14-modda. Muassisning majburiyatlari
Muassis:
•
tahririyatni tashkil etishi;
•
tahririyat ustavini (nizomini) tasdiqlashi;
•
tahririyat bilan shartnoma tuzishi;
•
ommaviy axborot vositasining chiqarilishini ta’minlashi;
•
ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlashi;
•
muassisning ustav fondi o’zgarganligi haqida, agar ustav fondida chet el investitsiyalari ulushi
ushbu Qonun 8-moddasining to’rtinchi qismida nazarda tutilgan chegaradan ortib ketgan bo’lsa,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatli davlat organini
(bundan buyon matnda ro’yxatdan o’tkazuvchi organ deb yuritiladi) xabardor etishi shart.
Muassisning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |