5 61 12 01 Рақамли ахборотни қайта ишлаш аналитиги дастурлар
O‘zlashtirish (o‘qitish)natijalari
matematik modellar va sonli usullar fanining nazariy asoslarini o‘rganish;
statistik ma’lumotlarni to‘plash, guruhlash va tahlil qilishni bilishi; qishloq xo‘jaligi masalalarini matematik modellarini tuzish va matematik usullar yordamida еchish haqida tasavvurga ega bo‘ladi;
Bilimlar
matematik modellashtirish va optimallashtirish usullari haqida tushunchaga ega bo‘lishi,
qishloq xo‘jalik masalalarini matematik modellarini tuzish, ishlab chiqarish funksiyalarini ishlata olish,
korrelyatsion va regression modellarni tuzishni bilish,
qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni va rejalashtirish jarayonlarini optimallashtirish haqida bilimga ega bo‘ladi va ulardan foydalana oladi;
Ko‘nikmalar
iqtisodiyotda optimallashtirish masalalarini simpleks usulida еchish;
sun’iy bazis usullarida еchish;
transport masalasini potensiallar usulida еchish;
masalalarni chiziqsiz, kasr-chiziqli, butun sonli va boshqa bo‘limlari usullari yordamida еchish;
zamonaviy axborotlar texnologiyalaridan foydalanish;
qishloq xo‘jaligidagi hisoblashlarda qo‘llanadigan standart dasturlar, elektron jadval dasturlari bilan tanish bo‘lish, amaliy dasturlar majmuidan foydalanish;
kompyuterda ishlash, matematik usullardan foydalanib qishloq xo‘jaligida masalalarini еchish;
matematik formulalar yordamida ob’ektlar orasidagi munosabatlarni ifodalashda matematik usullardan to‘g‘ri foydalana bilish va topilgan iqtisodiy еchimlarni tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.