olympiad.uzedu.uz Telegram (
https://t.me/olimpdep
)
Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi)
Biologiya 9-sinf
20.10.2023, 11:00-12:30
1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi
1. Quyidagilarni hayotning tuzilish darajalari bilan moslang.
1) xloroplast; 2) ildiz
A) 1 - hujayra; 2 – organ
B) 1 - molekula; 2 - organ
C) 1 - molekula; 2 - to‘qima
D) 1 - hujayra; 2 - to‘qima
2. To‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Asalarilarning ko‘zi sariq va yashil ranglarni hamda infraqizil nurlarni yaxshi farqlaydi.
B) Qo’ng’ir suvo‘ti porfira fotosintez qiladi va undan olinadigan moddadan marmelad tayyorlanаdi.
C) Kollenxima mexanik to‘qima bo‘lib,uning hujayrasi qalin qobiq va xloroplastga ega.
D) Chaqaloqlarda to‘sh suyagi orqasida joylashgan bezning massasi 1 gr.
3. Prokariot organizmlarga xos xususiyatni aniqlang.
A) ribosomalarida ATF sintezlanadi
B) sentriolalar soni ikkita
C) hujayra qobig‘i mureindan iborat
D) hujayra qobig‘i
xitindan iborat
4. Oshqozonda sodir bo‘ladigan jarayonni aniqlang.
A) oqsillarning aminokislotalargacha parchalanishi B) o‘t suyuqligining yog‘larga ta’siri
C) amilazaning kraxmalga ta’siri
D) lisotsim ta’sirida bakteriyalarning nobud bo‘lishi
5. Oddiy gulqo‘rg‘onga ega, bir urug‘li, quruq mevali o‘simlikni aniqlang.
A) bug‘doy
B) greyg lolasi
C) chuchmoma
D) g‘o‘za
6. Yo‘sinlarning sporofiti uchun mos keladigan to‘g‘ri javobni aniqlang.
A) sporadan rivojlanadi, gametofitda rivojlanadi
B) rizoid,
poya va bargga ega
C) sporangiyband va sporangiydan iborat, zigota hosil qiladi
D) zigotadan rivojlanadi, sporangiyband
va sporangiydan iborat
7. Umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydigan murakkab bargli o‘simliklarni aniqlang.
1) mosh; 2) shirinmiya; 3) yong‘oq; 4) na’matak; 5) yeryong‘oq; 6) yantoq.
A) 1, 5 B) 3, 6
C) 4, 6 D) 2, 3
8. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar uchun xato fikrni aniqlang.
A) salamandra suvda yashab quruqlikka tuxum qo`yadi
B) baqaning oldingi oyoq skeleti bitta yelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyaklaridan iborat
C) qurbaqa orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo`lganidan o`rmalab yuradi
D) miyachasi baliqlarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan
9. Yassi suyaklar (a) va uzun g‘ovak suyaklar (b) odam tanasining qaysi qismlarida uchraydi?
1)
miya qutisi; 2) qo‘l skeleti; 3) oyoq skeleti; 4) yelka kamari; 5) ko‘krak qafasi; 6) umurtqa pog‘onasi.
A) a-1, 4; b-5, 6
B) a-2, 3; b-4, 5
C) a-4, 5; b-2, 3
D) a-1, 5; b-4
10. Odam ko‘zidagi to‘r parda uchun xarakterli bo‘lgan belgilarni aniqlang.
1) ko‘z soqqasining
optik funksiyasini bajaradi; 2) unda ko‘rish analizatorining periferik qismi joylashgan; 3)
qon- tomir parda va fibroz parda oralig‘ida joylashgan; 4) ko‘zning retseptorlik
funksiyasini bajarishda
ishtirok etadi.
A) 1, 4
B) 1, 3
C) 2, 4
D) 2, 3