Olmazor tumani (avvagli nomi Sobir Rahimov) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1970-yilda tashkil kilingan. Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. 1980-yildan hozirgi chegarasida. T.ning shimoli-gʻarbida joylashgan. Shimoli-gʻarbda Toshkent viloyati Zangiota tumani, shimoliy va shimoli-sharqda Toshkent tumani, sharqda Yunusobod tumani, janubiy va janubi-gʻarbda Shayxontohur tumani bilan chegaradosh. Maydoni 3,4 ming ga, shu jumladan koʻkalamzor yerlari 1,01 ming ga. Aholisi 283,6 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 290 ta. Asosiy magistrallari: Beruniy, Niyozov, Kichik halqa yoʻl, Forobiy, Ziyomov, Chimboy, Usta Shirin, Tansiqboyev, Hasanov, Oybek va Qorasaroy koʻchalari. 58 ta maxalla mavjud.
Tuman hududida "Kolorfleks", "Imperial", "Osiyobatareya" qoʻshma korxonalari, 30 sanoat korxonasi, shu jumladan, "Toshkentmarmar" ishlab chiqarish. birlashmasi, "Mikond", agregat, tajribamexanika, ekskavator taʼmirlash, "Kompressor", "Oniks" va chinni zavodlari, "Toshkent mebel" ishlab chiqarish birlashmasi, "Tola" (pillakashlik) korxonasi, bosh kiyimlar fabrikasi, 10 avtotransport va 10 kurili sh tashkiloti faoliyat koʻrsatadi.

Tumanda 19 ilmiy tadqiqot instituti, 4 loyihalash tashkiloti ("Oʻzgazloyiha", "Oʻzqishloqxoʻjalik loyiha", Xalq taʼlimi Vazirligining loyihakonstruktorlik byurosi, "Tash. ZNIIEP"), 3 oliy oʻkuv yurti (Oʻzbekiston milliy universiteti, ToshDTU, 2Toshkent tibbiyot instituti), 1 litsey, 1 kasbxunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 1 sanʼat, 1 ta musika maktabi, 60 ta maktabgacha tarbiya muassasasi bor. Tuman aholisiga 47 oilaviy poliklinika, 20 ta kasalxona, 1 ta ruhiy kasallar shifoxonosi 8 madaniyat uyi va saroyi, 10 ta kutubxona, yosh tomoshabinlar teatri, tabiat muzeyi, 3 ta bozor, 5 ta stadion, 6 ta suzish havzasi, 57 sport zali, 10 ta tennis majmuasi xizmat koʻrsatadi.