Olov – tilsiz yov



Yüklə 171 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü171 Kb.
#166150
Olov


Olov – tilsiz yov

Xalqimiz bejiz “olov – tilsiz yov”, demaydi. Chunki uning oqibatida xalq xo‘jaligiga, mamlakat iqtisodiyotiga, odamlar hayotiga jiddiy ziyon yetishi mumkin. 
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yong‘in kelib chiqishiga ko‘pchilik hollarda odamlarning o‘zi sababchi bo‘ladi. Kimningdir o‘z ishiga mas’uliyatsizligi tufayli sodir bo‘lgan yong‘indan nafaqat uning o‘zi, balki yon-atrofdagilar, qolaversa, davlatimiz ham katta moddiy va ma’naviy zarar ko‘radi.
Shu bois ham o‘tkazilayotgan oylik doirasida bunday holatlar yuzaga kelishining oldini olish, aholining ogohligi va hushyorligini oshirish, turar-joylar va xalq xo‘jaligi inshootlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda. Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan aholi yashash joylarida, ijtimoiy ob’ektlarda yong‘inga qarshi tayyorgarlik holati bo‘yicha doimiy tekshiruvlar o‘tkazilayotir.
Amalga oshirilayotgan bunday ishlar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilib, jarimalar solinayotir.
Keyingi yillarda viloyatimizda qurilish ishlari hajmi ortib borayotgani ham yong‘inning oldini olish ishlariga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Tekshiruvlar aksariyat qurilish ob’ektlarida ishchilarning yashash va ovqatlanish joylariga o‘rnatilgan yoritish hamda isitish qurilmalari yong‘in va texnik xavfsizlik talablariga javob bermasligini ko‘rsatdi. Bunday o’ektlarda yong‘in xavfsizligi talablari bajarilishini ta’minlash maqsadida har yili “Vagon” tadbiri amalga oshirilayotir.
Bu yil ham ushbu tadbirni samarali o‘tkazishga harakat qilmoqdamiz. Buning uchun qurilish inshootlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlar, yong‘inga qarshi me’yoriy hujjatlarga rioya qilish darajasi atroflicha o‘rganilmoqda.
Aholi o‘rtasida olib boriladigan targ‘ibot ishlari oylikda amalga oshiriladigan tadbirlarning muhim qismini tashkil etadi. Boshqarmamiz tomonidan yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlar rejasi asosida mahallalarda, ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilayotir. Bunday uchrashuvlarda yong‘inning iqtisodiyotga, odamlar hayotiga yetkazishi mumkin bo‘lgan ziyoni aniq misollar orqali ko‘rsatib berilmoqda.

…Alanga sanoqli daqiqalarda bir xonadan ikkinchisiga o‘tib, uyning devorlarini qoplab oldi. Bolalarning sho‘xlik qilib, gugurt bilan o‘ynashi oqibatida paydo bo‘lgan yong‘in Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi Azizovlar oilasiga katta zarar yetkazdi.



Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga kelgan bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Ayniqsa, turmushda nosoz elektr isitish asboblaridan foydalanilganda bunday holatlar tez-tez sodir bo‘lmoqda va bu atrofdagilar hayotiga ham xavf solmoqda. Afsuski, bizning oddiy e’tiborsizligimiz, loqaydligimiz, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmasligimiz katta fojiaga aylanishi mumkinligini har doim ham o‘ylab ko‘rmaymiz..

– Bolalarning olov bilan o‘ynashi yong‘in paydo bo‘lishining keng tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi, – deydi Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB yong‘in xavfsizligi bo‘limi katta inspektori D.Abdumajidova. – Ba’zi ota-onalar gugurtni bolalarning qo‘li yetmaydigan joyga olib qo‘yishmaydi, ularni uyda qarovsiz qoldirishadi. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan bolalar ko‘pincha gugurt, elektr asboblari, gaz priborlari, maishiy kimyo vositalari bilan o‘ynaydi. Yong‘in chiqqan hollarda esa qo‘rquvdan uy burchaklari, shkaf, krovat ostiga bekinadi. Odatda, bunday vaziyatlarda bola qo‘rqqanidan kattalarni yordamga chaqira olmaydi. Bularning barchasi bolalar uchun ham, atrofdagilar uchun ham fojiali oqibatlarga olib keladi. Kattalar bolalarga olovdan ehtiyot bo‘lish, gugurt, maishiy elektr va gaz asboblari o‘yinchoq emasligini tushuntirsalar, yong‘inlar kam bo‘ladi. Zero, yong‘inni o‘chirishdan ko‘ra, uning oldini olgan afzal.
…Joriy yilning yanvar oyida Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi Muhabbat ko‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi. Alanga qo‘shni ko‘chaga ham o‘tib, yana bir qancha uylarga zarar yetkazdi. Bunga sabab bolalarning sho‘xlik qilib gugurt o‘ynashi bo‘ldi. Bundan tashqari, kashandalar sigaret qoldig‘ini o‘chirmasdan quti yoki axlat uyumiga tashlashi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan ko‘plab holatlar ham qayd etilgan. Masalan, poytaxtimizning O‘rikzor ko‘chasi va Boshliq dahasida shunday holat natijasida yong‘ir chiqqan. Buning aybdorlari e’tiborsizlik qanday oqibatlarga olib kelishi va yong‘in o‘z vaqtida o‘chirilmaganida atrofdagilar uchun haqiqiy falokatga aylanishi mumkinligi haqida, hatto, o‘ylab ham ko‘rishmagan.
Aholi punktlari, jamoat joylari, mahallalar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir choralar yil sayin kuchaytirilayotgani bejiz emas. Chunki fuqarolar xavfsizligi va salomatligini himoya qilish Prezidentimiz rahnamoligida ushbu sohada izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentabrda qabul qilingan «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonuni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Qonunda fuqarolarning yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tartibga solish va bu boradagi ishlarni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishga xizmat qiladigan qoidalar aks ettirilgan. Unda davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar, xo‘jaliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha javobgarligiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ishlab chiqarish obyektlari, muassasalar, tashkilotlar, uy-joy fondining idoraviy mansubligi yoki mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ularni tekshirish, yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan holatga keltirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni o‘tkazish ham katta ahamiyat kasb etadi. Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari har kuni tegishli idoralar bilan hamkorlikda iqtisodiyot va ijtimoiy soha obyektlarini tekshirib, monitoring qilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir choralar ko‘rilmoqda. Qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yayotgan javobgar shaxslar zimmasiga tegishli tartibda jarimalar yuklanmoqda.
Aholi o‘rtasida, qishloq fuqarolar yig‘inlari va mahallalarda tushuntirish ishlari kuchaytirilmoqda, bu borada binolar, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda yong‘in chiqqan hollarda qanday harakat qilish kerakligi, binolar hamda inshootlarda o‘rnatilgan yong‘inni o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rgazmali tashviqot va targ‘ibot vositalaridan keng foydalanilmoqda. Shubhasiz, ushbu ehtiyotkorlik choralarini har birimiz bilishimiz shart. Zero, yong‘indan ehtiyot bo‘lish – ko‘plab odamlar hayotini saqlab qolish, yong‘in keltirib chiqaradigan xavfning oldini olish demakdir. Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning birinchi choragida 200 dan ortiq yong‘in qayd etilgan va buning oqibatida 15 kishining sog‘ligiga zarar yetgan.
Shuni unutmaslik kerakki, yong‘in chiqishining oldini olish, tilsiz yovdan doimo ogoh va ehtiyotkor bo‘lish nafaqat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari, balki har birimizning burchimizdir.




Mavzu: Olov – tilsiz yov







Bajardi: To’lqinov Samandar
Tekshirdi: _________________
Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin