O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA YO`NALISHI
1-BOSQICH TALABASI
_____________________________________________________________NING
_________________________________________________________ FANIDAN
Kirish Platforma (frans. plate-forme, plat — yassi va forme — shakl)
1) baland maydoncha;
2) kichikroq temir yoʻl stansiyasi;
3) kichik bortli ochiq yuk vagoni;
4) siyosiy — alohida partiya, guruh, ijtimoiy tashkilotlar tomonidan olgʻa suriladigan siyosiy dastur.
Geosinklinal (geo… va sinklinal), geosinklinal mintaqa — Yer poʻstining uzun (oʻn, yuzlab km), nisbatan tor va chuqur choʻkmasi dengiz havzalari tubida vujudga keladi va odatda, yer yoriqlari bilan chegaralangan, choʻkindi va vulqon jinslarining qalin qatlami bilan toʻlgan boʻladi. Uzoq davom etgan shiddatli tektonik deformatsiyalar natijasida Geosinklinal murakkab burmali struktura — togʻ tizimlariga aylanadi. Odatda, okeandan qitaga oʻtish zonasida yoki qitʼalar oraligʻida joylashadi. Geosinklinal okean tubi Yer poʻstining qitʼa Yer poʻstiga aylanishi deb tushuniladi. Hozirgi zamon geosinklinal analogiga chekka va ichki dengizlarning (chuqur suv osti novlari bilan birga) orollar yoyi misol boʻla oladi. Shu maʼnoda Geosinklinal — geosinklinal mintaqa sinonimi.
Plita (geologiyada) — Yer poʻstiningplatformalar doirasidagi qismi; unda burmalangan asos nisbatan choʻkkan va uning ustini gorizontal yotgan yoki bir oz burmalangan choʻkindi jinslarning qalin qatlami (1—16 km) qoplagan boʻladi. "Plita." terminini avstriyalik olim E.Zyuss taklif qilgan. Plita platformalarning koʻtarilgan strukturasi aksidir.
Qalqon — platformalarning juda yirik strukturasi, plitalarning aksi. qalqon agrofida platforma fundamentini tashkil qilgan tokembriy davriga mansub kuchli metamorflashgan kristalli jinslar (granit, gneys, kristalli slanetslar) yer yuzasiga chiqib qoladi.