motlarini ham unutmasligi lozim.
Qilinadigan harakatlarning
muayyan me’yori о ‘yin o ‘tkaziladigan sharoitlami hisobga olib,
uni o'tkazish metodikasi bilan belgilanadi.
22. 0 ‘yinning tugashi
0 ‘yinning davom etishi har xil bo‘lishi mumkin. Shug'ul-
lanuvchilamingtarkibiga, mashg‘ulotning sharoitiga qarab, o'yinni
xarakterini hisobga olgan holda, o'qituvchi o ‘yinning
davom
etishini belgilaydi. Eng muhimi, o'yinni o‘z vaqtida tugallashdir.
Chunki o'yinni vaqtidan ilgari tugatmaslik, shuningdek, uni cho'zib
yubormaslik kerak.
O'yinning davom etishi bir qancha sabablarga bog'liq bo'ladi:
ishtirokchilaming soniga (o'yin ishtirokchilari qancha kam bo'lsa,
o'yin shuncha qisqa bo'ladi); o'yinchilarning yoshiga (kichik
yoshli bolalar uzoq vaqt davomida o'ynashi mumkin emas); o'yin
ning mazmuniga (o'yin katta yuklama bilan o'tkaziladigan bo'lsa,
uning davom etish vaqti qisqa bo'ladi); o'yinni o'tkazish joyiga,
o'qituvchi tomonidan taklif qilingan tczlikka yoki me’yorga; o'qi
tuvchi tajribasiga (kam tajribaga ega bo'lgan o'qituvchi o'yinni
qisqa tarzda tugatadi) va boshqa sabablarga bog'liq bo'ladi.
O'yinni tugatish, eng awalo, uning o'yin
ishtirokchilariga
ta’sir etishiga qarab belgilanishi lozim. O'qituvchi o'yin tugatish
uchun shunday paytni to'pishi kerakki, bunda o'yinni maqsadga
muvofiq ravishda to'xtatish mumkin bo'lsin.
O'yinni ishtirokchilar charchashining birinchi alomatlari paydo
bo'la boshlagan vaqtda tamom qilish kerak. Bu charchash alomatlari
quyidagilardanbilinadi: ko'pchilik ishtirokchilaming e’tiborsizligi,
qoidani buzishi, harakatni aniq bajarmasligi, maqsadga erishish
72
yo‘lida yetarli darajada qat’iyatlik ko‘rsatmasligi, o'yinchilar nafas
olishining tezlashishidir.
0 ‘yinni o'qituvchi tomonidan belgilangan vaqtda tugatish
zarur, buni o‘quvchilarga oldindan aytib qo‘yish kerak. O'yin
ishtirokchilari shuni hisobga olib, o'yinning davom etish vaqtida
o'zlarining kuchlarini to‘g‘ri taqsimlaydilar.
Belgilangan vaqtdan
1-3 daqiqa oldin, iloji boricha, ishtirokchilar o ‘yinni
tugatishga
tayyorgarlik ko'rishlari uchun ogohlantiriludi.
0 ‘yinning davom etishi mashg'ulotning shakliga ham bog'liq
bo‘ladi. Agar o‘yin jismoniy tarbiya darsida o'tkazilayotgan bo'lsa,
undaunga ajratilgan vaqt chegaralangan boladi. Agar o'yin darsdan
tashqari vaqtda o'tkazilsa, uzoq vaqt davom etishi mumkin, chunki
bunda o'quvchilar uzoq vaqt mobaynida o'ynay olishga o'rgatila-
dilar.
O'qituvchi barcha holatlarda o'yin ishtirokchilarini charchatib
qo'ymasligi kerak va o'yin ishtirokchilarining
qiziqishi orta bora-
yotgan, ular jo'shqin harakat qiliyotgan bir vaqtda o'yinni tugatish
kerak.
Dostları ilə paylaş: