Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining (otmk) aj mahsulotlari mis va rux eritish zavodida qo'rg'oshin ishlab chiqarish uchun yangi texnologiyalar ishlab chiqdi



Yüklə 180,15 Kb.
səhifə6/16
tarix10.03.2022
ölçüsü180,15 Kb.
#53565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Sabinaga Mis ajratib olish kurs ishi

Mis shteynlarini konverterlash

Eritish pechlarida olingan shteyn tarkibida 24–40 % Cu, 24–26 % S va 35–45 % Fe bor. Shteynlarni konverterlash jarayonining maqsadi temir va oltingugurtni chiqarib tashlashdir. Jarayon davrida bir qator zararli moddalr ham ajralib chiqadi. Oltin, kumush va boshqa nodir metallar xomaki mis tarkibiga o‘tadilar.

Jarayon maxsus dastgoh – konverterlarda o‘tkaziladi. Ularni tasviri plakat va atlaslarda keltirilgan. Konverter o‘zi bilan tepa qismida teshigi bo‘lgan gorizontal bochka shakldagi dastgohdir. Bochkaning ichki hajmi olovga chidamli g‘ishtlar bilan himoya qilingan. Bochkaning o‘zi esa po‘lat listdan tayyorlangan. Konverter o‘z o‘qi negizida aylanish imkoniyatiga ega. Zamonaviy konverterlarni hajmi xomaki mis bo‘yicha, 40, 75 va 100 t ni tashkil qiladi. Ularning o‘lchamlari: uzunligi 6,1; 9,15 va 10,76 m va diametrlari tegishlicha 3,66; 4 va 4 m bo‘ladi.

Shteynning suyuq vannasiga havo berish uchun konverterda furmalar bor. Har bitta furma po‘lat trubkasidan tuzilgan bo‘lib, undan 1,0–1,2 · 10 Pa ortiqcha bosim bilan havo beriladi. 40 tonnali konverterda 28 furma, 75 tonnalisida esa 43–50 dona furma bor. Katta konverter furmasining diametri 52 mm ni tashkil qiladi. Konverter bochkasi va ostki qismi 350–460 mm olovga chidamli g‘ishtlar bilan himoyalanadi. Furmali poyasda esa futerovkaning eni 475 mm gacha oshiriladi.

Gazlarning chiqarilishi uchun gaz chiqarish napilnik dastgohi bor.Napilnik cho‘yan yoki po‘lat plitalardan terilganda, havo yoki suv bilan sovitiladi. Gazlar chang tutish sistemasidan kollektorga tushib, sulfat kislotasi olish uchun yuboriladi. Mis shteynini konverterlash jarayonida shlak ajralib chiqadi va shlakka shteyn tarkibidagi temir o‘tadi, oltingugurt esa SO2 shaklda eritmadan yo‘qotiladi.Konverterlash natijasida xomaki mis olinadi.



Yüklə 180,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin