Tahririyat ommaviy axborot vositasining chiqarilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yuridik
shaxsning tarkibiy bo’linmasidir.
Tahririyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Tahririyat o’z kasb faoliyatida mustaqildir.
Tahririyat bosh muharrir va tahririyat xodimlaridan iborat bo’lishi mumkin.
Tahririyat ommaviy axborot vositasi davlat ro’yxatidan o’tkazilganidan keyin o’z faoliyatini boshlashi
mumkin.
Tahririyat faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: