shahar”, “Aqlli tibbiyot” kabi yangi raqamli, fuqarolarimiz uchun qulay muhit
yaratilishini nazarda tutadigan loyihalarni keng miqyosda amalga oshirishning
tayanch infratuzilmasi barpo etilmoqda.
“Raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish va rivojlantirish muammolari, zamonaviy
iqtisodiyotni “raqamli iqtisodiyot”ga aylantirish uning yuqoridagi kabi ko‘plab
ta’riflari mavjudligi va uning yagona talqini yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarish
imkonini berdi.
“Raqamli iqtisodiyot”ga Internet, uyali aloqa, axborot-kommunikatsiya va
boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq iqtisodiy
munosabatlarning bir qismi sifatida qaraladi.
“Raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish jarayoni iqtisodiyotda qo‘shimcha
qiymat yaratishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va Internetni joriy etish hisobiga yangi texnologik darajaga o‘tish
bo‘yicha kompleks vazifalardir. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi va vazifalari
fuqarolarning turmush sifatini yaxshilash, iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi va
samaradorligini oshirish, uning eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Shu
bilan birga, transport sohasi, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, uy-joy-kommunal
xo‘jaligi, moliyaviy xizmatlar bozori va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirishning
shu kabi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash zarur.
Ham mutaxassislar uchun, ham boshlovchi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan
ushbu lug‘at, “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi
davlat unitar korxonasi Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati xodimlari, shuningdek,
boshqa mutaxassislarining birgalikdagi mehnati samarasidir.
Lug‘at alifbo tartibida joylashtirilgan 430 taga yaqin atamani o‘z ichiga oladi.
Lug‘atda rus va o‘zbek tillaridagi atama va ta’riflar hamda atamalarning ingliz
tilidagi muqobillari ifodalangan. Masalan:
virtual bank - Internet tarmog‘i yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni amalga
oshiradigan bank.