olympiad.uzedu.uz Telegram (
https://t.me/olimpdep
)
Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi)
Biologiya 9-sinf
20.10.2023, 11:00-12:30
25. Sxemada organizm va tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi jarayoni ko‘rsatilgan. C harfi o‘rniga
mos keluvchi organlar sistemasini aniqlang.
26. Maxsus ozuqa muhitida bittadan ichak tayoqchasi va pichan bakteriyasi o‘stirildi. Birinchi bakteriya 25
daqiqada, ikkinchisi 30 daqiqada bo‘linadi. 2,5 soatdan so‘ng ikkala bakteriyaning 25 foizi nobud bo‘lsa,
ja’mi qancha bakteriya nobud bo‘lganligini aniqlang.
27. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangning rivojlanish
bosqichlari ketma-ketligini
to‘g‘ri va to‘liq
tartibda
yozing.
1) parazitning finnaga aylanishi; 2)
tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3) parazitning ingichka ichakda voyaga
yetishi; 4) lichinkaning ichakdan qonga o‘tishi; 5) cho‘chqaning
paraziti bilan zararlanlanishi; 6) lichinkaning
muskullariga o‘tishi; 7)
parazitning odamga yuqishi
28. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini
to‘g‘ri va to‘liq
tartibda yozing.
1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta
va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi.
29. DNK fragmentida 56 ta timin nukleotidi mavjud bo`lib, umumiy nukleotidlarning 20% ini tashkil etadi.
Mazkur DNK fragmentidagi jami nukleotidlar sonini toping?
30. Katta yoshdagi odamlarda qalqonsimon
bez faoliyati pasayib, tiroksin kam ishlab chiqarilishining
kamayishi natijasida moddalar
almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi,
qovoqlar shishib
ketadi. Kasallik nomini aniqlang