Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 32,94 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü32,94 Kb.
#182081
7-mavzu


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” kafedrasi
“IQTISODIY SIYOSATGA KIRISH” fanidan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Iqtisodiyotda monopolizmga qarshi siyosat
va raqobatni rivojlantirish

Bajardi: IQT-FU-20 guruh talabasi Batirov Baxodir


Qabul qildi: Turon FA akademigi R.Ahmedov
NAMANGAN – 2023

Iqtisodiyotda monopolizmga qarshi siyosat


va raqobatni rivojlantirish
Reja:
71. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari
3. O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik

RAQOBAT - Bu bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.

Raqobatning asosiy turlari
1. Tarmoq ichidagi raqobat

2. T armoqlararo raqobat

Tarmoq ichidagi raqobat - Bir tarmoqqa tegishli boʻlgan korxona va tashkilotlar oʻrtasidagi raqobatdir.


Tarmoq ichidagi raqobat turlari :

  • Sof raqobat

  • Oligopolistik raqobat

  • Monopolistik raqobat

  • Sof manopoliya




Tarmoqlararo raqobat - turli tarmoqlar korxonalari oʻrtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam boʻlgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib oʻtishiga sabab boʻladi.
Raqobat qurashi quyidagi sub'ektlar o'rtasida amalga oshiriladi:

  • Sotuvchi bilan sotuvchi

  • Sotuvchi bilan haridor

  • Haridor bilan haridor

Manopoliyalarning iqtisodiy asosi va uning turlari


Monopoliya – monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.
Monopoliyalarning moddiy asosi - Ishlab chiqarishning, yaʼni ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalar qoʻlida toʻplanishi hisoblanadi. Bu olinayotgan foydani ko'payishiga olib keladi.
Monopoliyalarning asosiy turlari:
Bozorni qamrab olish darajasiga ko'ra:

  • Oligapoliya

  • Monopsoniya

Vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko'ra:

  • tabiiy monopoliya

  • sun'iy monopoliya

  • legal (qonuniy) monopoliya

Tabiiy monopoliya - Korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga boʻlgan talabni qondirish raqobat mavjud boʻlmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.
Legal monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat.

  • Patent tizimi


  • Mualliflik huquqi

Sun'iy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli nomi.
Ularning hatti-harakatlari :


  • Bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun turli to'siqlar hosil qiladi


  • Ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi

  • Bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun turli to'siqlar hosil qiladi


Sun'iy monopoliyani namoyon bolish shakllari :

  • Kartel


  • Sindikat

  • Trest

  • Konsortsium

  • Kontsern

Monopoliyaning salbiy tomonlari :



  • iqtisodiy turgʻunlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi.

  • Daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi


  • Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi


Oʻzbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik.
Oʻzbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun koʻriladigan chora-tadbirlar:

  • Iqtisodiyotda davlat monopolizmning har qanday namoyon bo'lishini maksimal darajada bartaraf etish

  • Bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o'z ustunlik mavqelarini suiste'mol qilish imkoniyatlarini oldini olish

Oʻzbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash toʻgʻrisida»gi qonun (1992-yil, avgust)
Man etiladi:

  • Narxlarni monopollashtirish

  • Raqobatchilarni bozorga kirib borishiga to'sqinlik qilish

  • Raqobatni g'irrom usullarini qo'llash

Quyudagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:


1. Xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suisteʼmol qilinishi (5-modda);
2. Xo'jalik subyektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (oʻzaro kelishilgan hatti-harakatlari) (6-modda);
3. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyati organlarining raqobatni cheklashga yo'naltirilgan hatti-harakatlari (7-modda);
4. Insofsiz raqobat (8-modda).
Oʻzbekistonda monopol mavqega ega boʻlgan korxonalarni Davlat reyestriga kiritish mezonlari:
1.Oziq-ovqat mahsulotlari uchun:
Agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 20 % idan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi.
2. Boshqa tovarlar uchun:
Agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35% idan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi.
Yüklə 32,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin