hammasiga 1 ml dan suv quyiladi. Keyin har bir qatorning birinchi probirkasiga 1 ml
dan amilaza fermenti shirasidan quyiladi. Pipetka yordamida 1-probirkadagi suyuqlik
aralashtirilib, arashlama 2-probirkaga olinadi va yana bir marta aralashtirib 2-
probirkadan 3-probirkaga solinadi va hokazo. Oxirgi 6-probirkadan 1 ml ortiqcha
aralashma olib tashlanadi. Qolgan qatorlarda ham xuddi shunday qilinadi.
Birinchi qator probirkalariga 1 ml suv, ikkinchi qator probirkalariga natriy
xlorid tuzining 0,04% li eritmasidan, 1 ml uchinchi qator probirkalariga mis sulfat
tuzining 0,1% li eritmasidan 1 ml quyiladi. Keyin hamma probirkalarga 2 ml dan
kraxmal solinadi va 10 minutga 40°C inkubasiyaga quyiladi. Vaqt tamom bo’lgach
hamma probirkalarga 2-3 tomchidan yod tomiziladi va aktivator hamda ingibitorlar
ta’siri aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: