Agar bola nima chizish kerakligini so‘rasa, psixolog ko‘rsatmani
qayta
takrorlashi zarur. Vazifani bajarish vaqti chegaralanmagan (ko‘pincha 35 minutdan
oshmaydi). Vazifani bajarish jarayonida bayonnomada quyidagilar qayd qilinishi
zarur:
A) detallarni chizish ketma-ketligi;
B) 15 sekunddan ortiq pauzalar;
V) detallarni o‘chirish;
G) bolaning spontan (dabdurustdan, o‘z-o‘zidan berilgan) izohlari;
D) emotsional reaksiyalar hamda ularning tasvir mazmuni bilan aloqasi.
Vazifa bajarib bo‘lingach, psixolog verbal yo‘l bilan iloji boricha ko‘proq
ma’lumot olishga harakat qilishi lozim. Odatda quyidagi savol bilan murojaat
qilinadi:
1 Ayt-chi, bu yerda kim tasvirlangan?
2. Ular qaerda tasvirlangan?
3. Ular nima qilishayapti?
4. Buni kim o‘ylab topdi?
5. Rasmda chizilganlarning eng baxtlisi kim? Nima uchun?
6. Ulardan eng baxtsizi kim? Nima uchun?
Oxirgi ikkita savolga agar bola javob bergisi kelmasa, uni majburlash mumkin
emas. Chunki u hissiyotlar bilan bog‘liq.
Suhbat davomida psixolog bola chizgan rasmning
mazmunini aniqlashga
harakat qilishi zarur:
- agar oila a’zolaridan biri tasvirlanmagan bo‘lsa unga nisbatan hissiyotlarini;
- uning sabablarini; rasmdagi alohida detallar (hayvonchalar, qushchalar) bola
uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini bilish muhimdir. Ammo bunda iloji
boricha, to‘g‘ri, bevosita savollarga murojaat qilmaslik zarurki, bu bolada
tashvishlanish, himoya reaksiyalarini keltirib chiqarishi mumkin.
Ko‘pincha bunday hollarda proektiv savollarga
murojaat qilish maqsadga
muvofiqdir (masalan, «agar qushcha o‘rniga odam rasmi chizilgan bo‘lsa, u kim
bo‘lishi mumkin?», «Akang bilan musobaqalashsang kim yutgan bo‘lardi?», «Biror
yerga bormoqchi bo‘lsa, akang o‘zi bilan kimni olib ketar edi?»).
Suhbatdan so‘ng bolaga 6 turdagi vaziyatni hal qilish taklif qilinadi: ulardan
uchtasi oila a’zolariga nisbatan negativ hissiyotlarni, uchtasi ijobiy munosabatni
aniqlashga qaratilgan:
1. Tasavvur
qilaylik, sirkka 2ta chiptang bor. Kimni o‘zing bilan birga sirkka
taklif qilar eding?
2. Tasavvur qilaylik, oilangiz mehmonga borishi kerak. Biroq kimdir kasal
bo‘lib uyda qoladi. U kim?
3. Konstruktordan uy yasayapsan, lekin uning uddasidan chiqa olmayapsan.
Kimni yordamga chaqirasan?
4. Senda qiziqarli
filmga bir necha chiptalar bor, lekin u oila a’zolarining
sonidan 1taga kam. Uyda kim qoladi?
5. Tasavvur qilaylik, sen kimsasiz orolga tushib qolding, u yerda kim bilan
yashashni xohlarding?
6. Senda qiziqarli loto o‘yini bor. Oila a’zolaring bilan uni o‘ynamoqchisizlar.
Ammo bitta odam ortiqchalik qilayapti. Kim loto o‘ynamaydi?
Interpretatsiya uchun quyidagilarni bilish zarur:
a) tadqiq qilinayotgan bolaning yoshi;
b) uning a’zolari soni, aka-singillari yoshi;
v) agar iloji bo‘lsa, bolaning uy va bog‘chadagi, maktabdagi xulqi haqida
ma’lumotlar.
«Oila rasmi» metodikasi interpretatsiyasini shartli 3 qismga ajratish mumkin:
1) «oila rasmi» strukturasi tahlili;
2) oila a’zolari grafik tasviri xususiyatlari tavsifi;
3) rasm chizish jarayoni tahlili.
1. «Oila rasmi» strukturasini tahlil qilish va chizilgan hamda real oila tarkibini
taqqoslash.
Odatda, oilada ijobiy emotsiyalarni his qiluvchi bola oilani to‘laligicha aks
ettiradi. Tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, 6-8 yoshli, normal intellektga ega bo‘lgan
bolalarning 85% (oilasi bilan yashovchi) rasmda oila a’zolarini to‘liq
rasmini
chizadi.
Agar oila a’zolaridan birortasi tushib qolgan bo‘lsa, bunga alohida e’tibor
berilishi talab qilinadi. Chunki u emotsional ziddiyat, oiladagi mavjud vaziyatdan
qoniqmaslikdan dalolat beradi.
Ba’zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga
umuman aloqasi bo‘lmagan odamlar aks ettirilganligini ko‘rish mumkin. Bunday
holatlar juda kam uchraydi.
Buning sababi – oila bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy kechinmalar; rad etilganlik
hissi; himoyasizlik hissi, yuqori darajadagi xavotirlanish hamda psixo-logning
o‘rganilayotgan bola bilan yaxshi aloqa o‘rnata olmaganligi bo‘lishi mumkin.
Amaliyotda ba’zan bolalar oila a’zolaridan birini tushirib qolishdirishlari ham
uchrab turadi. Buning sababi o‘sha oila a’zosining emotsional yoqimsizligi, u bilan
nizoli munosabatning mavjudligidir. Odatda, ko‘proq
aka yoki singillar rasmi
chizilmay qoladi.
U yoki bu oila a’zosi rasmi nima uchun chizilmagan degan savolga himoya
javobi beriladi - masalan; «joy qolmagani uchun chizmadim», «U o‘ynashga
ketgan» kabi. Ba’zida esa ochiqdan ochiq: «Chizgim kelmadi, chunki u men bilan
urishadi», «U biz bilan birga yashashini xohlamayman» deb javob beradilar.
Ba’zan real oila a’zolari o‘rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini
chizishi mumkin. Bunda, psixolog uchun bola ular
bilan kimni identifikatsiya
qilayotganligi muhim (ko‘pincha bola oiladagi ta’sirni kamaytirishni xohlagan aka
yoki ukasini shunday aks ettiradi).
Ba’zi rasmlarda bola o‘z rasmini chizmaydi yoki oilasi o‘rniga faqat o‘zini
aks ettiradi. Bu bolaning o‘zini oila tarkibiga qo‘shmasligidan, oilada hamjihatlik
mavjud emasligidan dalolat beradi.
Rasmda «Men»ning mavjud bo‘lmasligi qabul qilinmaslik, rad etilish hissini
boshidan kechirayotgan bolalar uchun xarakterli.
Oila tarkibining kattalashtirilishi ham bizga ba’zi ma’lu-motlar berishi
mumkin. Odatda bu oiladagi psixologik ehtiyoj-larning qondirilmaganligi bilan
bog‘liq. Oilada yolg‘iz farzand bo‘lsa, affilyatsiya ehtiyojlari qondirilmasa,
qarindosh yoki qo‘shni bolalar yoki ba’zida
kuchukcha, mushukcha rasmini aks
ettirishi mumkin.
Rasmda oila a’zolarining joylashishi oiladagi o‘zaro munosa-batlarning
psixologik xususiyatlaridan darak berishi mumkin.
Oilaning jipsligi, oila a’zolari bir-birlari bilan qo‘l
ushlashib turishi,
umumfaoliyat bilan birlashuvi oilaning normal psixologik muhiti ko‘rsatkichi
hisoblanadi. Bunga qarama-qarshi xarakteristikali rasmlar emotsional aloqalarning
past darajasidan dalolat beradi.
Oilaning bir qismi bir guruhda chizilgan, bitta yoki bir necha shaxs alohida
tasvirlangan rasmlar psixologik jihatdan qiziqarlidir. Agar bola o‘zini alohida ajratib
qo‘ysa, bu uning ajralib qolganlik hissi mavjudligini bildiradi. Agar oila a’zolaridan
birortasi alohida qilib chizilsa, bolaning unga nisbatan negativ munosabati, undan
bolaga kelayotgan xavf haqida taxmin qilish mumkin.
Rasmda oila a’zolarini guruhlarga birlashtirish oilaning psixologik
mikrostrukturasini aniqlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: