ө – til old qator, lablangan unli. Bu ham ohangdosh o‘zbek shevalarida
ishlatiladi. Kөl, bөlə, bөlim, kөr, kөz, gөr, kөmъr. ы – lablangan tovush. Bu unli [o] bilan [ө] oralig‘idagi tovush bo‘lib,
shahar va shahar atrofidagi shevalarda uchraydi. Shunday qilib, unlilarni
ifodalash uchun yuqorida qayd etilgan singari 14 ta belgi ishlatiladi.
139
Undoshlar Ilmiy yozuv (transkripsiya)da b, d, z, m, n, p, r, s, t, sh undoshlari o‘zicha
ishlatiladi. Qolgan belgilar esa quyidagilardir:
v – lab-lab ; [v] lab-tish undoshi uchrab qolsa, uni alohida izohlash kerak.
Vכּh, כּvqat.
y - ruscha [y] tovushiga nisbatan torroq talaffuz qilinadigan tovush:
yəvכּn, əyə, pəyshכּmъ. g‘ - chuqur til orqa, sirg‘aluvchi tovush: qulכּg‘, כּg‘aynъ, g‘əm. g - sayoz til orqa, portlovchi tovush: gөz, gul.
j - sirg‘aluvchi undosh: ajdar, jurnal.
җ yoki dj - qorishiq undosh: җol yoki djol.
q - chuqur til orqa , portlovchi tovush: qoy, qaychы.
k - sayoz til orqa, portlovchi tovush: kərъm, kөch. l - til orqa: altыn, lכּlə. l- til oldi, yumshoq: kyl, kel.
ң - til orqa, burun tovushi: ishiң , məңə qara. f - lab-lab va lab-tish: tuf, puf. ch - qorishiq tovush: chəy, ъchək.
x - chuqur til orqa, sirg‘ aluvchi tovush: xamыr, Xכּlmat.
h - bo‘g‘iz tovushi: hamma , əvhəl.
Diakritik belgilar va boshqa shartli belgilar . ( nuqta) , : ( ikki nuqta) va ... ( ko‘p nuqta) belgidan keyin qo‘yilib ,
unlilarning cho‘ziqligini ifodalaydi.