Ommaviy axborot vositalari. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari



Yüklə 127,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix19.12.2023
ölçüsü127,6 Kb.
#185547
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tKOyxvgpcOjaHloHfGRlhPaX6RWta4e5DsVDNDOa

ISH YURITISH TARIXI
Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun mo`ljallangan mazkur kurs ularga respublikamizda faoliyat
ko`rsatayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yuritib kelinayotgan ish qog`ozlari turlari, ularning
vazifasi, ularda aks etadigan ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, hujjatlarning zaruriy qismlari, ular
bilan bog`liq atamalar to`g`risida ma’lum tushunchalar beradi.
Ma’lumki, respublikamizda 1989-yil 29-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili huquqi berilgan, 1991-yil 31-
avgustda esa mamlakatimiz sobiq sho`rolar hukmronligidan qutilib, mustaqillikka erishgan bo`lsa-da, bir qator
korxonalarda hujjatlar, ish qog`ozlarini davlat tilida yangi alifbo va imlo qoidalari asosida yuritishga o`tish biroz
qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning bir qancha sabablari bor, albatt. Ulardan biri yangi alifbo va imlo qoidalari
asosida davlat tilida ish yuritish bo`yicha maxsus o`quv qo`llanmalari, uslubiy ishlarning kamligi bo`lsa,
ikkinchidan, bu sohada ish yurituvchi mutaxassis-xodimlar tayyorlashning hali keng tus olmaganligidir.
Ish qog`ozlari yuritish bo`yicha dastlabki bilimlar umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlarida
berilmoqda. Chunki bu o`quv yurtlarini tugatgan har bir yosh tegishli ma’lumotga egaligi to`g`risidagi hujjatni
qo`lga olgach, mustaqil hayotga qadam qo`yadi. Ana shu davrdan boshlab ular ish qog`ozlari, hujjatlarga har
qadamda duch kela boshlaydilar. Ishga kirish uchun, o`quv yurtiga hujjat topshirish uchun, mehnat ta’tili olish
yoki biror voqea tufayli o`z hisobidan mehnat ta’tili olishi uchun ariza yozishi, mehnat ta’tilidan qaytganligi yoki
betoblikdan so`ng ishga tushganligi to`g`risida bildirishnoma yozishi, yo`l qo`yilgan xato-kamchiliklar yoki
nojo`ya xatti-harakatlar uchun tushuntirish xati yozishi, bajarilgan ishlar yoki berilgan topshiriqlar yuzasidan,
xizmat safari bo`yicha hisobot yozishi, yetkazilgan moddiy, ma’naviy yoki jismoniy zarar uchun da’vo arizasi
yoxud shikoyat xati yozishiga to`g`ri keladi. Ba’zan mana shunday hujjatlarni o`rta yoki o`rta-maxsus ma’lumotli
mutaxassisgina emas, balki oliy ma’lumotli malakali mutaxassislar ham to`g`ri rasmiylashtira olmaydilar. Shunga
ko`ra oliy o`quv yurtlari talabalari uchun “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kursining
kiritilishi hamda o`qitilishi har tomonlama maqsadga muvofiq ish bo`ldi. Shuningdek, bu kurs akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida keyingi yillarda o`tila boshlagan “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish” fanining
mantiqiy davomi sifatida talabalarning bu sohadagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish uchun xizmat qiladi.
Mazkur kurs talabalarga amaliyotda qo`llanib kelinayotgan hujjatlar, ularning xillari, har bir hujjatda
qamrab olinishi lozim bo`lgan o`ziga xos dalillar, ma’lumotlar, axborotlar, fikr-mulohazalar, ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy hayotimizga oid, o`z mutaxassisliklariga doir hamda hujjatlar yuritishga oid atamalar,
ularni tanlash va qo`llashdagi o`ziga xos xususiyatlarni kengroq o`rganishlari uchun xizmat qiladi.
Ma’lumki, insoniyat tarixida yozuvning ixtiro qilinishi bilan bog`liq ravishda yozma nutqning vujudga kelishi
hamda taraqqiy eta borishi asosida eng qadimgi


zamonlardan boshlab kishilik jamiyatida insonlarning o`zaro turli-tuman munosabatlarini aks ettiruvchi
yozishmalar, solnomalar, hujjatlar, badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar yaratib kelingan. Hujjatlar kishilar, jamoalar
o`rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish, davlat ichidagi hamda davlatlararo ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy, ma’rifiy, harbiy sohalarda aloqalar o`rnatish, hamkorlik qilish, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash va
rivojlantira borishlari uchun xizmat qilib kelgan.
Tarixda Bobil shohi Hammurapining (mil.av.1792-1750-yy.) va shoh Ur-Nammuning (mil.av.2112-2094-yy.) 
qonunlar majmui eng qadimgi va nodir hujjatlar namunasi sifatida mashhurdir. Davlatni idora qilish tartib-qoidalari, 
turli mansab egalarining vazifalari, soliq solish va uni to`plash tartibi, harbiy yurishlar o`tkazish, qo`zg`olonlarni
bostirish qoidalari bayon etilgan turk hoqonlarining “Qonunnoma”si, Xondamirning “Qonuni Humoyun”i, 
Ro`zbexoning “Suluk al-muluk” kitobi kabi noyob manbalar ham turkiy xalqlar tarixida hujjatchilik an’analarining
qadimgi davrlardan boshlanganligini ko`rsatadi. Qayd etib o`tilgan tarixiy manbalardan tashqari hoqonliklar, 
shohliklar, xonliklar, amirlik va bekliklarda yuritilgan farmonlar, bitimlar, arznomalar, yorliq, tilxat, qarznoma va
guvohnomalar kabi hujjatlarning turli yozuvlarda tayyorlangan nusxalari, namunalari bizgacha yetib kelgan. 
Davlatning ichki va tashqi siyosatida muhim o`rin tutuvchi yorliqlar o`rta asrlarda alohida ahamiyatga ega bo`lgan. 
Bunga To`xtamishxonning 1393-yili polyak qiroli Yagayloga yo`llagan yorlig`i, Temur Qutlug`ning 1397-yilda 
berilgan yorlig`i, Umarshayxning marg`ilonlik Mir Sayid Ahmadga 1469-yili taqdim etgan yorlig`i, Toshkent hokimi
Yunusxonning 1797-yil 2-iyunda Rusiya podshosiga yuborgan yorliqlari va boshqa shu kabi hujjatlarni misol
tariqasida keltirish mumkin (2, 3-12-b., 6, 85-90-b.).
Bizgacha yetib kelgan hujjatlar ichida eng muhimi va butun dunyoga tarqalib, shohlar va sarkardalar, davlat
arboblari uchun dasturilamal vazifasini o`tab kelgan noyob manba buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning
“Temur tuzuklari”dir. U o`rta asrlar davlatchiligining asosiy qonuni sifatida mashhur bo`lib, unda davlatni idora
qilishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo`shin boshliqlarini saylash, 
sipohiylarning maoshi, boj va soliq to`lash tartib-qoidalari, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va
qo`shin boshliqlarining burch va vazifalari, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko`rsatgan alohida
xizmatlarini qay tarzda taqdirlash tartibi va boshqa shu kabilar o`z ifodasini topgan.
Bizgacha yetib kelgan manbalar orasida VII asr oxiri va VIII asr boshlarida Sug`d podsholigi davriga tegishli 80 
ga yaqin noyob (Panjakent yaqinidagi Mug` tog`ida joylashgan qadimgi qasr xarobalaridan topilgan sug`dcha) 
hujjatlar Sug`d davlatida ish yuritishning ahvolidan darak bersa (3, 3-57-b.), 800 ga yaqin hujjatlarni qamrab olgan
“Vasiqalar to`plami” 1588-1591-yillarda Samarqanddagi tarixiy voqelikni, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaqqol
aks ettiradi (4, 5-125-b.).


“Sug`d arxivi”dagi sug`dcha nikoh guvohnomasi 710-yilning 25-martida yozilgan bo`lib, unda turk
zodagoni Uttakinning sug`d ayoli Dug`dgunchaga uylanishi rasmiylashtirilgan hamda kelin bilan kuyovning
vazifa, burch va majburiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, yer xarid qilish, tegirmonni ijaraga olish, 
xarajatnoma va o`zaro yozishmalardan iborat bir qator nodir hujjatlar So`g`d
podsholigi davrida xalq hayotining qanday bo`lganligini o`rganish uchun muhim manba bo`ladi.
“Vasiqalar to`plami”dagi hujjatlarda esa meros mulkni taqsimlash, bolalarni hunar o`rganish uchun shogirdlikka
berish, korxonalar, savdo do`konlari, yer-suv hamda uy-joy, mol-mulkni sotish, sotib olish yoki ijaraga berish, qullar
mehnatidan foydalanish, qullarni ozod etish, taloq, sulh kabi munosabatlar o`sha davr huquqni nazorat etuvchi
mutasaddilari – qozilar tomonidan tasdiqlangan.
Amir Temur tuzgan qudratli davlat o`rta asrlar ilm-fani, adabiyoti va san’ati rivojiga katta yo`l ochgani
barchaga ayon. Amir Temur va uning avlodlari tomonidan boshqarilgan yurtlarda davlat ishlari turkiy (o`zbek) tilda
yuritilgan. Bunga, ayniqsa, Husayn Boyqaro hukmronligi davrida alohida e’tibor bilan qaralgan. Ularning bu
an’analari keyingi asrlarda Buxoro, Qo`qon, Xiva xonliklari tomonidan takomillashtirilib, rivojlantira borildi. Afsuski,
XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridan e’tiboran ko`p asrlar davomida shakllantirilib, rivojlantirilgan bu an’analar
davom ettirilmay to`xtatib qo`yildi.
Markaziy Osiyo, shu jumladan, O`rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi bilan butun
mamlakatdagi boshqaruv-nazorat organlarida barcha hujjatlar rus tilida yuritiladigan bo`ldi. Mustabid tuzumga qarshi
qaratilgan 1917-yil oktabr to`ntarishi ham bu sohada jiddiy o`zgarishlar bo`lishiga olib kelmadi. 1924-yilga kelib
sobiq sho`rolar davlati tarkibida O`zbekiston Respublikasi tashkil topdi. Shu yilning 31-dekabrida O`zbekiston
Respublikasi inqilobiy komiteti “Ishlarni o`zbek tilida yurgizish hamda O`zbekiston jumhuriyatining inqilobiy
komiteti huzurida markaziy yerlashtirish hay’ati va mahallalarda muzofot yerlashtirish hay’atlari tuzilishi to`g`risida”
48-raqamli qaror qabul qildi. Unda hukumat, kooperativ, xo`jalik idoralari, muassasa, tashkilot va korxonalarda butun
yozuv ishlarini faqat o`zbek tilida yurgizishga majbur etish vazifasi qo`yilgan edi.
1928-yilga kelib “Davlat idoralarini o`zbeklashtirish” hamda “O`zbekiston Respublikasida idora, korxona va
tashkilotlari ishchi xodimlarini o`zbek tiliga majburiy o`rgatish to`g`risida” ikkita tarixiy qaror qabul qilinadi. Ularda
davlat idoralarini o`zbeklashtirish Markaziy Komissiyasiga idoralarda ish yuritish hujjatlarini mahalliy va rus tiliga
o`tkazish, idoralarni asta-sekin ikki tilni biladigan xodimlar bilan to`ldirish, o`zbek tilini o`rganish uchun bir, ikki, uch
yillik to`garaklar tashkil etish vazifasi yuklatilgan edi. Idora va muassasalarga 1929-yil 1-oktabrdan boshlab o`zbek
tilini bilmaydigan xodimlarni ishga olmaslik, o`zbek tilini mensimagan yoki unga nisbatan g`ayri munosabatda


bo`ladiganlarni o`zbek tilini biladigan xodimlar bilan almashtirish huquqi berilgan edi.
1931-yili O`zR Markaziy Ijroiya Qo`mitasi va Xalq Komissarlari Soveti tomonidan idoralarni o`zbeklashtirish to`g`risida
yana bir qaror qabul qilinib, unda 1933-yil 1-aprelgacha butun O`zbekiston bo`ylab o`ta muhim bu ishni tugallash
belgilangan edi. Ming afsuski, qisqa muddat ichida ketma-ket qabul qilingan bu qarorlarning birortasi ham hayotga tatbiq
etilmasdan qog`ozlarda qolib ketdi. Mamlakatda nafaqat ziyolilar, balki ozgina mustaqil fikrlashi mumkin bo`lgan
dehqon-u ishchilarga qarshi qaratilib, takror-takror o`tkazilgan qatag`on qirg`inlari, mash’um ikkinchi jahon urushi, 
millionlab begunoh insonlar yostig`ini quritgan shaxsga sig`inish davri, talon-tarojliklar avjiga chiqqan turg`unlik yillari
sobiq shurolar davlati tarkibida bo`lgan, nomigagina teng huquqli hisoblangan
respublikalarning milliy tillariga bo`lgan eskicha – o`gay munosabatlarni mustahkamlab keldi, xolos.
Hujjatlarning “bepoyon yurt”ning barcha nuqtalarida faqat rus tilida yuritilishi, qariyb 130 yil davomida hukm surgan
mustamlakachilik munosabatlari va tazyiqlar natijasida o`zbeklar yurtida asrlar davomida shakllangan ish yuritish va
hujjatchilik sohasida uzilish yuz berishiga olib keldi. Ish yuritish borasidagi an’analar davom etmay qoldi. Eng
achinarlisi, o`zbek tili o`z nomi bilan ataladigan respublikada bir chekkaga surib qo`yildi. Rus tilini bilish
baynalmilallik belgisi qilib qo`yilgani holda o`zbek tilini bilish, unda gapirishni talab etish esa millatchilik deb
hisoblanadigan darajaga yetdi. Natijada nafaqat og`zaki nutqimizda, hatto adabiy tilimizda ham spravka, akt, protokol,
instruksiya, dogovor, avtobiografiya, otchot, raport, xarakteristika, rekomendatsiya, retsenziya kabi ish yuritish va
hujjatchilikka oid ko`plab atamalarning qo`llanishi odatiy holga aylandi. Xayriyatki, 1989-yil 21-oktabrda istiqlol sari
tashlangan dadil qadam sifatida O`zbekiston Respublikasining 30 moddadan iborat “Davlat tili haqida”gi tarixiy
qonuni qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasining 1991-yil 31-avgustda mustaqil davlat deb e’lon qilinishi
qaddimizni bukib kelgan barcha tahqir va tazyiqlardan ozod etdi. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun – 21-
oktabr o`zbek tili bayrami kuni deb e’lon qilindi va har yili boshqa bayramlar qatori yuqori ko`tarinkilik bilan
nishonlanib kelinmoqda.
Mazkur tarixiy qonun qabul qilingan paytda O`zbekiston Respublikasi hali sobiq sho`rolar davlati tarkibida
bo`lib, birgina qonun qabul qilish bilan o`zbek tilining mamlakat ichida va undan tashqaridagi obro`-e’tibori, xalqaro
mavqeyini tezdan tiklash qiyin edi. Shuningdek, mazkur qonunda o`zbek tili bilan bir qatorda rus tiliga ham
millatlararo muomala tili sifatida bir talay imtiyozlar ham berilgan ediki, bu hol ham o`zbek tilining davlat tili sifatida
keng miqyosda qo`llanishiga biroz bo`lsa-da, soya tashlar edi. Shuning uchun ham istiqlolga erishilgach, qonun qayta
ishlanib, davr talabidan ortda qolayotgan moddalar yangilari bilan almashtirildi, mustaqil davlat hayotiga mos keluvchi
yangi tahrirda 1995-yil 21-dekabrda qabul qilindi. Avvalgi qonun 30 moddadan iborat bo`lgan bo`lsa, yangi tahrirdan


so`ng u 24 moddaga keltirildi. Qonunning 1-moddasidayoq “O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek
tilidir” deyilgan (1, 8-b.). Mazkur moddaning o`ziyoq respublikamizda ish yuritish – hujjatlar bilan bog`liq barcha
ishlarning davlat tilida olib borilishi lozimligini talab etadi. Bu esa O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-
moddasi bilana hamohang bo`lib, unda shunday deyilgan: “O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.
O`zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat
qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” (5, 8-b.).
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi 311-sonli qarori bilan “Davlat tili
haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining amalga oshirilishini ta’minlash Davlat dasturi o`zgartirish va
qo`shimchalar kiritilgan yangi tahrirda tasdiqlandi. Davlat dasturiga asoslanib O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta
maxsus ta’lim vazirligi 1996-yil 14-noyabrda O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” (yangi tahrirda)gi
Qonunini bajarish tadbirlari to`g`risida 267-sonli buyruq chiqardi. Unda o`quv yurtlarida xodimlar va talabalar uchun
“Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kurslarini 1997-yildan e’tiboran doimiy ravishda tashkil
etish qat’iy qilib qo`yildi. Shu yildan boshlab Davlat dasturi
hamda vazirlikning tegishli buyruqlari asosida oliy o`quv yurtlari talabalariga mazkur kursdan amaliy
mashg`ulotlar o`tib kelinmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, Davlat dasturi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim
vazirligining buyrug`i asosida o`quv jarayoniga tatbiq etib kelinayotgan mazkur kurs “Davlat tili haqida”gi
qonunning quyidagi moddalariga tayanadi:
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o`zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va
normalariga rioya etiladi.
Davlat o`zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan unga hamma e’tirof qilgan
ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo`mitasining
roziligi bilan o`zbek tiliga joriy etiladi.
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa
tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.
10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika
va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko`pchiligi o`zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat
tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin (1, 16-22-b.).


Ma’lumki, eng kichik, quyi, boshlang`ich tashkilotlardan tortib, davlatning oliy organlarigacha
hujjatlarga tayanib, ish yuritadi. Yaqin vaqtlargacha hujjatlar asosan rus tilida rasmiylashtirilar edi. O`zbek
tilida esa ayrim hujjatlargina yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslangan bo`lib,
milliylikdan yiroq edi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda
yuritiladigan hujjatlar o`zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilmoqda. Oliy o`quv
yurtlarini bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislar o`zlari ishga boradigan mehnat jamoalarida ish
qog`ozlari, hujjatlarning mantiqiy to`g`ri yozilishi yoki to`g`ri to`ldirilishi, ishoraviy, imloviy, uslubiy
xatolarsiz, davr talabiga javob beradigan tarzda rasmiylashtirilishiga yaqindan ko`maklashishlari lozim.
Buning uchun esa bitiruvchi talabalarimiz nafaqat hujjatlar bo`yicha, balki yangi alifbo va imlo qoidalari
bo`yicha ham yetarlicha tushunchaga ega bo`lishlari talab etiladi.


*
М.Аминов, А.Мадвалиев, Н.Ма
ҳ
камов, Н.Махмудов. Иш юритиш. Т.
“Ўзбекистон миллий энциклопедияси”, 2000.
N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo‘ldoshev. Davlat tilida ish yuritish. T., “Sharq” 
2004. 
Ризаев С. Иш
қ
о
ғ
озларининг айрим намуналари. Т., "Ме
ҳ
нат" 1990.
Т.З. Имамова, Л.А. Тухватуллина. Иш 
қ
о
ғ
озлари 
қ
андай ёзилади? Как 
писать деловые бумаги? Т., “Ўзбекистон”, 1992.

Yüklə 127,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin