutblar mavjud bo`lsin ( ko`p hollarda mikromashinalarda 2p=2, ya’ni qutb juftlari soni p=1). Yakor aylanasi bo`yicha qo`shni qutblar o`tra oraliqlari orasidagi masofa qutbli bo`linmadeb ataladi:
, bu yerda d – ramka diametri. pd
Demak, l*r ko`paytmali yuzani qutbning magnit oqimi F kesib o`tsa, u holda ushbu oqim kattaligi quyidagicha aniqlanadi: F=Vsr*l*r.
Almashtirishdan so`ng quyidagini qo`lga kiritamiz:
yoki , я Ф 2 I a pN M я ФIСM м
Bu yerda bu – mashnaning elektromagnit konstruktiv doimiysi. a pN См 2
Shunday qilib, DTD ning elektromagnit momenti magnit oqimi F va mashina yakori toki Iya ga proporsionaldir. Rotor(yakor) aylanganda quyidagicha momentlar tenglik sharti bajariladi:
M=Myu+Myo`q+Md,
gde Myu – foyda yuklama momenti, Myo`q – yo`qotishlar momenti va
- dinamik moment. Statik holatda dinamik moment nolga teng, dvigatel tezlashganda noldan katta, to`xtash vaqtida esa noldan kichik bo`ladi. dt dJ д M