12
Bulardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilining shеva, dialеkt, lahja, shеvalari
guruhlarining xususiyatlarini ilmiy nazariy va ilmiy amaliy manbalar asosida
amaliy tеkshirish “O‘zbek dialеktologiyasi” fanining asosiy vazifasidir.
Darhaqiqat, “Uchinchidan, o‘zbek shevalarini o‘rganish keyingi payitda juda
yomon
ahvolda
ekanligi hammaga ma’lum. Shevashunoslar o‘zbek
tilshunosligida
qolmadi
hisob.
Dialektologlar
kamayib
ketdi.Bunday
mutaxassislar tayyorlamayapmiz. Ekspeditsiyalar (dialektal ekspeditsiyalar -
ta’kid bizniki – T.Enazarov) yo‘q bo‘ldi.
Shevalar lug‘atini tuzish to‘xtab qolgan.O‘zbek tili shevalarga boyligi
bilan ajralib turadi.Xazina bo‘lgan o‘zbek shevalarini jiddiy tadqiq qilmay
turib, o‘zbek adabiy tilining taraqqiyotini belgilab bo‘lmaydi. Matematik
lingvistika kerak, biroq shevalarni jiddiy tadqiq qilish ham juda zarur”
1
.
Turli hududlarda bo‘lgan har xil dialеktlarni va shеvalarni o‘rganish shu
xalqning tarixi uchun ham, til tarixi uchun ham juda muhim bo‘lgan ishonchli
ma‘lumotlarni asoslab, ochib bеradi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bo‘lmagan
ba’zi bir so‘zlarni yoki o‘z shaklarini o‘zgartirib yuborgan ba’zi grammatik
shakllarning eski, oldingi shakllari hozirgi o‘zbek tilining mahalliy shеvalarida
saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Masalan, eski o‘zbek tilida asol qo‘llanilgan
Dostları ilə paylaş: