17-modda. Tahririyat xodimi
Tahririyat shtatida turgan, materiallarni to’plash, tahlil, tahrir qilish hamda tayyorlash bilan shug’ullanuvchi
shaxs tahririyat xodimidir.
18-modda. Ommaviy axborot vositasining chiqarilishiga doir ma’lumotlar
Har bir davriy nashrning chiqarilishida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi shart:
•
davriy nashrning nomi;
•
davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanasi va raqami;
•
muassisning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
•
bosh muharrirning familiyasi, ismi, otasining ismi;
•
har bir davriy nashr chiqarilishi uchun mas’ul bo’lgan tahririyat xodimining familiyasi, ismi,
otasining ismi;
•
tartib raqami va chiqarilgan sanasi, davriy bosma nashrlar uchun esa bosishga ruxsat berilib,
imzo qo’yilgan vaqt (jadvalda belgilangani va amaldagisi);
•
davriy bosma nashrlar uchun - indeksi, adadi, bahosi yoki "Kelishilgan narxda", "Bepul" degan
yozuvlar;
•
tahririyat va bosmaxonaning joylashgan yeri (pochta manzili).
Tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlarga va ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa elektron
shakllariga doir ma’lumotlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |