Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent – 2022



Yüklə 88,1 Kb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü88,1 Kb.
#184589
1   2   3   4   5   6
Жисмоний тарбия

Bilimlar

To‘g‘ri ovqatlanishning inson organizmiga ta’siri. Noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Inson mehnat faoliyatida gimnastikaning ahamiyati. Qizlar uchun gimnastika mashqlarining ahamiyati. Gimnastika bo‘yicha o‘zbek sportchilarining yutuqlari. Xalqaro va Milliy Olimpiya qo‘mitasining tashkil etilishi tarixi. Sportchilarimizning musobaqa o‘yinlaridagi ishtiroki. Uzoq davom etadigan yugurishda o‘zini o‘zi nazorat qilish usullari. Chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni mustaqil bajarish qoidalari.
Dasturdagi yugurish, sakrash va uloqtirish o‘quv mezonlari. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy nazoratdan o‘tkazish. Chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni mustaqil bajarish qoidalari. Mashqlarni bajarayotganda o‘z-o‘zini nazorat qilish va xavfsizlik qoidalari.
Sport o‘yinlarining texnik va taktik asoslari. Sport o‘yinlarida jarohatlanishni oldini olish. O‘zbekistonda sport o‘yinlarining rivojlanishi. O‘yinda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish. Sport va jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanuvchining vazni. O‘quvchilarni hayotga va mehnat faoliyatiga tayyorlash.
Futbol o‘yini, o‘yinchilarning tartib va intizomini buzmasliklari qoidalari. Jarima va erkin to‘p tepish. Futbol taktikasi (“standart” holatda bajariladigan kombinatsiyalar). O‘yin qoidalari asosida hakamlik qilish. Kurash usullari bo‘yicha mashqlarni bajarish. Kurash sport turida rivojlanadigan jismoniy sifatlar. Kurash musobaqalarining turlari, jarohatlanganda va




shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Inson salomatligini yaxshilashda suzishning ahamiyati. Suzishda asosiy qoidalarga amal qilish. Gigiyenik talablar.
Reproduktiv yoshdagi aholi salomatligini saqlash to’g’risidagi qonunlar. O’pkaning tiriklik sig’mi haqida tushuncha Qizlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishi. Sport turlari bo’yicha O‘zbek sportchilarining yutuqlari. Dasturdagi yugurish, sakrash va uloqtirish o‘quv mezonlarini egallash. Jismoniy mashg‘ulotlarni organizmning asosiy sistemalariga ta’siri. Ish qobiliyatini oshirishda jismoniy mashqlarni ahamiyati. Granata uloqtirishda havfsizlik qoidalari.
Sport o‘yinlarida jamoaviy gigiyena talablariga amal qilish. Sport va jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanuvchining vazni va bo‘yining mosligi. (antropometriya). Sport o‘yinlarida o‘yin qoidalarini buzgan hollarda qo‘llaniladigan jarimalar. Sport qoidalari asosida hakamlik qilish.
Kurash musobaqalari qoidalariga amal qilish.
Qurbaqacha suzish.

Ko’nikmalar

oʼquvchilarning organizmlari, sogʼligʼini mustahkamlash, har tomonlama jismonan tarbiyalashga qaratiladi:

  • Sogʼlomlashtiruvchi mashqlarni kundalik hayotida qoʼllayolish;

  • Jismoniy mashqlarni ketma-ketlikda toʼgʼri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish;

  • Sport asbob-anjomlaridan foydalanishning xavfsiz usullarini oʼrgatish;

  • Sogʼlom turmush tarziga amal qilish va uni keng jamoatchilik oʼrtasida targʼib yetish;

  • Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini kerakligicha taʼminlash;

  • Jismoniy sifatlarni rivojlantirish;

  • Organizmni chiniqtirish;

Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat.


Yüklə 88,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin