28-modda. Davriy bosma nashrlarga ilovalar
Davriy bosma nashrlar ilovalar bilan chiqarilishi mumkin. Ilovalar qaysi davriy nashrga taalluqli bo’lsa,
ularda o’sha asosiy davriy bosma nashrning nomi ko’rsatilishi kerak.
Davriy bosma nashrning alohida nomga ega bo’lgan ilovalariga mustaqil ommaviy axborot vositasi
sifatida qaraladi va ular umumiy asoslarda ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.
29-modda. Nazorat nusxalari va majburiy nusxalar
Davriy bosma nashrlarning nazorat nusxalari tahririyatga, muassisga va ro’yxatdan o’tkazuvchi organga
bepul yuboriladi.
Davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasalar va tashkilotlarning ro’yxati
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
30-modda. Ommaviy axborot vositalari bozorini monopollashtirishga yo’l qo’yilmasligi
Ommaviy axborot vositalari bozorini monopollashtirishga yo’l qo’yilmaydi.
Bironta ham yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositalarining tegishli markaziy yoki mahalliy
bozoriga chiqariladigan ommaviy axborot vositalarining yigirma besh foizidan ortig’iga muassis
(hammuassis) bo’lishga va (yoki) ularni shuncha miqdorda o’z mulkida, egaligida, foydalanishida,
tasarrufida, yurituvida yoxud boshqaruvida (bevosita yoki affillangan shaxslar orqali) saqlashga haqli
emas.
31-modda. O’zbekiston Respublikasi hududida chet davlatlar ommaviy axborot vositalari
Dostları ilə paylaş: |