Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so‘zini bosh harflar
bilan ikki nuqta qo‘yib yozishdan boshlanadi. Shundan so‘ng farmoyish yoziladi. Agar
farmoyish bir nechta bo‘lsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi.
Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi
fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin,
o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi).
Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani qayd etiladi.
Ba’zan farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bo‘lgan hujjat nomi ham ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: