Ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi arizada quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
tahririyatning joylashgan yeri (pochta manzili) va tahririyat to’g’risidagi boshqa ma’lumotlar;
•
muassis va tahririyat boshqa qaysi ommaviy axborot vositalariga nisbatan muassis, ishonchli
boshqaruvchi, noshir, tarqatuvchi ekanligi haqidagi (barcha affillangan shaxslarning va ulardan
har birining tahririyat ustav fondidagi ulushi miqdorlari ko’rsatilgan) ma’lumotlar.
Ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi arizaga ommaviy axborot vositasining ta’sis
hujjatlari ilova qilinadi.
Agar muassis bitta shaxsdan iborat bo’lsa, ro’yxatdan o’tkazuvchi organga taqdim etiladigan ommaviy
axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi arizaga faqat tahririyat ustavi (nizomi) ilova qilinadi.
Ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazishda ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa talablar
qo’yish taqiqlanadi.
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi-beshinchi xatboshilarida, shuningdek ikkinchi qismida
ko’rsatilgan ma’lumotlar va hujjatlarga ommaviy axborot vositasi ro’yxatdan o’tkazilganidan so’ng
o’zgartishlar kiritilgan taqdirda, u belgilangan tartibda qayta ro’yxatdan o’tishi shart. Qolgan hollarda
muassis yoki tahririyat kiritilgan o’zgartishlar to’g’risida ro’yxatdan o’tkazuvchi organni bir oy muddatda
yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Dostları ilə paylaş: