0 ‘quvchi yoshlar va talabalaming uylari (yotoqxonalar)da
milliy harakatli o'yinlami tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
va maqsadlari mavjud.
86
M a’lumki, viloyatlaming markazlarida akademik litseylar,
kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarining o'quvchi-yoshluri
vatalabalari uchun zamonaviy tarzda qurilgan va maxsus yo'lda
foydalanilayotgan yotoqxonalar ko‘p. Ularning yashashi, dam olish
va jismoniy rivojlanishlarini yanada takomillashtirish muqsadida
barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, futbol maydonlari,
sport o'yinlari uchun mo‘ljallangan turli maydonchalar, sport
zallari, tennis kortlari, suv havzalari yaratilgan va ular bekumu
ko‘st jihozlangan. O'quvchi-yoshlar va talabalarning mustaqil
ravishda yoki guruhlarga bo‘linib o'ynashlari, ertalabki gimnastika
bilan shugullanisblari, bo‘sh vaqtlarida turli milliy harakatli o'yin-
larni tashkil qilish rasmiy ravishda amalga oshirilmoqda. Yotoqxo-
nalarda talabalar kengashi tarkibida jismoniy madaniyat va sport
ishlari uchun ma’sul faollar mavjud. Ular mustaqil ravishda
tashkiliy ishlarni olib boradilar.
Talabalarning yashash sharoiti, ijtimoiy-madaniy turmushi,
tinch-osoyishta dam olishi, xavfsizliklarini saqlash maqsadida
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, kasaba uyushmalari, «Talaba»
sport klubi nazorat va ko‘maklashish ishlarini muntazam ravishda
olib boradilar.
Deyarli har bir qavat, har bir uy (korpus) yigit-qizlari uchun
alohida tashkilotchi (fizorg)lar tayinlanadi. Ular talabalarni
uyushtirish, jismoniy tayyorgarliklarini oshirish, mashq-o‘yinlarni
o'tkazish, musobaqalarda qatnashish va shu bilan bog‘liq bo'lgan
jarayonlarda ularga ko‘maklashadilar.
Sport turlari bo‘yicha yotoqxona birinchiligi, yotoqxonalararo
birinchilik (o‘quv yurtlar orasida) uchun musobaqalar o'tkazish
an’anaga aylangan.
Ertalabki gimnastika, darslardankeyingibo‘sh paytlarda yotoq-
xonalarda milliy harakatli o'yinlarni o'tkazish ham qiziqarli o'tadi.
87
Bunday paytlarda qizlar «Uchinchisi ortiqcha», »To‘qqiz tosh»,
«Chambarakda sakrash», «Arg‘amchini aylantirib sakrash», to ‘p
va boshqa buyumlar bilan turli estafetalami o‘tkazishda katta qizi-
qish bilan ishtirok etishmoqda.
Yigitlar asosan futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi (gandbol),
tennis, badminton kabi sport o‘yinlari elementlarini o‘z ichiga
olgan milliy harakatli o'yinlami ixchamlashtirilgan qoidalar bo‘-
yicha o‘ynashadi. «Belni qayishtirish» (kuch bilan egish, tortish),
bilak kuchini sinash, tosh ko‘tarish, tumikda tortilish, osilib
aylanish, to ‘pli estafetalar va boshqa xilma-xil o‘yinlardan keng
foydalanadilar.
0 ‘quvchi-yoshlar va talabalar ko‘pincha bolalikda ko‘rgan va
o‘ynagan hamda jismoniy tarbiya darslarida bajargan qiziqarli
harakatli o'yinlami takrorlashadi. Ayniqsa, «Bo‘sh joy», «Uchinchi
ortiqcha», «Doiraorqasidaquvish», «Duna soldi», «Qopqon», «Qar-
moq», «Qo'ltiqni kaftga urish» («Kim urdi»); «Kim keldi» («Ko‘z
bog'lash») kabi milliy harakatli o'yinlami zavq bilan o'ynashadi.
Jismoniy tayyorgarligi kuchli va biron sport turi bilan shug'ul-
lanuvclulaming o‘yinlari quyidagilardan iborat:
— tosh (girya) ko‘tarish;
— tumikda tortiHsh;
— oldinga yotgan holda qo‘llarga tayanib yotib-turish (otji-
maniya);
— bir oyoqda o'tirib-turish;
— kichik doirada ko‘z yumib doiradan chiqmasdan aylanish;
— basketbol to'pini yon burchakdan otib halqaga tushirish;
— arg‘amchini oyoq tagidan aylantirib sakrash (ikki va bir
oyoqlab);
— ko‘znibog‘lab manzilni topish;
88
— tumikda osilib-aylanib tik turish;
— halqaga osilib-tortilib chiqish;
— qo‘llarda tik turib yurish;
— ko‘zni yumib orqaga yurish;
— ko‘zni yumib bir oyoqda turish;
— havzalarda suv tagida turish
— nafas olmay suzish va h.k.
M a’lumki, mazkur murakkab mashq-o‘yinlaming bajarilish
tartiblari va qo‘yilgan shartlari barcha jismoniy sifatlami talab
etish bilan birgalikda, musobaqa shaklini ham ifoda etadi. Demak,
talaba va o‘quvchi-yoshlaming turar-joylari oldida sport inshoot-
larini ko‘paytirish va ulami zarur jihozlar bilan ta’minlash hozirgi
kun va kelajak talabidir.
Dostları ilə paylaş: |