Sanoat portlovchi moddalarini ro‘yxatga olish va tarqatish tartibi Sanoat portlovchi moddalarini ro‘yxatga olish quyidagi 4 ta kitob asosida amalga oshiriladi:
1.Portlovchi materiallar kirimi va sarfini hisobga olish kitobi;
2.Portlovchi materiallarni tarqatishni va ularning qaytimini hisobga olish kitobi;
3. Yuk qog‘ozi (Naryad nakladnaya);
4. Yuk (naryad) yo‘llanmasi.
Portlovchi modda kirimi va sarfini ro‘yxatga olish kitobi - 1-shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi, mazkur kitob sahifalari raqamlangan, tikilgan va surguch muhr yoki plomba yordamida nazorat qiluvchi organ tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart. Ushbu kitob ombor mudiri tomonidan portlovchi materiallarni miqdor bo‘yicha hisobga olish uchun bazis va sarflovchi omborxonada yuritiladi.
Har bir turdagi portlovchi material uchun alohida sahifa ochilib mazkur turdagi portlovchi material kundalik sarfinidan kelib chiqqan holda ma’lum sahifalar qoldiriladi. Har bir portlovchi material turi bo‘yicha qoldiq sutka so‘ngida hisoblanadi.
Portlovchi materiallarni tarqatishni va ularning qaytimini hisobga olish kitobi - 2-shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib uning sahifalari raqamlanib, tikilgan va nazorat qiluvchi organ tomonidan muhr yoki plomba bilan tasdiqlangan bo‘ladi.
Mazkur kitob sarflovchi ombor mudiri yoki tarqatuvchisi tomonidan yuritiladi. Har sutka so‘ngida qaysi turdagi portlovchi materialdan qancha tarqatilgan va qanchasi qaytarilganligi hisoblanadi. 2-shakl bo‘yicha sutka davomida sarflangan portlovchi materiallar har kuni 1-shaklga ham yozib qo‘yiladi.
Yuk qog‘ozi (Naryad nakladnaya) - 3-shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib portlovchi materiallarni bir ombordan ikkinchisiga tashishda rsamiylashtiriladi. Yuk qog‘ozi korxona hisobxanasi tomonidan 4 ta nusxada tuzilib, korxona rahbari (yoki bosh muhandisi) va bosh hisobchi tomonidan imzolanib tasdiqlanadi va korxona hisobxonasidagi maxsus kitobda tartib raqami, olingan sanasi va portlovchi materialni qabul qilib oluvchining nomi ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olinadi.
Yuk qog‘ozi portlovchi materiallarni qabul qilib oluvchiga beriladi va omborxonadan portlovchi materiallar olingandan so‘ng bir nusxasi portlovchi materiallarni qabul qilib oluvchiga beriladi, bir nusxasi omborxonada saqlanadi va ikki nusxasi korxona hisobxonasiga qaytariladi. Bunda korxona hisobxonasiga yuborilgan yuk qog‘ozi bir nusxasi ombordan qancha portlovchi material olinganligini hisobga olish uchun xizmat qilsa ikkinchi nusxasi esa portlovchi
materiallar narxlari ko‘rsatilgan holda portlovchi materialni qabul qilib oluvchiga yuboriladi.
Yuk yo‘llanmasi - 4-shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib portlovchi materiallarni ombordan portlatish ishlarini olib boriladigan joyga olib ketish uchun portlatuvchi (portlatish ishlari ustasi) ga beriladi, uchastka boshlig‘i yoki uning yordamchisi, yoki smena boshlig‘i (yoki portlatish ishlari texnik rahbari) tomonidan imzolanadi.
Portlatish ishlari ikki va undan ortiq portlatuvchi bilan amalga oshirilsa yuk yo‘llanmasi katta portlatuvchi (portatish ishglari ustasi) ga rasmiylashtiriladi. Ish smengasi tugagandan so‘ng portlatuvchi (portlatish ishlari ustasi) yuk yo‘llanmasiga portlovchi materiallarning sarfini yozib o‘z imzosini qo‘yadi. Portlatish ishlari ustasi (portlatuvchi) portlovchi materiallar ortib qolganda omborga topshirishi shart. Ilgari olingan portlovchi materiallar sarfi bo‘yicha hisobot topshirmagan portlatuvchiga ombordan portlovchi material berilmaydi.
Portlovchi materiallarni saqlash, hisobga olish va foydalanish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Vazirliklar, idoralar, kombinat va trestlarning boshqarmalari rahbarlari quyidagilar uchun javobgar:
• portlovchi materiallarga bo‘lgan ehtiyoj uchun ilova (talabnoma)larning to‘g‘riligi;
• korxonalar va bazis omborlari bo‘yicha portlovchi materiallarni to‘g‘ri taqsimlash;
• omborlarda portlovchi materiallarning saqlanishi, ishlatilishi va hisobi hamda ularni qo‘riqlanishi ustidan qat’iy nazorat qilinishiga rioya qilish;
• tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda zarur miqdordagi portlovchi materiallar uchun zarur sig‘imdagi omborlar bilan ta’minlash;
• portlovchi materiallarni sinovdan o‘tkazish uchun bazis omborlarini laboratoriya bilan ta’minlash;
• portlovchi materiallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish qoidalarini buzgan shaxslarni o‘z vaqtida javobgarlikka tortish.
XULOSA:
Sanonat portlovchi moddalari bilan ishlashda ,ularni tashishga,saqalashda o’ta ehtiyotkor bo’lishimiz kerak ,chunki ular inson hayoti uchun xafli bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Мангуш С.К., Крупов Г.М. Взрывные работы при подземной
разработке полезных ископаемых. М., ЛГИ, 2000.
2. Мангуш С.К. Взрывные работы при проведении подземных
горных выработок. Издательство ММГУ, М., 1999.