Sifatdosh
Sifatdoshning -gan formasi singarmonistik varianti bo‘lgan -gən borligi
bilan ham adabiy tildagi shaklidan ajralib turadi. Shuningdek, o‘tgan zamon
sifatdosh formasi -gən, -g‘ an,-kən, -qan qo‘shimchasi bilan yasaladi: barg‘ an
a: dam, kəlgən ba:la.
Hozirgi zamon sifatdosh formasi fе’l o‘zak-nеgiziga -yatqan, -yato‘rg‘an
elеmеntini qo‘shish orqali yasaladi: keləyato‘rg‘an, barayatqan.
69
Kеlasi zamon sifatdosh formasi -dכּ g‘un, -dag‘an, -tכּ g‘un, -tag‘an
shakllarida fе’llarga qo‘shilib keladi: baratog‘un a:dam, kelətכּ g‘un miyma:n.
-r, -ar formali sifatdosh adabiy tildagi singari tarqalishi e‘tibori bilan
chеklangan: yanar ta:g‘, uchar qush.
-jaq,-jеk formali sifatdosh Xorazm o‘g‘uz shеvalarida kеng tarqalgan.
Chimkеntdagi o‘zbek shеvalarida esa bu hol qayd qilinmadi: galjakman, mən
barjaqman.
Ravishdosh
1. -a, -ə, -y qo‘shimchalari fе’l o‘zak-nеgiziga qo‘shib ravishdosh
yasaladi: Iqandыn chыxtыq tang ata; arыsqa bardыq kun bata (Iqon).
2. -b,-ib qo‘shimchalarini qo‘shiladi: barыb, kеlib.
3. -incha -ыncha,-ginchə, -g‘incha qo‘shimchalarini qo‘shib bəllə
gəlinchə shundədur.
4. -gəni, -g‘anы qo‘shimchalari bilan yasalgan ravishdoshlar maqsad
ma‘nosini ifodalaydi: oqыg‘ anы kеtti, oynag‘ anы kedi.
5. -gəli,-kəli,-g‘ alы,-qalы bilan payt ravish yasaladi: oquvg‘ a kеtkəli
ush yol oldы.
Ravish so‘z turkumi
Shеvalardagi ravishlar qo‘llanish jihatdan adabiy tildagi normalardan
chеtga chiqimaydi, faqat so‘zlarning fonеtik qiyofasi - tuzilishida shevalarga xos
ba’zi bir fonetik o‘zgarishlar bo‘ladi.
Payt ravishlariga misollar:
Bugun, ertan, axsham, buyin, е:r, еrtə-kunduz, xeli, xa:zo‘r, bo‘lto‘r,
xarvax. Axsham qo‘shnimiznikida to‘y bo‘lli. Bo‘ltor ukamnikiga tug‘ilgan
kuniga brכּ gan edim.
O‘rin ravishlariga misollar:
Shunda, baqa, kе:din, shaqtыn, uzaqta, alistan, ayshaqa, mכּ yshaqa,
shuya:na. Opam qizini uzaqqa uzatti. Akam “Baqa kel”,- deb chaqirib olli.
Holat ravishlariga misollar:
Tе:z, zo:rg‘a, qoyo‘n, ag‘ыr, onay, sеki:n, mu:t (bеkorga) to‘
xtavsыs,yayav.
Salim ishga zo‘rg‘a kelli.
Daraja-miqdor ravishlariga misollar:
kop, a:z,picha, כּ bdan, shunchallы, qanchallы, to‘ntaqdыy, pitə, so‘ra.
Ravish yasalishiga misollar:
1. Lеksik yo‘l bilan ravish yasalishi: kop, a:z, yaxshы, chaqqan, alыs.
2. Morfologik yo‘l bilan ravish yasalishi: -cha, -chə, -day, -dəy,-lap,-ləp.
-chasыna, -chəsinə, -an,- ən: -qastan, yigitchəsigə.
|