Mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Namangan shahridagi Orzu xamda Parkent tumanidagi Markaziy mahallalari hamkorlik tizimi mamlakatimizning barcha mahallalarida yo‘lga qo‘yildi, – deydi Respublika mahallalar kengashi axborot xizmati boshlig‘i T.Nizomov. – Amalga oshirilgan chora-tadbirlarga ko‘ra joriy yilda mahallalardagi jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,6 foizga kamaydi. Mahallalar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, ijtimoiy soha obyektlari faoliyati, o‘quvchilarning davomati, aholining, ayniqsa, kollej bitiruvchilari va uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash, jumladan, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida «Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va aniqlangan muammolarni hal etish borasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi» Buxoro viloyati tajribasi misolida ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.