OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Xalqaro Nordik universiteti
“Maktabgacha ta’lim ” yo’nalishi
1-guruh talabasi Baxronova Mashhuraning
“Bolalar psixologiya ” fanidan
Savollarga javobi
8.Variant
Bolalar psixologiyasi fanining mustaqil fan sifatida vujudga kelishi.
Tug`ulgandan bir yoshgacha bulgan bolaning rivojlanish xususiyatlari
Javob
Bolalar psixologiyasi — psixologiya sohasi, bolalar psixologik rivojlanishining umumiy va aloxida xususiyatlarini, turli yosh bosqichlarida bu jarayon qanday kechishi, uni harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi. Shu sababli Bolalar psixologiyasi ni koʻpincha yosh psixologiyasi deb ataydilar.
Bolalar psixologiyasi bolalarda psixik jarayonlar (maʼrifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va h. k.) paydo boʻlishi va rivojlanishini, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilmaxil faoliyatning (oʻyinlar, oʻqish, mehnat) rivojlanishini, bolaning shaxs sifatida shakllanishini oʻrganadi. Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari bor. Bola shaxsi yosh xususiyatlarini oʻrganishda koʻndalang kesma va longityud deb nomlangan tadqiqotlar oʻtkaziladi.
Birinchi holatda birgina psixik jarayonning oʻzi bir vaqtda turli yosh guruhlariga taalluqli boʻlgan bolalarda tadqiq qilinadi. Ikkinchi holat (longityud) da esa maʼlum bir (alohida tanlab olingan) bolalarning psixik xususiyatlari koʻp yillar davomida tadqiq qilinadi. Bu esa oʻz navbatida ular psixikasi rivojlanishining umumiy kechishini kuzatish imkoniyatini beradi. Bolalar psixologiyasida asosan ota-onalarga bolaga unga bo'lgan ishonch, hurmat,qo'llab-quvvatlash, unga bo'lgan e'tiborlarini his qildirish,Mumkin bo'lgan va mumkin bo'lmagan holatlar o'rgatiladi.
Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko'zlari bilan anglaydi. Ota-onaga nima yomon bo'lsa, bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni xush ko'rsa, bola uchun u inson yaxshi bo'ladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qadar davom etadi. Undan keyin bola o'zi xulosa qilishga o'rganishni boshlaydi. Shunday ekan, bolaning har bir harakati - bu ko'zgudagi sizning aksingiz.
Bolalar psixologiyasi 19-asr oʻrtalarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi. U pedagogika psixologiyasi, ped., oliy asab faoliyati fiziologiyasi bilan chambarchas bogʻlangandir. Uning maʼlumot va xulosalari yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti uchun, umumiy psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda Bolalar psixologiyasi masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
chaqaloq maktabgacha yosh Xususiyatlari bilan u ilgari mavjud bo'lmagan yangi o'quv tsiklini boshlashga qodir. U biron bir dasturda ushbu mashg'ulotni o'tashga qodir, lekin shu bilan birga u dasturni o'zining tabiati, qiziqishlari va fikrlash darajasi bo'yicha o'z dasturiga moslashtira oladi.
L.C. Vygotskiy
Dostları ilə paylaş: |