9-modda. Ta’sis hujjatlari
Ommaviy axborot vositasining ta’sis hujjatlari ta’sis shartnomasi va ommaviy axborot vositasi
tahririyatining (bundan buyon matnda tahririyat deb yuritiladi) ustavidan (nizomidan) yoki faqat
tahririyatning ustavidan (nizomidan) iboratdir.
10-modda. Ta’sis shartnomasi
Ta’sis shartnomasi bir nechta muassis o’rtasida tuziladi.
Ta’sis shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
•
muassislarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va joylashgan yeri (pochta manzili);
•
ta’sis etilayotgan ommaviy axborot vositasining turi, nomi, tili, maqsadi, ixtisoslashuvi va
davriyligi;
•
tahririyatning tashkiliy-huquqiy shakli;
•
tahririyatning ustav fondi miqdori va shakllantirish tartibi;
•
tahririyatni moliyalashtirish manbalari;
•
muassislarning tahririyat faoliyatida ishtirok etishga doir huquq va majburiyatlari;
•
tahririyatning boshqaruv organlarini shakllantirish tartibi;
•
foydani taqsimlash va zararlarning o’rnini qoplash tartibi;
•
ommaviy axborot vositasi chiqarilishini to’xtatib turish yoki tugatish tartibi;
•
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.
Dostları ilə paylaş: |