13 -jadval Yaponiyada korxonalar uchun korporatsiya solig`ining tabaqalashgan
stavkalari31
№
Korxonalar
Soliqstavkasi
1
100,0 mln
yendan kam miqdordagi ustav jamg`armasiga ega yuridik shaxslar
Yillik daromad qismi 8,0 mlndan kam
22%
Yillik daromad qismi 8,0 mlndan ortiq
30%
2
100,0 mln yendan ortiq miqdordagi ustav jamg`armasiga ega yuridik shaxslar
30%
3
Jamoat tashkilotlari
22%
Rossiyada kichik biznes sub`ektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimi 2003 yil 1 yanvardan boshlab qo`llanila boshlangan. Korxonalar va tadbirkorlar faoliyati ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan uchta asosiy mezonga mos kelgan taqdirda soddalashtirilgan soliq tizimiga o`tishlari mumkin. Ya`ni korxonaning 9 oylik daromad miqdori 15 mln rubldan yuqori bo`lmasligi,
31 Moliya jurnali,2010 yil 10-son, 62-bet
korxonada ishlovchilar soni 100 kishidan ko`p bo`lmasligi hamda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati 100 mln rubldan yuqori bo`lmasligi lozim.
Ushbu tizim soliq to`lovchilari bir qancha soliqlar va yig`imlar o`rniga yagona soliq to`laydilar. Jami daromad yoki xarajatlarga kamaytiriluvchi daromad yagona soliqning ob`ekti hisoblanadi. Yagona solqning stavkasi jami daromaddan 6% va xarajatlarga kamayuvchi daromaddan 15 % miqdorida belgilangan. Ushbu tartibni korxonalar yoki tadbikorlar ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga egalar. Daromaddan chegiriluvchi xarajatlar soliq kodeksida belgilab qo`yilgan.
Shuningdek, Rossiyada kichik va xususiy biznes uchun quyidagi imtiyozlar joriy etilgan. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash, oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, xalq iste`mol mollari, qurilish materiallari, tibbiyot texnikasi, dori-darmon ishlab chiqarish, uy-joy, ijtimoiy hamda ishlab chiqarish ob`ektlri qurish bilan shug`ullanuvchi kichik va xususiy korxonalar birinchi 2 yil davomida soliq to`lamaydilar.
AQSHda federal darajadagi eng yuqori korporatsiya solig`i bilan bir qatorda (hozirgi kunda bu soliq 35 foizni tashkil qiladi) kichik va xususiy korxonalar uchun 15 va 25 foizlik stavkalardan foydalaniladi.
AQSH va Rossiya Fedratsiyasida byudjet daromadlari tarkibida kichik va xususiy biznes korxonalari to`laydigan soliq korxonalar foydasidan undiriladigan soliq tarkibida hisobga olinadi.
Xitoyda kichik va o`rta korxonalarda xodimlar soni 500 kishidan oshmaydi. 2000 yilga borib bu mamlkatda kichik va o`rta korxonalar soni 9 mln dan oshib ketdi. Bunday korxonalar jami sanoat maxsulotining 60 foizini ishlab chiqarmoqda va dvlat xazinasiga umumiy soliqlar yig`imining 40 foizdan ko`prog`ini tushirib, mamlakat mehnatga layoqatli aholisining 75 foizini ish bilan ta`minlamoqda. XXRda kichik va o`rta korxonalar tadbirkorlik faoliyati uchun tadbirkorlik solig`ini to`laydilar. Bu soliqni korxona va fuqarolr ham to`laydi. Soliq ob`ekti yalpi tushum hisoblanadi. Soliq stvkalari 14 –jadvalda keltirilgan.